Eshqobilov Olim Xoliqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mashinasozlik kompozision polimer materiallarning antifriksion xossalarini o‘rganish uchun metodika va qurilmani va ular asosida tolali massa (paxta misolida) ta’sirida ishlaydigan qoplamalarni olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07–Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 05.02.01–Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T851.
Ilmiy rahbarlar: Negmatov Soyibjon Sodikovich, texnika fanlari doktori, professor, akdemik; Abed Nodira Soyibjonovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.27.06.2017.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Mixridinov Risqidin, texnika fanlari doktori, professor; Soliev Rustam Xakimjonovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta tolasi va mashinasozlik kompozision polimer materiallarning (KPM) antifrikatsion xossalarini aniqlash uchun unifikatsiyalangan metodika va qurilmani yaratish va ular asosida paxta tolasi bilan o‘zaro ta’sirda ishlovchi kompozision polimer qoplamalarni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tola massasi bilan o‘zaro ta’sirda ishlaydigan mashinasozlik KPMning antifriksion-elektr-issiqlik-fizik xossalarini aniqlash uchun unifikatsiyalangan metodika va takolmillashtirilgan qurilma ishlab chiqilgan;
polimer-paxta juftligi ishqalanish koeffisientini o‘rganish uchun unifikatsiyalangan metodika va takomillashtirilgan qurilmani ishlab chiqish imkonini beradigan materiallarning friksion o‘zaro ta’sir sxemasini baholash mezoni ishlab chiqilgan;
polimer materiallar va paxta xomashyosi kontakt zonasida friksion o‘zaro ta’sirda ishqalanish koeffisientini ortishiga ta’sir ko‘rsatadigan elektrostatik zaryad va haroratni hosil bo‘lishi aniqlangan;
polimer materiallar tarkibiga uglegrafit to‘ldiruvchilar kiritish bilan kompozisiyada elektrostatik zaryad va harorat hosil bo‘lishi oldini olish yoki minimal darajagacha kamaytirish mumkinligi isbotlangan;
paxtani qayta ishlash mashinalarining ishchi rejimi va parametrlarini antifriksion xossalarga ta’siri aniqlangan va yangi kompozision polimer qoplama olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxta xomashyosi bilan o‘zaro ta’sirda ishlaydigan mashinasozlik KPMning kompleks antifrikatsion xossalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tolali massa (paxta) bilan o‘zaro ta’sir qiluvchi antifriksion mashinasozlik KPMning ishqalanish zonasidagi ishqalanish koeffisienti, tamperatura va elektrostatik zaryad miqdorini aniqlash metodlari bo‘yicha O‘zbekiston Davlat standarti (Oʻz DSt 3330:2018) tasdiqlangan («OʻZSTANDART» agentligi «Axborot-ma’lumot markazi» davlat korxonasining 2018 yil 26 oktyabrdagi 1187/40-son ma’lumotnomasi). Natijada diskli tribometrda mashinasozlik KPMni tolali materiallar bilan friksion ta’sirdagi ishqalanish koeffisienti, ishqalanish zonasidagi harorat va triboelektrik zaryadlarni bir vaqtning o‘zida aniqlash imkoniyati yaratilgan;
yaratilgan diskli tribometr (Oʻz DSt 3330:2018) paxta sanoat tizimiga, jumladan, «Paxtasanoat ilmiy markazi» AJ, «KB-KOMPOZIT», «KOMPOZIT NANOTEXNOLOGIYASI», «MEXANOKIMYO TEXNOLOGIYA» MChJlarda hamda antifriksion kompozision qoplamalar Piskent paxta tozalash zavodi mashina va mexanizmlari ishchi organlarida joriy etilgan (mos ravishda) (03.12.2018 y., 432-son; 02.09.2018 y., 19-son; 12.09.2018 y., 7-son ma’lumotnomalar). Natijada paxtani qayta ishlash mashina va mexanizmlarining ish unumini oshirish hamda elektroenergiyaning sarf bo‘lishini kamaytirish imkonini bergan.