Jamilova Niginabonu Qobil qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Furfurol asosida belgilangan xossali birikmalarning olinishi, xossalari va texnologiyasi», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4592.
Ilmiy rahbar: Axmedov Voxid Nizomovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik texnologiya  instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Adilov Ravshan Irkinovich, texnika fanlari doktori, professor;  Fayzullaev Normurod Ibodullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: furan halqasi saqlagan vinil efirlarining sopolimerlanishi asosida organo-noorgano gibrid kompozitlar olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vinilfurfurolning erituvchilar ishtirokida akril kislota bilan radikal katalitik sopolimerlanish mahsuloti zol-gel usulida olingan polisilikat kislota bilan gibrid kompozit hosil qilishi isbotlangan;
yuqori termik va kimyoviy barqaror gibrid kompozitlarda matrisa organik sopolimerlar bilan mustahkam bog‘langan uch o‘lchamli kremniy dioksid ekanligi asoslangan;
vinilfurfurol va akril kislota sopolimeri asosidagi kompozitlar metallarning ionlarini adsorbsiyalash mexanizmi harorat ta’sirida o‘zgarish qonuniyatlari aniqlanib, past haroratda jarayon fizik adsorbsiyaligi isbotlangan;
kompozitlarda metall ionlarining adsorbsiyasi ionit sirtida amalga oshishi aniqlanib, harorat ko‘tarilishi kimyoviy faol guruhlar bilan metall ionlarining kompleks hosil qilishi ilmiy asoslangan;
sintez qilingan sopolimerlar polisilikat kislota bilan gidrolitik polikondensatlanish mahsulotlari asosida ionitlar olinish texnologiyasi amaliy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Vinilfurfurol, akril va polisilikat kislota asosidagi gibrid kompozitlar olish texnologiyasini ishlab chiqish va ionitlar sifatida qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
zol-gel jarayoni mahsulotlaridan olingan gibrid-ionitlar «Navoiy kon-metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyati»da oqova suvlarini tozalashda ishlab chiqarishga joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2024 yil 12 dekabridagi 23/01-01-07/798-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, selektiv gibrid-ionitlarni qo‘llab, korxona  oqova suvlarini Ca2+, Mg2+, Cu2+ ionlaridan samarali tozalash imkonini bergan;
vinilfurfurolni akril kislota bilan sopolimeri va polisilikat kislota asosidagi zol-gel jarayoni mahsulotidan olingan gibrid kompozit ionit sifatida «Navoiy kon-metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyati»da oqova suvlarini tozalashda ishlab chiqarishga joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2024 yil 12 dekabridagi  23/01-01-07/798-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, amaldagi ionitga nisbatan mis, alyuminiy, nikel ionlarni yutish qobiliyati 1,25 barobar samarali, mexanik mustahkamligi 1,24 marta mustahkam bo‘lib, agressiv muhitlarga barqarorligi undan turli muhitlarda  foydalanish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish