Alimova Shaxnoza Xamidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan yoshlar ijtimoiylashuvining ilmiy-falsafiy tahlili”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fal.1132
Ilmiy rahbar: Tulenova Gulmira Jandarovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti Yangier filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Agzamxodjaeva Saida Sabitxanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Nurmatova Mukarram Axmedovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan yoshlar ijtimoiylashuvi jarayonlarini ilmiy-falsafiy jihatdan o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nogironligi bo‘lgan yoshlar ijtimoiylashuvining siyosiy-huquqiy, iqtisodiy omillari, ijtimoiy-madaniy ehtiyojlari o‘rganildi hamda ularning jamiyat hayotida faol ishtirokini ta’minlash, turmush darajasini oshirish, inklyuziv ta’lim, bandlik, tadbirkorlik, turizmni yanada rivojlantirishga oid zamonaviy mexanizmlar taklif etildi;
nogironligi bo‘lgan yoshlar faolligi va ijtimoiylashuvining ortib borishi ijtimoiy taraqqiyot zarurati ekanligini isbotlandi, ushbu jarayonning zamonaviy tendensiyalari aniqlandi, ularning Yangi O‘zbekistonda barqaror rivojlanishning maqsadlariga erishish doirasida belgilangan inklyuziv taraqqiyotni kengaytirishga, ijtimoiy davlat qurishga yo‘naltirilgan demokratik jarayonlarni jadallashtirishga ta’siri ilmiy-falsafiy va ijtimoiy-amaliy jihatdan o‘rganildi;
nogironligi bo‘lgan yoshlarni emotsional qo‘llab-quvvatlash, ularda hayotda ishonch va himoyalanganlik hissini shakllantirish, ularni tushunish va mehr-muhabbat bilan o‘rab himoya qilish hamda jamiyatda o‘z munosib o‘rnini topishida oilaning roli asoslandi;
Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy adolat tamoyillariga amal qiladigan, inklyuziv jamiyatni rivojlantirishga ko‘maklashish, nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich o‘tish maqsadida davlat hokimiyati organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish mexanizmlari ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan yoshlarning inklyuziyasi va ijtimoiylashuviga ko‘maklashish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Dissertatsiyada o‘rganilgan nogironligi bo‘lgan yoshlar ijtimoiylashuvining siyosiy-huquqiy, iqtisodiy omillari, ijtimoiy-madaniy ehtiyojlari hamda ularning jamiyat hayotida faol ishtirokini ta’minlovchi huquq, manfaatlarini samarali himoya qilish, turmush sifati va darajasini oshirish, inklyuziv ta’lim, bandlik, tadbirkorlik, inklyuziv turizmni yanada takomillashtirish bo‘yicha ijtimoiy yordamning zamonaviy mexanizmlarini samarali amalga oshirish uchun ko‘zda tutilgan shart-sharoitlar yaratilishi yuzasidan ishlab chiqilgan xulosalar asosidagi taklif-tavsiyalardan “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan 2024-yil 15-may kuni “O‘zbekistonliklar oila to‘g‘risida: asosiy qarashlar va ustuvorliklar” mavzusida o‘tkazilgan kompleks sotsiologik tadqiqotda keng foydalanilgan (“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2024-yil 6- iyundagi 01-16/128-sonli Dalolatnomasi). Natijada mazkur uslubiy ishlanma mamlakatimiz ijtimoiy hayotidagi qadriyatlar tizimi doirasida nogironligi bo‘lgan yoshlar ijtimoiylashuviga ta’sir etuvchi omillarni amaliy jihatdan o‘rganishga va sermahsul natijalarga erishishni ta’minlashga asos bo‘lgan.
Dissertatsiyada nogironligi bo‘lgan yoshlar faolligining ortib borishi ijtimoiy taraqqiyot zarurati ekanligini isbotlanib, ular ijtimoiylashuvining zamonaviy tendensiyalari aniqlangan, ushbu tendensiyalarning Yangi O‘zbekistonda barqaror rivojlanishning maqsadlariga erishish doirasida belgilangan inklyuziv taraqqiyotni kengaytirishga, ijtimoiy davlat qurishga yo‘naltirilgan demokratik jarayonlarni jadallashtirishga ta’siri haqidagi ilmiy-falsafiy va ijtimoiy-amaliy taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi tizimidagi 7 ta hududiy bo‘limlar faoliyatini yanada takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining 2024-yil 6-sentyabrdagi 02-01/192-sonli Dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ko‘tarilgan konseptual g‘oyalar Yangi O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlashda ilmiy ahamiyat kasb etadi hamda O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondining amalga oshirib kelayotgan faoliyati samaradorligiga xizmat qilgan.
Ilmiy tadqiqot ishida asoslangan nogironligi bo‘lgan yoshlarni emotsional qo‘llab-quvvatlash, ularda hayotda ishonch va himoyalanganlik hissini shakllantirish, ularni tushunish va mehr-muhabbat bilan o‘rab himoya qilish, his-tuyg‘ularini, muloqot va o‘zaro munosabatlarini ifoda etish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish hamda jamiyatda o‘z munosib o‘rnini topishida oilaning hal qiluvchi o‘rni va roli, ularning siyosiy-huquqiy madaniyatining darajasi, hayotiy mo‘ljallari va intilishlari, mustahkam fuqarolik pozisiyasini shakllantirishda va faollashuvida, oxir-oqibat ularning ijtimoiylashuvida oilaning o‘rni va ahamiyatini asoslashga doir ilmiy-falsafiy xulosalar va ijtimoiy-amaliy taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi «Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 145-son qaroriga asosan, hududlarda «Ayollar daftari»ning 6-toifasiga kiritiladigan qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar – nogironligi bo‘lgan voyaga yetmagan (I guruh nogironligi bo‘lgan farzandi yoshidan qat’iy nazar) farzandini bevosita parvarishlayotgan ehtiyojmand xotin-qizlar bilan ishlashda, ularni ijtimoiy himoya qilish, huquqiy, psixologik va tibbiy yordamlar ko‘rsatilishida O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining nogiron farzandi bo‘lgan oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan faoliyatini yanada takomillashtirishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2024-yil 19-sentyabrdagi 02-01/1496-sonli Dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ko‘tarilgan konseptual g‘oyalar Yangi O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlashda ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etgan hamda O‘zbekiston Resrublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatining samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilgan.
Dissertatsiyada nogironligi bo‘lgan yoshlar duch kelayotgan muammolari haqida xabardorlikni oshirish, bilimlarni tarqatish va mazkur muammolarni hal qilish, Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy adolat tamoyillariga amal qiladigan, yanada teng, inklyuziv jamiyatni rivojlantirishga ko‘maklashish, nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich o‘tish maqsadida davlat hokimiyati organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi samarali hamkorlikning muhim roliga oid ishlab chiqilgan ilmiy taklif-tavsiyalari bilan O‘zbekiston Nogironlar jamiyati Markaziy boshqaruvi va O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi o‘rtasida 2024-yil 5-iyun kuni imzolangan «Mahallalarda nogironligi bo‘lgan oilalarning tinchlik va osoyishtaligini ta’minlash, ular bilan manzilli ishlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi memorandumi loyihasining 1-moddasi, 2-moddaning 3,4,6,7-bandlarini tayyorlashda foydalanilgan («O‘zbekiston Nogironlar jamiyati» Markaziy boshqaruvining 2024-yil 10-iyundagi 01-10/06-sonli Dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ko‘tarilgan konseptual g‘oyalar Yangi O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlashda ilmiy ahamiyat kasb etishi hamda O‘zbekiston nogironlar jamiyatining amalga oshirib kelayotgan faoliyati samaradorligiga xizmat qilgan.