Hasanova Dilraboxon Mamirovnaning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fatik kommunikatsiya va uning o‘zbek muloqot xulqida tutgan o‘rni”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.3.PhD/Fil3713.
Ilmiy rahbar: Muminov Sidikjon Mirsobirovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Jamoldinova Dilnoza Mirhojiddinovna, filologiya fanlari doktori, professor; Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek muloqot xulqida fatik muloqotning nazariy hamda amaliy asoslarini  ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek tilshunosligida fatik muloqot nazariyasi, uning fatik hodisa sifatida nutqda ifoda topishi, milliy-madaniy xususiyatlari lingvokulturologik aspektda yoritib berilgan;
nutqda fatik muloqot bilan parallel qo‘llaniladigan mulozamat, manzirat, izzat-ikrom, iltifot, lutf, xushomad, maqtov, izhori dil kabi ifodalar asosida hodisaning o‘ziga xos tomonlari, shuningdek, bunday muloqotning milliy mentalitet bilan bog‘liq madaniy jihatlari aniqlangan;
fatik muloqotning uslubiy (boshqa uslublar bilan bog‘liqligi) va hududiy xoslanishi (marg‘ilonliklar nutqida fatik muloqotning ustuvorligi) so‘zlashuv nutqi va badiiy matnlar tahlili asosida dalillangan;
fatik muloqotning ijtimoiy xoslanishi, jumladan, jins, yosh, kasb-kor bilan bog‘liq jihatlari asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya ishining asosiy natijalaridan quyidagi loyihalarda foydalanilgan:
nutqda fatik muloqot bilan parallel qo‘llaniladigan mulozamat, manzirat, izzat-ikrom, iltifot, lutf, xushomad, maqtov, izhori dil kabi ifodalar asosida hodisaning o‘ziga xos tomonlari, shuningdek, bunday muloqotning milliy mentalitet bilan bog‘liq madaniy jihatlari haqidagi xulosalardan 2020-2021-yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya  akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimediya mahsulotlari to‘plamini (elektron lug‘atlarni) yaratish” mavzusidagi FZ-2019081663 raqamli fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xareografiya akademiyasining 2024-yil 29-oktyabrdagi 1/04-134-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental loyiha o‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishda milliy mentalitetni inobatga olishga oid nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
o‘zbek tilshunosligida fatik muloqot nazariyasi, uning fatik hodisa sifatida nutqda ifoda topishi, milliy-madaniy xususiyatlari lingvokulturologik aspektda yoritib berilgan xulosalardan 2021-2023-yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya  akademiyasida amalga oshirilgan “Musiqa va san’at o‘quv muassasalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi F3-2019081773 raqamli fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xareografiya akademiyasining 2024-yil 28-dekabrdagi 1/04-149-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental loyiha o‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishda milliy mentalitetni inobatga olishga oid nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
fatik muloqotning uslubiy (boshqa uslublar bilan bog‘liqligi) va hududiy xoslanishi (marg‘ilonliklar nutqida fatik muloqotning ustuvorligi), ijtimoiy xoslanishi, jumladan, jins, yosh, kasb-kor bilan bog‘liq jihatlari haqidagi xulosalardan 2023-2024-yillarda O‘ZMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 29-oktyabrdagi 26-36-915-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarning zamonaviy o‘zbek ziyolilari  haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga, turkum dasturlar ssenariysining takomillashuviga erishilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish