Gafurov Baxromjon Adxamovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): «Zahiriddin Muhammad Boburning ijtimoiy-siyosiy va falsafiy qarashlari», 09.00.03 - Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fal1028 
Ilmiy rahbar: Turaev Baxtiyor Omonovich, falsafa fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti. 
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Oʻzbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Ruzmatova Gulnoz Miraxrarovna, falsafa fanlari doktori, professor; Zohidov Abduqodir, falsafa fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti.  
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mirzo Boburning boy va serqirra ma’naviy me’rosini ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilish, uni nazariy-metodologik umumlashtirgan holda mutafakkir ijodida ilgari surilgan inson ijtimoiy faoliyatining qator sohalari bilan bog‘liq g‘oyalaridan yangilanayotgan O‘zbekistondagi zamonaviy, ijtimoiy-siyosiy, diniy-falsafiy, ma’naviy-mafkuraviy jarayonlarni mustahkamlashda amaliy foydalanishning usullari, yo‘l-yo‘riqlari va vositalarini aniqlab ko‘rsatib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Zahiriddin Muhammad Boburning falsafiy ontologiyasi va naturfalsafiy qarashlarini tizimli o‘rganish natijasida, uning borliq, olam, tabiat, inson va koinot haqidagi ilmiy-falsafiy mushohadalarining XV-XVI asrlar Sharq falsafiy tafakkuri rivojidagi o‘rni va ahamiyati aniqlanib «Boburnoma» va boshqa asarlaridagi ilmiy qarashlar, geografik, kosmologik tasavvurlarining falsafiy-metodologik asoslari ochib berilgan;
Zahiriddin Muhammad Boburning markazlashgan davlat konsepsiyasining asosiy mezonlari: kuchli hokimiyat, ijtimoiy adolat, shaharsozlik, xususiy mulk dahlsizligi, fuqaro manfaatlarini himoya qilish, milliy taraqqiyot, madaniy yuksalish va ma’rifatparvarlik g‘oyalarining falsafiy-konseptual jihatlari ochib berilib, tarixiy-siyosiy va madaniy-ma’rifiy ahamiyati yuzasidan mualliflik yondashuvi ishlab chiqilgan;
«Boburnoma» asarining aksiologik qirralari tizimli tahlili asosida diniy va dunyoviy bilimlarni o‘zaro uyg‘unlashtirish orqali yaratilgan noyob falsafiy sintezi, uning diniy bag‘rikenglik, madaniyat va dinlarning o‘zaro muloqoti, hamjihatlik g‘oyalarining Sharq falsafasidagi o‘rni hamda zamonaviy ijtimoiy-falsafiy dunyoqarash rivojidagi ahamiyati ochib berilgan;
Zahiriddin Muhammad Boburning badiiy-estetik qarashlari va axloqiy ta’limotida antropotsentrik yondoshuv ustovorligi aniqlanib, inson hayoti, erkinligi, baxt-saodati, ma’naviyati, axloqi va ma’rifati haqidagi qarashlarining ma’naviy qadriyatlar tizimi evolyusiyasidagi ahamiyati hamda uning gumanistik-ma’rifiy g‘oyalarining Sharq va G‘arb madaniyatlari muloqotidagi germenevtik vazifasi dalillangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mirzo Boburning ijtimoiy-siyosiy va falsafiy qarashlari mohiyatini ochib berish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Mirzo Boburning falsafiy ontologiyasi va naturfalsafiy qarashlarini tizimli o‘rganish natijasida, uning borliq, olam, tabiat, inson va koinot haqidagi ilmiy-falsafiy mushohadalarining XV-XVI asrlar Sharq falsafiy tafakkuri rivojidagi o‘rni va ahamiyati aniqlanib «Boburnoma» va boshqa asarlaridagi ilmiy qarashlar, geografik, kosmologik tasavvurlarining falsafiy-metodologik asoslari ochib berilganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros agentligi tomonidan jamoatchilik muhokamalari va jamoatchilik muloqoti tadbirlarini o‘tkazish hamda yakunlari bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros agentligining 2023-yil 21-noyabrdagi 0405//4278-sonli ma’lumotnomasi). Natijada jamoatchilik muhokamalari va jamoatchilik muloqoti tadbirlarining mazmun-mohiyati sifat jihatidan yaxshilanib, sayqallashuviga erishilgan va Mirzo Bobur falsafiy, ijtimoiy-siyosiy merosining hozirgi vaqtgacha o‘rganilmagan jihatlarini keng xalq ommasi orasida yoyilishiga xizmat qilgan;
Jumladan, Mirzo Boburning markazlashgan davlat konsepsiyasining asosiy mezonlari: kuchli hokimiyat, ijtimoiy adolat, shaharsozlik, xususiy mulk dahlsizligi, fuqaro manfaatlarini himoya qilish, milliy taraqqiyot, madaniy yuksalish va ma’rifatparvarlik g‘oyalarining falsafiy-konseptual jihatlari ochib berilib, tarixiy-siyosiy va madaniy-ma’rifiy ahamiyati yuzasidan mualliflik yondashuvi ishlab chiqilganligiga oid xulosa va amaliy takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatining axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatining axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasining 2024 yil 1 fevraldagi 12-sonli bayonnomasi). Natijada qo‘mita tomonidan 2023 2024 yillarda o‘tkazilgan tadbirlarning mazmun-mohiyati va sifati yaxshilangan hamda xalqimizning ma’naviy taraqqiyotiga oid ilmiy materiallar bilan boyishiga erishilgan.
Shuningdek, «Boburnoma» asarining aksiologik qirralari tizimli tahlili asosida diniy va dunyoviy bilimlarni o‘zaro uyg‘unlashtirish orqali yaratilgan noyob falsafiy sintezi, uning diniy bag‘rikenglik, madaniyat va dinlarning o‘zaro muloqoti, hamjihatlik g‘oyalarining Sharq falsafasidagi o‘rni hamda zamonaviy ijtimoiy-falsafiy dunyoqarash rivojidagi ahamiyati ochib berilganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi tomonidan milliy madaniy va ma’naviy merosni asrab-avaylash va ko‘paytirish, xalqimizning ma’naviy-axloqiy va madaniy darajasini yanada yuksaltirish bilan bog‘liq faoliyatida keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligining 2024 yil 15 fevraldagi 04-12. 05-891-sonli ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi tomonidan ushbu yo‘nalishda rejalashtirilgan va o‘tkaziladigan tadbirlar ko‘lamining kengayishi, ilmiy-falsafiy jihatdan boyishi va ko‘p millatli xalqimiz orasida Mirzo Boburning millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik kabi g‘oyalarini keng targ‘ib va tashviq etilishiga erishilgan;
Shu bilan birga Mirzo Boburning badiiy-estetik qarashlari va axloqiy ta’limotida antropotsentrik yondoshuv ustovorligi aniqlanib, inson hayoti, erkinligi, baxt-saodati, ma’naviyati, axloqi va ma’rifati haqidagi qarashlarining ma’naviy qadriyatlar tizimi evolyusiyasidagi ahamiyati hamda uning gumanistik-ma’rifiy g‘oyalarining Sharq va G‘arb madaniyatlari muloqotidagi germenevtik vazifasi dalillanganligiga oid yangiliklaridan Respublikamiz ta’lim tizimida, shu jumladan o‘rta umumta’lim maktablarida o‘quvchi yoshlar orasida olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarda keng ko‘lamli ravishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024 yil 3 oktyabrdagi 04-37-2863-sonli dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan taklif, tavsiyalar va xulosalar Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish jarayonida xalq farovonligi, yosh avlod tarbiyasi va ularda vatanparvarlik tuyg‘usini mustaxkamlashga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish