Egamova Dilrabo Talibovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Internetda intellektual mulk obektlarini huquqiy muhofaza qilish masalalari” 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Yu941
Ilmiy rahbar: Okyulov Omanbay, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Karaxodjaueua Dilorom Mamirovna, yuridik fanlar doktori, professor; Safoeva Sadoqat Musoevna, yuridik fanlar nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Internetda intellektual mulk obektlarini huquqiy muhofaza qilishga oid munosabatlarni tadqiq etish, mazkur sohadagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan amaldagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy xulosalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
televidenie xizmatlarini ko‘rsatishda eshittiruvchi xususiy yoki alohida mualliflik shartnomalari bo‘yicha olingan dasturlarni tarqatish (translyasiya, retranslyasiya qilish) va sotish huquqiga ega bo‘lishi zarurligi asoslantirilgan;
shartnoma asosida olingan dasturlarni tarqatish (translyasiya, retranslyasiya qilish) va sotish huquqini uchinchi shaxslarga berishga haqliligi asoslangan;
operator va provayderlar ma’lumot uzatish xizmatlarini ko‘rsatishda Wi-Fi xizmati ko‘rsatish vaqtida foydalanuvchilarning shaxsini identifikatsiyalash lozimligi hamda operator va provayderlar foydalanilgan internet tarmog‘ining veb-resurslari (log-fayllar) hisobini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuritish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rishlari zarurligi asoslantirilgan;
tovar belgisiga doir mutlaq huquq guvohnoma asosida va tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkan paytdan boshlab amal qilishi lozimligi hamda zararlar etkazilishi faktidan qat’i nazar, mualliflik huquqi buzilganida huquq egasiga kompensatsiya to‘lanishi kerakligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
televidenie xizmatlarini ko‘rsatishda eshittiruvchi xususiy yoki alohida mualliflik shartnomalari bo‘yicha olingan dasturlarni tarqatish (translyasiya, retranslyasiya qilish) va sotish huquqiga oid taklif “Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari”ni (ro‘yxat raqami 3275, 2020-yil 30-iyun) ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022-yil 17-oktabrdagi 33-8/6890-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif Internet orqali video va audio materiallarni tarqatish mualliflik shartnomalari orqali amalga oshirilishning huquqiy asoslari yaratilishiga xizmat qilgan;
shartnoma asosida olingan dasturlarni tarqatish (translyasiya, retranslyasiya qilish) va sotish huquqini uchinchi shaxslarga berish huquqiga operator va provayderlar ega ekanligiga oid taklif “Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari”ni (ro‘yxat raqami 3275, 2020-yil-30 iyun) ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022-yil 17-oktabrdagi 33-8/6890-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi sub’ektlar – operator va provayderlarning vakolatlarini aniqlash va sifatli Internet xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatini ta’minlagan;
operator va provayderlar ma’lumot uzatish xizmatlarini ko‘rsatishda Wi-Fi xizmati ko‘rsatish vaqtida foydalanuvchilarning shaxsini identifikatsiyalash lozimligi hamda operator va provayderlar foydalanilgan internet tarmog‘ining veb-resurslari (log-fayllar) hisobini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuritish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rishlari zarurligiga oid taklif “Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari”ni (ro‘yxat raqami 3275, 2020-yil 30-iyun) ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022-yil 17-oktabrdagi 33-8/6890-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif Internetdagi intellektual mulk obektlariga nisbatan huquqlar buzilganda javobgarlik sub’ektini aniqlashga, Internetdagi intellektual mulk obektlarini huquqiy muhofaza qilish borasida operator va provayderning majburiyatlarini doirasini aniqlashga imkon bergan;
tovar belgisiga doir mutlaq huquq guvohnoma asosida va tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkan paytdan boshlab amal qilishi lozimligi hamda zararlar etkazilishi faktidan qat’i nazar, mualliflik huquqi buzilganida huquq egasiga kompensatsiya to‘lanishi kerakliga oid oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-avgustdagi O‘RQ-709-son “Intellektual mulk obektlarining huquqiy muhofazasi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Senatining 2021-yil 23-avgustdagi 2/2-5-42-son xati). Ushbu taklif Internet tarmog‘ida tovar belgilarini huquqiy muhofaza qilish paytini aniqlash va unga nisbatan himoya choralarini belgilash payti o‘rnatishga, mutlaq huquq egasining huquqlarni ta’minlash va huquqbuzarga nisbatan qo‘llaniladigan fuqarolik-huquqiy javobgarlik choralarini aniqlashga xizmat qilgan.