Kazaxbaev Erkinbay Sarsen ulining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xizmat ko‘rsatish sohasida xotin-qizlarning tadbirkorlik faolligini oshirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2. PhD/Iqt2904.
Ilmiy rahbar: Sauxanov Janibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tadjiev Bexzod Umidjanovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasida xotin-qizlarning tadbirkorlik faolligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xizmat ko‘rsatish sohalarida xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishda jarayonga ta’sir etuvchi omillar tarkibida milliy xususiyatlar, ayollarning oiladagi mavqei va ijtimoiy vazifalarini e’tiborga olgan holda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda raqamli kompetensiya va ijtimoiy normalar ustuvorligining maqsadga muvofiqligi asoslangan;
hududlar xizmat ko‘rsatish sohasida xotin-qizlar tadbirkorligining raqobatbardoshligini reyting baholash usuli xotin-qizlar tadbirkorligining raqobatbardoshlik salohiyati ko‘rsatkichlarining ahamiyatlilik darajasiga asosan o‘zgarish dinamikasining vazn koeffisientlarini aniqlashga ko‘ra takomillashtirilgan;
xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha xotin-qizlarning tadbirkorlik faolligini oshirishda hududiy dasturni ishlab chiqqan holda, jumladan ularni intellektual mehnatga tayyorlovchi maxsus o‘quv markazlarini tashkil etish, ishsiz ayollar bandligini oshirishda ekspress-xizmatlar ko‘rsatish, tadbirkor xotin-qizlar o‘rtasida o‘zaro muloqot va shartnomalar tuzishga ixtisoslashtirilgan platformani joriy qilishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasini barqaror rivojlanish va sohada xotin-qizlarning iqtisodiy faolligi darajasini oshirishning 2030 yilgacha mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasida xotin-qizlarning tadbirkorlik faolligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
xizmat ko‘rsatish sohalarida xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishda jarayonga ta’sir etuvchi omillar tarkibida milliy xususiyatlar, ayollarning oiladagi mavqei va ijtimoiy vazifalarini e’tiborga olgan holda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda raqamli kompetensiya va ijtimoiy normalar ustuvorligining maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan “Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2024-2026-yillarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining 2025 yil 18 fevraldagi 01/10-19-son ma’lumotnomasi). Ushbu sohada xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish omillarini aniqlash orqali ularning tadbirkorlik faolligini oshirish va rag‘batlantirish muhitini yaratishga muayyan darajada xizmat qilgan;
hududlar xizmat ko‘rsatish sohasida xotin-qizlar tadbirkorligining raqobatbardoshligini reyting baholash usuli xotin-qizlar tadbirkorligining raqobatbardoshlik salohiyatini ko‘rsatkichlarining ahamiyatlilik darajasiga asosan o‘zgarish dinamikasining vazn koeffisientlarini aniqlashga ko‘ra takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan “Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2024-2026-yillarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydala-nilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining 2025 yil 18 fevraldagi 01/10-19-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif hududlarda xotin-qizlar tadbirkorligi raqobatbardoshlik reytingini baholash asosida resurslardan samarali foydalanish, innovatsion faoliyatni rivojlantirish va tadbirkorlikni kengroq qamrab olish imkonini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha xotin-qizlarnining tadbirkorlik faolligini oshirishda hududiy dasturni ishlab chiqqan holda, jumladan ularni intellektual mehnatga tayyorlovchi maxsus o‘quv markazlarini tashkil etish, ishsiz ayollar bandligini oshirishda ekspress-xizmatlar ko‘rsatish, tadbirkor xotin-qizlar o‘rtasida o‘zaro muloqot va shartnomalar tuzishga ixtisoslashtirilgan platformani joriy qilishning maqsadga muvofiqligi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi “Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2024-2026-yillarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalangan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining 2025 yil 18 fevraldagi 01/10-19-son ma’lumotnomasi). Taklif xotin-qizlar intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularning tadbirkorlik faolligini oshirishda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va istiqbolli yo‘nalishlarni amaliyotga joriy qilishda muayyan darajada xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasini barqaror rivojlanish va sohada xotin-qizlarning iqtisodiy faolligi darajasini oshirishning 2030 yilgacha mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan “Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2024-2026-yillarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining 2025 yil 18 fevraldagi 01/10-19-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish 2030 yilga Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida band bo‘lgan xotin-qizlar sonini 6,7 %ga va mintaqada faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkor xotin-qizlar sonini 8,2%ga oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.