Axmedov Zoxid Sobirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy mahsulotlarni mintaqaviy va xalqaro bozorlarga chiqishini ta’minlashda transport logistikasi xizmatlarini takomillashtirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1. PhD /Iqt3708
Ilmiy rahbar: Bobanazarova Jamila Xolmurodovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti,  PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Saloxitdinov Sherzod Farxodovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy mahsulotlarni mintaqaviy va xalqaro bozorlarga chiqishini ta’minlashda transport logistikasi xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy transport logistikasi xizmatlar sifati, mahsulotlarni mintaqaviy va xalqaro bozorga etkazishning tranzit imkoniyatlarini oshiruvchi transport koridorlari barqarorligini ta’minlashda logistika xizmatlari bozorlarning rivojlanish natijaviyligini baholash uslubiyati samaradorlikni baholovchi iqtisodiy, texnik-texnologik va tashkiliy-huquqiy omillarning o‘zaro aloqadorligiga ko‘ra takomillashtirilgan; 
mintaqaviy va xalqaro transport tizimidan manfaatdor davlatlar  hamkorlik asosida samarali foydalanishining innovatsion amaliyoti transport logistikasi markazlarini tashkil etish va faoliyatni muvofiqlashtirish kabilarga ko‘ra takomillashtirilgan;
yo‘nalishlarga ko‘ra yuk tashishning transport-terminal tizimi xizmatlari barqaror rivojlanish prognoz parametrlari hamda Jizzax viloyati avtomobil transportining yuk aylanmasi hajmi va unga ta’sir etuvchi omillarning prognoz variantlari ishlab chiqilgan;
transport sohasiga kiritilayotgan investisiyalar orqali transport logistikasi xizmatlarining sifatini ta’minlashda zamonaviy logistika va etkazib berishlar zanjiri samaradorligi tamoyillari tarkibida mazkur zanjirda innovatsion shakllarni tartibga solishining muvofiqlashtirish kabi tamoyillarini ishlab chiqishning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Milliy mahsulotlarni mintaqaviy va xalqaro bozorlarga chiqishini ta’minlashda transport logistikasi xizmatlarini takomillashtirish yuzasidan olingan natijalar asosida:
zamonaviy transport logistikasi xizmatlar sifati, mahsulotlarni mintaqaviy va xalqaro bozorga etkazishning tranzit imkoniyatlarini oshiruvchi transport koridorlari barqarorligini ta’minlashda logistika xizmatlari bozorlarning rivojlanish natijaviyligini baholash uslubiyati samaradorlikni baholovchi iqtisodiy, texnik-texnologik va tashkiliy-huquqiy omillarning o‘zaro aloqadorligiga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2030 yillarda Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish Strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorini (ID-20825) tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 17 maydagi 04/97/-5/5-1634-son ma’lumotnomasi). Taklif xalqaro bozorlarga chiqishda transport-logistika tizimini samarali tashkil qilish va unga ko‘ra xalqaro reytingdagi o‘rnini oshirishga muayyan darajada xizmat qiladi;
mintaqaviy va xalqaro transport tizimidan manfaatdor davlatlar  hamkorlik asosida samarali foydalanishining innovatsion amaliyoti transport logistikasi markazlarini tashkil etish va faoliyatni muvofiqlashtirish kabilarga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investisiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilashda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda foydalanish uchun qabul qilingan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2025 yil 24 yanvardagi 08-10-02-son dalolatnomasi). Taklif milliy transport logistikasi faoliyatida mintaqaviy va xalqaro transport tizimidan foydalanish samaradorligni oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
yo‘nalishlarga ko‘ra yuk tashishning transport-terminal tizimi xizmat-lari barqaror rivojlanish prognoz parametrlari hamda Jizzax viloyati avtomobil transportining yuk aylanmasi hajmi va unga ta’sir etuvchi omillarning prognoz variantlaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Transport Kommunikatsiyalari Modernizatsiyasi (Gensxema-2050)” loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 17 maydagi 04/97-5/5-1634-son ma’lumotnomasi). Taklif mintaqaviy va xalqaro bozorlarga chiqishida transport-logistika xizmatidan maqsadli foydalanishga ko‘ra mahsulotlar eksporti hajmini oshirish imkoniyatini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
transport sohasiga kiritilayotgan investisiyalar orqali transport logistikasi xizmatlarining sifatini ta’minlashda zamonaviy logistika va etkazib berishlar zanjiri samaradorligi tamoyillari tarkibida mazkur zanjirda innovatsion shakllarni tartibga solishining muvofiqlashtirish kabi tamoyillarini ishlab chiqishning maqsadga muvofiqligi asoslanganligi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining “Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investisiyalar va turizm” masalalari qo‘mitasi tomonidan amaliyotda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining “Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investisiyalar va turizm” masalalari qo‘mitasining 2025 yil 24 yanvardagi 08-10-02-son dalolatnomasi). Taklif murakkab xalqaro iqtisodiy munosabatlar, tashqi savdo aloqalari globallashuvida 2030 yilga qadar milliy mahsulotlarni mintaqaviy hamda xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengayti-rishga hamda xizmatlar bozori holatini baholash va muhim ko‘rsatkichlarni aniqlashning uslubiy asoslarini takomillashtirishga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish