Ochilov Shuhratulla Atoevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Karerlarda portlovchi moddalarning solishtirma sarfini kamaytirish orqali tog‘ jinslarini portlatib maydalashni boshqarish metodlarini ishlab chiqish», 04.00.10 ‒ Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish), 04.00.17 – Konchilikda fizik jarayonlar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/T710.
Ilmiy maslahatchilar: Nasirov O‘tkir Fatidinovich texnika fanlari doktori, professor; Zairov Sherzod Sharipovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISIS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISIS»ning Olmaliq shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.T.98.01.
Rasmiy opponentlar: Vinnikov Vladimir Aleksandrovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Misliboev Ilhom To‘ychiboevich, texnika fanlari doktori, professor; Samadova Guli Mirjanovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: BPI parametrlarini optimallashtirish, ularning texnik-iqtisodiy samaradorligini oshirish, portlatilgan tog‘ jinslari massasining granulometrik tarkibini yaxshilash va keyingi texnologik jarayonlarga bo‘lgan xarajatlarni kamaytirishga imkon beradigan, karerlarda tog‘ jinslarini portlatish bilan maydalashni boshqarish usullarini ishlab chiqish va asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
portlash ta’sirida tog‘ jinslarining parchalanish mexanizmi va portlovchi modda skvajinali zaryadi portlash ta’sirining parchalanayotgan muhitdagi harakatini o‘rganishga asoslangan portlatish orqali tog‘ jinslarini maydalashni boshqarish konsepsiyasi yaratilgan;
tog‘ jinslarini parchalash jarayonining energiya sarfiga asoslangan holda portlovchi moddalarning solishtirma sarflanishi oshirish orqali portlatilayotgan massivning granulometrik tarkibini baholash va hisoblash usullari yaratilgan;
karerning tabiiy-texnologik zonalarini hisobga olgan holda burg‘ilash- portlatish ishlari parametrlarini boshqarishning moslashtiruvchi algoritmlarga asoslangan, portlatilgan kon massasining granulometrik tarkibini bashoratlash bo‘yicha iqtisodiy-matematik model ishlab chiqilgan;
yuqori miqdordagi PMlarning energiyasi konsentratsiyasi sharoitida tog‘ jinslari massiviga portlash yuklamasining intensivligi o‘zgarishi natijasida darzliklarning shakllanish xususiyatlari aniqlangan;
BPI parametrlarini optimallashtirish va ularning samaradorligini oshirish imkonini beradigan, PMlarning solishtirma sarfini hisobga olgan holda tog‘ jinslarining qoldiq mustahkamligini va portlash orqali maydalashning energetik samaradorligi, eng kichik qarshilik chizig‘i hamda detonatsiya tezligini bashoratlash usuli yaratilgan;
portlash jarayonini aniq nazorat qilish hamda PMlarning sarfini optimallashtirish imkonini beradigan, portlovchi to‘lqinlarning impulsli signallarini qayd etish va tahlil qilish metodikasi, shuningdek, BPI parametrlarini optimallashtirish algoritmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Portlatish orqali tog‘ jinslarini maydalashni boshqarish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
asosiy va qo‘shimcha zaiflashtiruvchi skvajinalar orqali kattalashtirilgan kvadratli kengliklar tarmog‘ini o‘z ichiga olgan burg‘ilash texnologik sxemasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ «Yoshlik-1» konida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2025 yil 5 martdagi 02/111-46-son ma’lumotnomasi). Natijada, tog‘ jinslarining maydalanish darajasi oshirish, maydalangan tog‘ jinslarining o‘rtacha o‘lchami 500-700 mm dan 200-300 mm ga tushirish, nogabaritlar ulushi 8-12% dan 1,5-2% gacha kamayishirish, massivning maydalanish koeffisienti 1,15 dan 1,35 ga oshishirish, ekskavatorlarning ish unumdorligini 800 m³/smena dan 1040 m³/smena gacha oshirish, portlovchi moddalar sarfini 16% ga kamaytirish, vibratsiya amplitudasini 5,2 mm/s dan 2,5 mm/s gacha kamaytirish imkonini bergan;
tog‘ jinslarini maydalash usulini massivni zaiflashtiruvchi zonalar yordamida qo‘llash «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ «Yoshlik-1» konida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2025 yil 5 martdagi 02/111-46-son ma’lumotnomasi). Natijada, massivda sun’iy zaiflik chiziqlari yaratildi, parchalash jarayonini boshqarish yaxshilandi, ikkilamchi maydalash uchun xarajatlar 27% ga, BPIda PMlar sarfi esa 12,5% ga kamaytirish imkonini bergan;
portlatish orqali tog‘ jinslarini maydalashning markazlashtirilgan inisirlash va detonasiyaning yo‘naltirilgan tarqalish usuli «Olmaliq kon-metallurgiya kombinat» AJ «Yoshlik-1» konida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2025 yil 5 martdagi 02/111-46-son ma’lumotnomasi). Natijada, portlash energiyasining optimal taqsimlanishi ta’minlandi, massivni parchalash barqarorligi oshdi, PMlar sarfi portlash energiyasini samarali ishlatish hisobiga 8% ga kamaydi, karerda dastlabki maydalash uchun elektr energiyasining sarfi 15% ga kamaytirish imkonini bergan.