Umarov Ibrohim Sulton o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishning pedagogik sharoitlarini raqamlashtirish asosida takomillashtirish (kredit-modul tizimi misolida)”, 13.00.06 – “Elektron taʼlim nazariyasi va metodikasi” ixtisosligidan.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8920
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.
Ilmiy rahbar: Ergashov Yoqubjon Suvonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.Ped.173.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ibraymov Askar Esbosinovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot-texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kredit-modul tizimi o‘quv jarayonida talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishning pedagogik sharoitlarini raqamlashtirish asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalar mustaqil ta’limini kredit-modul tizimida tashkil etishning didaktik-kommunikatsion, pedagogik-motivatsion, tashkiliy-texnologik va integratsion komponentlari raqamli texnologiyalar muhitida sun’iy intellekt (AI), ma’lumotlar tahlili (DA), adaptiv ta’lim (AL) tizimlarini ta’lim jarayonini strategik implementatsiya qilish asosida aniqlashtirilgan;
kredit-modul tizimi o‘quv jarayonida talabalarning mustaqil ta’limi mazmuni shaxsga yo‘naltirilgan, raqamli pedagogika vositalari, no-code texnologiyalar, sun’iy intellektning ilg‘or modellariga asoslangan neyron tarmoqlarning moslashtirilgan (fine-tuning) algoritmlari kabi innovatsion didaktik resurslardan kompleks foydalanish imkoniyatlarini amalga oshirish mexanizmlarini mujassamlashtirgan raqamli ta’minot asosida ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarining mustaqil ta’lim olish metodikasi individual ta’lim strategiyasining adekvatligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan mikroo‘qitish (micro learning), o‘z sur’atida ta’lim olish (self-paced learning), bulutli texnologiyalarga asoslangan o‘qitish (cloud-based learning) hamda sun’iy intellekt asosidagi shaxsiylashtirilgan chatbot yordamchi texnologiyalarini kredit-modul tizimi o‘quv jarayoniga uyg‘unlashtirish va uning raqamli ta’minotini shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning individual ta’lim olish samaradorligini baholash mezonlari ularning kognitiv bilimlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining baholash mezonlari (motivatsion, kognitiv, konativ, refleksiv) va darajalari (ijodkor, mustaqil fikrlovchi, amaliyotchi va takrorlovchi) ni kompleks diagnostik vositalarning dinamik monitoring imkoniyatlari validligini ta’minlash asosida tizimlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kredit-modul tizimi o‘quv jarayonida talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishning pedagogik sharoitlarini raqamlashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
talabalar mustaqil ta’limini kredit-modul tizimida tashkil etishning didaktik-kommunikatsion, pedagogik-motivatsion, tashkiliy-texnologik va integratsion komponentlari raqamli texnologiyalar muhitida sun’iy intellekt (AI), ma’lumotlar tahlili (DA), adaptiv ta’lim (AL) tizimlarini joriy etishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
kredit-modul tizimi o‘quv jarayonida talabalarning mustaqil ta’limi mazmuni shaxsga yo‘naltirilgan interfeys, raqamli ta’lim resurslari, no code texnologiyalari va neyron tarmoqlarini ixtisoslashtirish (fine-tuning) algoritmlarini didaktik vosita sifatida foydalangan holda raqamli ta’minot “Talabalar mustaqil ta’lim platformasi – mustaqiltalim.uz” ishlab chiqilgan hamda amaliyotga joriy etilgan (Adliya vazirligi tomonidan №DGU 36812 raqamli guvohnoma berilgan). Natijada raqamli ta’minotdan foydalangan holda talabalar mustaqil ta’limini tashkil qilish takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarining mustaqil ta’lim olish metodikasi individual ta’lim strategiyasining adekvatligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan micro learning, self paced learning, cloud based learning, personal chatbot texnologiyalarini kredit-modul tizimi o‘quv jarayoniga uyg‘unlashtirish va uning raqamli ta’minotini shakllantirish asosida takomillashtirilganligi hamda “Kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish” nomli o‘quv qo‘llanma (№2024/214U-282) ishlab chiqilganligi va mazkur model, raqamli ta’minot, o‘quv qo‘llanmadan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Chirchiq davlat pedagogika universiteti va Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘quv jarayonida qo‘llanilganligi; shuningdek, kredit-modul tizimida individual ta’lim texnologiyalardan foydalanish orqali ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar uchun alohida interfeysga ega raqamli texnologiyalarga asoslangan holda o‘quv jarayonini tashkil etishda foydalanilgan (OTFIVning 2024-yil 3.10.2024 yildagi 4/17-4/4-01-402-son xati) Natijada talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishning pedagogik sharoitlarini raqamlashtirish asosida takomillashtirishga erishilgan;
kredit-modul tizimida individual ta’lim texnologiyalardan foydalanish orqali ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar uchun alohida interfeysga ega masofaviy texnologiyalarga asoslangan holda o‘quv jarayonini tashkil etishning pedagogik sharoitlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalaridan “Masofaviy texnologiyalardan foydalangan holda oliy ta’lim va qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimlarida o‘quv faoliyatini tashkil etish”(2022-2024 y.y., IL-4821091576) O‘zbekiston-Belorus hamkorligi doirasida bajarilgan fundamental loyihada foydalanilgan. Natijada raqamli ta’minot ishlab chiqish orqali mustaqil ta’lim jarayonida pedagogik sharoitni takomillashtirishga erishilgan.