Yusupova Mexribon Uktamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda turizm industriyasi imkoniyatidan samarali foydalanish” (Xorazm viloyati misolida), 08.00.12 - Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5197
Ilmiy rahbar: Xamrauev Quvvat Iskandarovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Jumaniyazova Sharifa Rashidovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda turizm industriyasi imkoniyatidan samarali foydalanish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda turizm industriyasining gorizontal va vertikal aloqalarini ta’minlovchi integratsion modeli ishlab chiqilgan;
mintaqada turizm industriyasi imkoniyatlarini yuqori (86-100 %), o‘rta (71-85 %) va quyi (55-70 %) darajalardagi baholash yondashuvlari taklif etilgan;
innovatsion yondashuvlar asosida mintaqada samarali turizm industriyasini ta’minlovchi assotsiatsiyani tashkil etish mumkinligi asoslangan;
Xorazm viloyatida turizm industriyasi iqtisodiy rivojlanishini ekonometrik modellar asosida 2030-yilgacha mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda turizm industriyasi imkoniyatidan samarali foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda turizm industriyasining gorizontal va vertikal aloqalarini ta’minlovchi integratsion modeli bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining 2024-yil 26-noyabrdagi “2024-2026-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 76-12-0-Q/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 10-martdagi 15-902-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi mintaqada turizm industriyasining maqbul dasturlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
mintaqada turizm industriyasi imkoniyatlarini yuqori (86-100 %), o‘rta (71-85 %) va quyi (55-70 %) darajalardagi baholash yondashuvlari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining 2024-yil 26-noyabrdagi “2024-2026-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 76-12-0-Q/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 10-martdagi 15-902-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi natijasida mintaqani barqaror rivojlantirishga qaratilgan turizm industriyasi iqtisodiy samaradorligini o‘rtacha 2-4 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
innovatsion yondashuvlar asosida mintaqada samarali turizm industriyasini ta’minlovchi assotsiatsiyani tashkil etish bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining 2024-yil 26-noyabrdagi “2024-2026-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 76-12-0-Q/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 10-martdagi 15-902-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida Xorazm viloyati mintaqasida samarali turizm industriyasi strategiyalaridan foydalanish imkoni yaratilgan;
Xorazm viloyatida turizm industriyasi iqtisodiy rivojlanishini ekonometrik modellar asosida 2030-yilgacha mo‘ljallangan prognoz qiymatlari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining 2024-yil 26-noyabrdagi “2024-2026-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 76-12-0-Q/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 10-martdagi 15-902-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilish Xorazm viloyatida turizm industriyasidan samarali foydalanishga qaratilgan optimal qarorlarni ishlab chiqish imkonini bergan.