Dosmuratova Shaxista Kengashovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hovuz baliqchiligi xo‘jaliklarida biznes-jarayonlarini rejalashtirishning tashkiliy uslubiy jihatlarini takomillashtirish», 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2PhD/Iqt3999.
Ilmiy rahbar: Menglikulov Baxtiyor Yusupovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Qalmuratov Baxtiyar Seytmuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Aitimbetov Amirbek Qoishibekovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hovuz baliqchiligi xo‘jaliklarida biznes-jarayonlarini rejalashtirishning tashkiliy-uslubiy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “biznes-jarayonlarini rejalashtirish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni korxona yoki tashkilotning biznes jarayonlarini samarali tashkil etish, resurslardan oqilona foydalanish va maqsadlarga erishish uchun strategiya, taktika va operatsion tadbirlarni belgilash jarayonini qisqa muddatli (operatsion) va uzoq muddatli (strategik) rejalashtirishda baliqchilik xo‘jaliklarining o‘ziga xos faoliyat xususiyatlarini e’tiborga oluvchi tahliliy vositalar va biznes-modellashtirish usullarini qo‘llash nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
baliqchilik xarajatlari tasnifining kal`kulyasiya moddalari bo‘yicha tasnif belgisi “baliqlarning o‘limidan yo‘qotishlar”, “baliqlarni kasalliklardan himoya qilish vositalari” hamda rejalashtirish qamrovi bo‘yicha tasnif belgisi “rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan xarajatlar” kabi qo‘shimcha tasnif elementlarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
baliqchilik xo‘jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarining nazorat qilinadigan ko‘rsatkichlarining strategik (12-17%), asosiy (30-35%), nazorat (5-10%), operativ rejalashtirish (20-25%), rejaning bajarilishi (8-13%) guruhlari o‘rtasidagi maqbul nisbatni ta’minlash orqali rejalashtirilgan mahsulot tannarxi ko‘rsatkichlarining buxgalteriya hisobi va nazoratini samarali tashkil etish asoslangan;
iqlim o‘zgarishi sharoitida yog‘ingarchiliklar miqdori, yillik harorat darajasi, baliqchilik xo‘jaliklari soni, bir kilogramm baliqning o‘rtacha narxi, hovuzlar soni va maydoni omillarining o‘zaro ta’sirini ifodalovchi ekonometrik model` asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasida baliq mahsuloti ishlab chiqarish hajmining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “biznes-jarayonlarini rejalashtirish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni korxona yoki tashkilotning biznes jarayonlarini samarali tashkil etish, resurslardan oqilona foydalanish va maqsadlarga erishish uchun strategiya, taktika va operatsion tadbirlarni belgilash jarayonini qisqa muddatli (operatsion) va uzoq muddatli (strategik) rejalashtirishda baliqchilik xo‘jaliklarining o‘ziga xos faoliyat xususiyatlarini e’tiborga oluvchi tahliliy vositalar va biznes-modellashtirish usullarini qo‘llash nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Biznes rejalashtirish” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda korxona yoki tashkilotning biznes jarayonlarini rejalashtirishda baliqchilik xo‘jaliklarining o‘ziga xos faoliyat xususiyatlarini e’tiborga oluvchi tahliliy vositalar va biznes-modellashtirish usullarini qo‘llash nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “biznes-jarayonlarini rejalashtirish” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
baliqchilik xarajatlari tasnifining kalkulyasiya moddalari bo‘yicha tasnif belgisi “baliqlarning o‘limidan yo‘qotishlar”, “baliqlarni kasalliklardan himoya qilish vositalari” hamda rejalashtirish qamrovi bo‘yicha tasnif belgisi “rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan xarajatlar” kabi qo‘shimcha tasnif elementlarini kiritish orqali takomillashtirish bo‘yicha taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 02 dekabrdagi 02/013-4710/1-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi, baliqlarning o‘limidan yo‘qotishlar, baliqlarni kasalliklardan himoya qilish vositalari, rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan xarajatlar tasnif elementlari bo‘yicha ma’lumotlarning o‘z vaqtida, to‘g‘ri va aniq shakllantirilishini ta’minlagan va samarali boshqaruv qarorlari qabul qilinishiga yordam bergan;
baliqchilik xo‘jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarining nazorat qilinadigan ko‘rsatkichlarining strategik (12-17%), asosiy (30-35%), nazorat (5-10%), operativ rejalashtirish (20-25%), rejaning bajarilishi (8-13%) guruhlari o‘rtasidagi maqbul nisbatni ta’minlash orqali rejalashtirilgan mahsulot tannarxi ko‘rsatkichlarining buxgalteriya hisobi va nazoratini samarali tashkil etish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 02- ydekabrdagi 02/013-4710/1-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida, baliqchilik xo‘jaliklarida mahsulot tannarxini rejalashtirish ko‘rsatkichlari bajarilishini nazorat qilishni ishlab chiqilgan algoritm asosida hamda ishlab chiqarish xarajatlarining nazorat qilinadigan ko‘rsatkichlarini guruhlashni berilgan taklif asosida amalga oshirish imkoniyati yaratilgan;
iqlim o‘zgarishi sharoitida yog‘ingarchiliklar miqdori, yillik harorat darajasi, baliqchilik xo‘jaliklari soni, bir kilogramm baliqning o‘rtacha narxi, hovuzlar soni va maydoni omillarining o‘zaro ta’sirini ifodalovchi ekonometrik model` asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasida baliq mahsuloti ishlab chiqarish hajmining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 02 dekabrdagi 02/013-7410/1-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasida baliq mahsuloti ishlab chiqarish hajmining 2030 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlarini aniqlash imkonini bergan.