Aripova Dilafruz Abdulla qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mobil aloqa kompaniyalari xizmatlari samaradorligini oshirish yo‘nalishlari”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4855.
Ilmiy rahbar: Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Saitkamolov Muxammadxo‘ja Sobirxo‘ja o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Sobirov Muradjan Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi RIU Toshkent filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mobil aloqa kompaniyalari xizmatlari samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mobil aloqa tarmoqlarining ortiqcha “yuklarni” samarali taqsimlashga ko‘ra optimallashtirish va asosiy vositalarni xizmat ko‘rsatish tezligini oshirishga ko‘ra joylashtirish yo‘nalishlarini belgilash asosidagi takomillashtirilgan mexanizmi taklif etilgan;
mobil aloqa kompaniyalari taqdim etadigan xizmatlarning mijozlarni qanoatlanganlik darajasini tahlil qilish va unga ta’sir etuvchi omillar to‘plamini shakllantirishda CS-CR (Customer Satisfaction-Customer Retention) matrisasi qo‘llanilishi ko‘p chiziqli regression tahlil natijasining aniqliligini oshiruvchi algoritm ilmiy asoslangan;
mobil aloqa infratuzilmasining barqarorligini ta’minlash maqsadida murakkab xizmatlarning barcha tarkibiy qismlaridagi tuzilishi va munosabatlarini ko‘rsatuvchi ikkita asosiy elementdan iborat bo‘lgan mahsulot va xizmat ko‘rsatish mavjudligi hamda tugallanganligi bo‘yicha molekulyar modellashtirishning mualliflik yondashuvi taklif etilgan;
mobil aloqa kompaniyalarida xizmatlarni ishlab chiqishdan oldingi jarayonlarga qaratish va ularni aniqlash, belgilash hamda rivojlanish loyihasida muvaffaqiyatga erishishning “Stage-gate” modeli 5G texnologiyalar, mijozlar bazasi, kompaniyaning mobil aloqa bozoridagi ulushi  kabi yo‘nalishlar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mobil aloqa kompaniyalari xizmatlari samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mobil aloqa tarmoqlarining ortiqcha “yuklarni” samarali taqsimlashga ko‘ra optimallashtirish va asosiy vositalarni xizmat ko‘rsatish tezligini oshirishga ko‘ra joylashtirish yo‘nalishlarini belgilash asosidagi takomillashtirilgan mexanizmi bo‘yicha taklifi “Uztelekom AKning 2025-2028 yillardagi Taraqqiyot Strategiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan va “UMS” MChJning Strategiya-2030” dasturiga ko‘ra amaliyotga joriy etilgan (“Uztelekom” AKning 2025 yil 18 apreldagi 27-01-19/1835-sonli dalolatnomasi, “UMS” MChJning 2025 yil 18 apreldagi 06/0127-i-sonli dalolatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025 yil 21 apreldagi 39-8/2620-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonada xizmatlar ko‘rsatish tezligini 1,3 barobarga orttirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
mobil aloqa kompaniyalari taqdim etadigan xizmatlarning mijozlarni qanoatlanganlik darajasini tahlil qilish va unga ta’sir etuvchi omillar to‘plamini shakllantirishda CS-CR (Customer Satisfaction-Customer Retention) matrisasi qo‘llanilishi ko‘p chiziqli regression tahlil natijasining aniqliligini oshiruvchi algoritm “Uztelekom AKning 2025-2028 yillardagi Taraqqiyot Strategiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan va “UMS” MChJning Strategiya-2030” dasturiga ko‘ra amaliyotga joriy etilgan (“Uztelekom” AKning 2025 yil 18 apreldagi 27-01-19/1835-sonli dalolatnomasi, “UMS” MChJning 2025 yil 18 apreldagi 06/0127-i-sonli dalolatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025 yil 21 apreldagi 39-8/2620-son ma’lumotnomasi). Taklif xizmatlar sifatini oshirishga ko‘ra mijozlarning qo‘nimsizlik darajasini 2023 va 2024 yillar yakuniga ko‘ra mos ravishda “UMS” MChJ bo‘yicha 3% va 4 % va “Uztelekom” AK bo‘yicha 4% va 5% foizga kamayishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
mobil aloqa infratuzilmasining barqarorligini ta’minlash maqsadida murakkab xizmatlarning barcha tarkibiy qismlaridagi tuzilishi va munosabatlarini ko‘rsatuvchi ikkita asosiy elementdan iborat bo‘lgan mahsulot va xizmat ko‘rsatish mavjudligi hamda tugallanganligi bo‘yicha molekulyar modellashtirishning mualliflik yondashuvi “Uztelekom AKning 2025-2028 yillardagi Taraqqiyot Strategiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan va “UMS” MChJning Strategiya-2030” dasturiga ko‘ra amaliyotga joriy etilgan (“Uztelekom” AKning 2025 yil 18 apreldagi 27-01-19/1835-sonli dalolatnomasi, “UMS” MChJning 2025 yil 18 apreldagi 06/0127-i-sonli dalolatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025 yil 21 apreldagi 39-8/2620-son ma’lumotnomasi). Taklif 2024-yil yakuniga ko‘ra xizmatlardan keladigan daromad miqdorining “UMS” MChJ bo‘yicha 1%ga hamda “Uztelekom” AK bo‘yicha 1,1% ga ortishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
mobil aloqa kompaniyalarida xizmatlarni ishlab chiqishdan oldingi jarayonlarga qaratish va ularni aniqlash, belgilash hamda rivojlanish loyihasida muvaffaqiyatga erishishning 5G texnologiyalar, mijozlar bazasi, kompaniyaning mobil aloqa bozoridagi ulushi  kabi yo‘nalishlar asosida takomillashtirilgan “Stage-gate” modeli modeli “Uztelekom AKning 2025-2028 yillardagi Taraqqiyot Strategiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan va “UMS” MChJning Strategiya-2030” dasturiga ko‘ra amaliyotga joriy etilgan (“Uztelekom” AKning 2025 yil 18 apreldagi 27-01-19/1835-sonli dalolatnomasi, “UMS” MChJning 2025 yil 18 apreldagi 06/0127-i-sonli dalolatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025 yil 21 apreldagi 39-8/2620-son ma’lumotnomasi). Taklif 2025-yilda 2024-yilga nisbatan foyda hajmining “UMS” MChJ bo‘yicha 1,1% va “Uztelekom” AK bo‘yicha 1,05% oshirish imkoniyatini yaratilishiga muayyan darajada xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish