Xojikarimova Gulasal Tadjialievnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini maxsus kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi”. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2022.2.PhD /Ped3679
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Muslimov Nazrullo Alixanovich pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Qurbonova Baxtixon Qo‘chqarboevna pedagogika fanlari doktori, professor.
Karimova Nozima Nurmuhammadovna pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini maxsus kompetensiyalarini shakllantirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda integrativ yondashuv asosida maxsus kompetensiyalarni shakllantirishning tashkiliy va didaktik shart-sharoitlari aniqlangan hamda ta’lim jarayonini integrativlik, tizimlilik, uzlyuksizlik, variativlik, modulli o‘qitishga asoslangan tamoyillariga ustuvorlik berish asosida didaktik imkoniyatlari mazmunan boyitilgan;
integrativ yondashuv asosida talabalarda maxsus kompetensiyalarning asosiy komponentlari (metodik, texnologik, ijtimoiy, konstruktiv, operatsion-texnologik, loyihalash, kreativ, raqamli)ni aniqlash konseptual metodik tizimiga asoslangan tashkiliy-tuzilmaviy modeli takomillashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida talabalarda maxsus kompetentligini rivojlantirish metodikasi auditoriya va auditoriyadan tashqari ta’lim jarayoniga SPECIAL, Buddying, SCAMPER, ASSURE model, ADDIE modeli, SAM modeli, Effect practical result, Muammo, Loyiha kabi innovatsion ta’lim metodlarini qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini maxsus kompetentligini rivojlanganlik darajalari hamda baholashning motivatsion-qadriyatli, ijodiy-faoliyatli, operatsion-texnologik kabi kretial – diagnostik mezonlarini ishlab chiqish asosida optimallashtirilgan va matematik - statistik hisob kitoblar asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchisini maxsus kompetensiyalarini shakllantirish metodikasini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar asosida:
Bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarida maxsus kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan axborot-didaktik ta’minot “Innovatsion ta’limda dars shakli, metod va vositalarini tanlash” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-sonli buyrug‘i asosida berilgan 166-166 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchisining maxsus kompetensiyalarini shakllantirish imkoniyati kengaytirilgan.
Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini maxsus kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi auditoriya va auditoriyadan tashqari ta’lim jarayoniga SPECIAL, Buddying, SCAMPER,ASSURE model, ADDIE modeli, SAM modeli, Effect practical result, Muammo, Loyiha kabi innovatsion ta’lim metodlarini qo‘llash orqali shakllantirishga oid xulosalar “Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Farg‘ona davlat universiteti rektorining 2022-yil 23-dekabrdagi “586” – sonli buyrug‘iga asosan berilgan 342-012 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada integrativ yondashuv asosida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini maxsus kompetensiyalarini shakllantirish samaradorligi oshgan.
integrativ yondashuv asosida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatni amalga oshirishga imkon beradigan maxsus kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan takliflar va tavsiyalardan Jizzax politexnika institutida AIF 1/4 - “Kasb – hunarga yo‘naltirilgan markaz va elektronika bo‘yicha qo‘shma o‘quv laboratoriya yaratish” (2019-2021yy.) nomli amaliy loyiha belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan va yuqoridagi tavsiyalar ushbu loyixa doirasida nashr etilgan ishlarda o‘z aksini topgan. (Jizzax politexnika institutining 2023 – yil 6 – noyabrdagi 03-2566-2554 sonli ma’lumotnomasi). Natijada maxsus kompetentlikni rivojlantirishning konseptual metodik tizimi ishlab chiqilgan.