Baynazov Umid Raimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Angren ko‘mir konida konveer transportini ekspluatatsiya qilish parametrlarini optimallashtirish», 04.00.16 – Kon mashinalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/ T2818.
Ilmiy rahbar: Toshov Javohir Burievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISIS»ning Olmaliq shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.T.98.01.
Rasmiy opponentlar: Raxutin Maksim Grigorevich, texnika fanlari doktori, professor; Maxmudov Azamat Maxmudovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qayta yuklash punktlarini modellashtirish va optimal geometrik parametrlarini aniqlash asosida konveer transportini ekspluatatsiya qilish parametrlarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tog‘ jisnlarini tashish samaradorligini oshirishda konveer transportining qayta yuklash punktini chekli elementlar usuli asosida modellashtirish uslubi ishlab chiqilgan;
konveer tasmasining deformatsiya-kuchlanish holati tenglamasi tasma harakati tezligi va qayta yuklash punkti bunkeri balandligiga bog‘liq ravishda bir va ikki omilli regression modellar yordamida asoslangan;
konveer transportining ekspluatatsion koʼrsatkichlarini optimallashtirishda tasmasining optimal kengligi va uning yuklanganlik hamda deformatsiya-kuchlanish holatiga qarab harakatlanish tezligi aniqlangan;
tog‘ jinslarining tasmaga urilish kuchini minimallashtirish orqali konveerning qayta yuklash punktining geometrik parametrlarini optimallashtirish asosida bunkerning maqbul balandligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ochiq kon ishlarida kon massasini tashishda tasmali konveerning parametrlarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qayta yuklash punktining geometrik parametrlarini optimallashtirish asosida lentali konveerdan bunkerning joylashuvini optimal parametrlarini aniqlash usuli "O‘zbekko‘mir" AJning Angren konida amaliyotga joriy etilgan ("O‘zbekko‘mir" AJning 2024 yil 6 sentyabrdagi 01-13/1665-son ma’lumotnomasi). Natijada, konveer transportini loyihalashda taklif etilayotgan uslub konveer tasmasi elementlarining tog‘ jinsi bilan o‘zaro ta’sirida fizik jarayonning dinamikasini baholash imkonini bergan;
tasmali konveerni optimallashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar "O‘zbekko‘mir" AJning Angren konida amaliyotga joriy etilgan ("O‘zbekko‘mir" AJning 2024 yil 6 sentyabrdagi 01-13/1665-son ma’lumotnomasi). Natijada, ochiq kon ishlarida konveer tasmasining ishlash muddatini 30 %ga oshirish imkonini bergan.