Eshpulatov Dostonbek Boxodir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy o‘sish sifatini ta’minlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi”, 08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2894.
Ilmiy rahbar: Berdiev G‘ayrat Ibragimovich, PhD, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti,  PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Allayarov Piratdin Atabaevich, iqtisodiyot fanlari doktori DSc, dotsent; Zakimov Aybek Muratbaevich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligida iqtisodiy o‘sish sifatini ta’minlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligida iqtisodiy o‘sish sifatini ta’minlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishning tashkiliy, iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy, motivatsion tarkibiy qismlariga ekologik tavsifdagi chora-tadbirlarni o‘zida mujassamlashtirgan blokni kiritish orqali takomillashtirilgan; 
qishloq hududlarida aholi turmush darajasi o‘rtasidagi tafovutlarni bartaraf etish shart-sharoitlarini yaratish va baholashga imkon beruvchi ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘rtacha koeffisienti asosida hududlar “yashil” (Hk>31,1), sariq (28,1≤Hk≤31,1) va qizil (0≤Hk<28,1) toifalarga ajratilgan; 
qishloq xo‘jaligi va qishloq hududlarini rivojlantirishni baholashning mavjud yondashuvlarini boyitish asosida Sirdaryo viloyatida 2022-2026 yillarda yalpi hududiy mahsulot hajmini 1,6 baravar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni 1,3 baravar, xizmatlar hajmini 3,2 baravar hamda qurilish ishlari hajmini 1,5 baravarga oshirish imkonini beruvchi zaxiralar aniqlashtirilgan;
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirishda sohada asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar va ITTKIga ajratilgan xarajatlar ta’sirining 2030 yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy o‘sish sifatini ta’minlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy va uslubiy takliflar asosida:
qishloq xo‘jaligida iqtisodiy o‘sish sifatini ta’minlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishning tashkiliy, iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy, motivatsion tarkibiy qismlariga ekologik tavsifdagi chora-tadbirlarni o‘zida mujassamlashtirgan blokni kiritish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 12 maydagi 07580-son ma’lumotnomasi). Natijada agrosanoat majmuida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish, davlat tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish amaliyotidan bosqichma-bosqich voz kechish, istiqbolda qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
qishloq hududlarida aholi turmush darajasi o‘rtasidagi tafovutlarni bartaraf etish shart-sharoitlarini yaratish va baholashga imkon beruvchi ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘rtacha koeffisienti asosida hududlar “yashil” (Hk>31,1), sariq (28,1≤Hk≤31,1) va qizil (0≤Hk<28,1) toifalardagi hududlarga ajratish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasining “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 12 maydagi 07580-son ma’lumotnomasi). Natijada respublikada aholi jon boshiga ijtimoiy xarajatlarning ming so‘mga o‘sishi aholi turmush darajasining 0,0014 birlikka o‘sishiga olib kelishi aniqlangan;
qishloq xo‘jaligi va qishloq hududlarini rivojlantirishni baholashning mavjud yondashuvlarini boyitish asosida Sirdaryo viloyatida 2022-2026 yillarda yalpi hududiy mahsulot hajmini 1,6 baravar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni 1,3 baravar, xizmatlar hajmini 3,2 baravar hamda qurilish ishlari hajmini 1,5 baravarga oshirish imkonini beruvchi zaxiralardan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 maydagi 242-son “2022-2026 yillarda Sirdaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 12 maydagi 07580-son ma’lumotnomasi). Natijada Sirdaryo viloyatida 2022-2026 yillarda yalpi hududiy mahsulot hajmi 1,6 baravar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 1,3 baravar, xizmatlar hajmi 3,2 baravar hamda qurilish ishlari hajmi 1,5 baravarga oshirish imkonini beruvchi zaxiralar aniqlashtirilgan;
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirishda sohada asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar va ITTKIga ajratilgan xarajatlar ta’sirining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 iyundagi PQ-273-son qarorining 3-bandida (Soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish, investisiyaviy jozibadorlikni oshirish hamda qishloq hududlarini rivojlantirish) o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 12 maydagi 07580-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish