Kuranbaeva Xusnora Abdullaevnaning
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
       

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining lingvopedagogik kompetensiyalarini metodik takomillashtirish (ona tili va o‘qish savodxonligi darslari misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili)  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5071.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Axmedova Maloxat Ergashevna Pedagogika fanlari doktori, professor   
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent amaliy fanlar universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kazieva Turgunoy Tursunbaevna, Pedagogika fanlari doktori, dotsent, Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, Pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ona tili va o‘qish savodxonligi metodikasini lingvopedagogik yondashuvga asoslangan kompetensiyalarini metodik takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
 bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ona tili va o‘qish savodxonligi metodikasi darslarida lingvopedagogik kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi kommunikativ, integrativ, kreativ nutqiy bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish, bayon etish uslublari, funksional-semantik, modulli, pragmatik, lingvistik, integrativ yondashuv asosida bilimlarni mustahkamlash, ona tili va o‘qish savodxonligi metodikasi darslarida lingvopedagogik kompetensiyalarning nazariy asoslarini vaziyatli vazifalar tizimi asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining lingvopedagogik kompetensiyalariga ta’sir qiluvchi pedagogik vositalarni rivojlantirish tizimli, nutqiy-didaktik, ta’rif, tasnif, topshiriq, mashq farqlanib, o‘quvchilarda nutqiy kompetensiyani rivojlantirishga qaratilgan joriy-taktik, strategik va variativ qoidalar kognitiv-pragmatik jihatlarga ko‘ra takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining lingvopedagogik kompetensiyalarini og‘zaki va yozma nutqni korreksiyalashga qaratilgan nostandart, integrativ tavsifdagi mashq va topshiriqlar, verbal-noverbal muloqot qilishiga xizmat qiluvchi o‘quv topshiriqlarini bajarish bilan bog‘liq komponentlar 1–4- sinflar uchun spiralsimon tamoyil asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ona tili va o‘qish savodxonligi lingvopedagogik kompetensiyalari metodik takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining og‘zaki va yozma nutqning kommunikativ xususiyatlari strategik rivojlanish tendensiyalariga bosqichma- bosqich moslashtirish zamonaviy ta’lim paradigmasining metodik komponentlari asosida tajriba-sinov ishlari samaradorligini baholash, model va tavsiyalar ishlab chiqilgan.    
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ona tili va o‘qish savodxonligi metodikasi fani darslarida lingvopedagogik kompetensiyalarini metodik takomillashtirish tadqiqotidan olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ona tili va o‘qish savodxonligi metodikasi darslarida lingvopedagogik kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi kommunikativ, integrativ, kreativ nutqiy bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish, bayon etish uslublari, funksional-semantik, modulli, pragmatik, lingvistik, integrativ yondashuv asosida bilimlarni mustahkamlash, ona tili va o‘qish savodxonligi metodikasi darslarida lingvopedagogik kompetensiyalarning nazariy asoslarini vaziyatli vazifalar tizimi asosida aniqlashtirish bo‘yicha tavsiyalar asosida 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim bakalavriat yo‘nalish talabalari uchun “Ona tili – o‘qitish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” nomli darslik yaratilgan. (Oliy ta’lim fan va innovatsiya vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 491-son buyrug‘i asosida berilgan, 491016 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, ona tili ta’lim mazmunida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining lingvopedagogik kompetensiyalarini takomillashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining lingvopedagogik kompetensiyalarini og‘zaki va yozma nutqni korreksiyalashga qaratilgan nostandart, integrativ tavsifdagi mashq va topshiriqlar, verbal-noverbal muloqot qilishiga xizmat qiluvchi o‘quv topshiriqlarini bajarish bilan bog‘liq komponentlar 1–4- sinflar uchun spiralsimon tamoyil asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ona tili va o‘qish savodxonligi lingvopedagogik kompetensiyalari metodik takomillashtirishda “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-son buyrug‘i asosida berilgan 438046 raqamli nashr ruxsatnomasi). (Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti, 2024- yil 2-avgust 11-05-3952/04-son dalolatnomasi asos sifatida). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining lingvopedagogik kompetensiyalarini takomillashtirish, uzlyuksizlikni ta’minlash asosida, savol va topshiriq ko‘nikmalarining takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining lingvopedagogik kompetensiyalarini takomillashtirish modeli og‘zaki va yozma nutqni korreksiyalashga qaratilgan nostandart, integrativ tavsifdagi mashq va topshiriqlar, verbal-noverbal muloqot qilishiga xizmat qiluvchi topshiriqlarni tushunish hamda o‘quv topshiriqlarini bajarish bilan bog‘liq komponentlar 1–4-sinflar uchun spiralsimon tamoyil asosida o‘rgatish metodikasi takomillashtirishga oid va amaliy takliflardan Toshkent amaliy fanlar universitetining 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun 2024-yil “Zuxra baraka biznes MChJ” nashriyotidan chiqqan “Boshlang‘ich ta’limda ona tili” nomli o‘quv qo‘llanmasini tuzishda foydalanilgan. (Toshkent amaliy fanlar universitetining 2024-yil 25- dekabrdagi 1262-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qitishning ilmiy-metodik asoslari hamda ta’lim oluvchilarda nutqiy kompetensiyasini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining og‘zaki va yozma nutqning kommunikativ xususiyatlari strategik rivojlanish tendensiyalariga bosqichma- bosqich moslashtirish zamonaviy ta’lim paradigmasining metodik komponentlari asosida tajriba-sinov ishlari samaradorligini baholash, model va tavsiyalar ishlab chiqish asosida “Boshlang‘ich ta’limda ona tili” nomli darslikni tuzishda foydalanilgan. (Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-mart 55- sonli buyrug‘i, 55305 raqamli nashr ruxsatnomasi). (Toshkent amaliy fanlar universitetining 2024-yil 25-dekabrdagi 1263-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Boshlang‘ich ta’limda ona tili” fanini o‘qitishning ilmiy-metodik asoslari hamda ta’lim oluvchilarda o‘quv topshiriqlari tuzishning birligi, yuzasidan bilimlarni o‘zlashtirish yo‘llari usul va vositalarini hamda metodik ta’minotini takomillashtirish samaradorligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish