Baxrillaeva Munisa Amirxanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Og‘ir metallar tuzlarini quyonlar ovqat hazmi traktining morfo-funksional xususiyatlariga, tabiiy chidamliligiga ta’siri», 03.00.08 - Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/B834.
Ilmiy rahbar: Rajamurodov Zaynitdin, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.02.08.
Rasmiy opponentlar: Matchanov Azat Taubaldievich biologiya fanlari doktori, professor; Abdullaeva Gulbahor Tolibjonovna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: quyonlar o‘n ikki barmoqli ichagining morfo-funksional xususiyatlari, to‘yimli moddalarning hazmlanishi, ayrim qon ko‘rsatgichlari va tabiiy chidamliligiga kadmiy va qo‘rg‘oshin tuzlarining ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ozuqa ratsioniga me’yoridan ortiq kadmiy va qo‘rg‘oshin tuzlarini alohida va kompleks holda qo‘shilishi ozuqa edirimlilgini va to‘yimli moddalar hazmlanish darajalarini kamaytirishi ilmiy asoslangan;
og‘ir metal tuzlari quyonlar qonining morfo-biokimyoviy ko‘rsatgichlarini pasaytirishi hamda rezistentlik ko‘rsatkichlarini susaytirishi ilmiy asoslangan;
ozuqa ratsioni tarkibida me’yoridan ortiq iste’mol qilingan og‘ir metal tuzlari quyonlar organizmida asosan jigar, buyrak va go‘shtida akkumulyasiyalanishi aniqlangan;
ruxsat etilgan me’yoridan ortiq kompleks holdagi og‘ir metal tuzlarini saqlovchi ozuqa ratsioniga Eyxorniya yuksak suv o‘simligini detoksikant sifatida kiritilishi og‘ir metal tuzlarining akkumulyasiyalanishini kamaytirishi va go‘shtining sifat ko‘rsatkichlari me’yor darajasida bo‘lishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Og‘ir metallar tuzlarini quyonlar ovqat hazmi traktining morfo-funksional xususiyatlariga, tabiiy chidamliligiga ta’siri bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ozuqa ratsioni tarkibiga Eyxorniya yuksak suv o‘simligini kiritish yo‘li bilan go‘sht yo‘nalishidagi Hikol zotli quyonlar qonining morfo-biokimyoviy, mahsuldorlik ko‘rsatgichlarining kamayishi hamda hazm tizimini morfo-funksional xususiyatlari, tabiiy chidamliligining susayishini keltirib chiqaruvchi og‘ir metal tuzlarining salbiy ta’sirini oldini olish bo‘yicha tavsiyalar Samarqand viloyati Oqdaryo tumani “Tarnov sabzavotlari” fermer xo‘jaligi va Urgut tumani “Shaxinabonu Azizbek kelajagi” fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan (O‘zbekiiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 8 iyundagi 02/23-993-son ma’lumotnomasi). Natijada, quyonlar organizmida ozuqa ratsioni tarkibidagi to‘yimli moddalarning hazmlanish darajalari oshirilib, quyonlarning kunlik o‘sish ko‘rsatgichini nazoratga nisbata 9,4% ga oshirish imkonini bergan;
ozuqa ratsioni tarkibidagi og‘ri metal tuzlari ta’sirini kamaytirishda Eyxorniya suv o‘tining dioksikantlik xususiyatlari asosida quyonlar qonining morfo-biokimyoviy va immunologik ko‘rsatkichlariga ta’sirini kamaytiash, quyonlardagi fiziologik holatini yaxshilash hamda mahsuldorlikni oshirishga qaratilgan oziqlantirish bo‘yicha tavsiyalar Samarqand viloyati Oqdaryo tumani “Tarnov sabzavotlari” fermer xo‘jaligi va Urgut tumani “Shaxinabonu Azizbek kelajagi” fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan (O‘zbekiiston Respublikasi Ekologiya atrof-muxitni muxofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 5 dekabrdagi 03-03/-7784-son ma’lumotnomasi). Natijada, quyonlar mo‘tadil o‘sib, rivojlanib, turli kasalliklar bo‘yicha yo‘qotiladigan quyonlar bosh soni 22,4% kamayib, sog‘lom quyonlarning kunlik o‘sish ko‘rsatgichini 9,4% ga oshirish imkonini bergan.