Baxriddinova Yulduz Baxriddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mahalliy dorivor oʻsimliklar xom ashyosini etishtirish jarayonlarini ekonometrik modellashtirish” (Surxondaryo viloyati misolida), 08.00.06 - “Ekonometrika va statistika” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4383
Ilmiy rahbar: Abdug‘aniev Otabek Allajonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Sauxanov Jonibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xolmurotov Fozil Saribaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududlarda mahalliy dorivor oʻsimlik mahsulotlari etishtirish samaradorligini oshirishning ekonometrik modellarini tuzish va istiqbollarini prognozlash boʻyicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlarda mahalliy dorivor o‘simliklar etishtirishning moliyaviy holatini baholash asosida innovatsion rivojlantirish modeli taklif etilgan;
 Surxondaryo viloyatidagi davlat o‘rmon xo‘jaliklarida dorivor o‘simlik mahsulotlari ishlab chiqarishda o‘rmon xo‘jaliklari faoliyatidagi vaqtli (time-series) va kesishgan (cross-sectional) ma’lumotlarning kombinatsiyasini ekonometrik baholashning panel modellari taklif etilgan;
Surxondaryo viloyatida aholiga sog‘liqni saqlash  xizmatlari ko‘rsatishning 1 foizga oshishi dorivor o‘simliklarini etishtirish hajmini 0,267 foizga oshirish, dorivor o‘simliklarni etkazib beruvchi tashkilotlar soni 1 foiz oshirish mos ravishda 0,44 foizga oshishi ishlab chiqilgan ko‘p omilli ekonometrik modellar yordamida asoslangan;
dorivor o‘simliklar etishtirishning ko‘p omilli ekonometrik modellari asosida 2029-yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy dorivor o‘simliklar xom ashyosini etishtirish samaradorligini oshirishni ekonometrik modellashtirish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hududlarda mahalliy dorivor o‘simliklar etishtirishning moliyaviy holatini baholash asosida innovatsion rivojlantirish modeli bo‘yicha taklif Surxondaryo viloyat hokimining 2024-yil 23-fevraldagi “Surxondaryo viloyati tumanlarida foydalanishdan chiqib ketgan qishloq xo‘jaligi erlarni hamda yangidan o‘zlashtiriladigan yaylov er maydonlarini foydalanishga kiritish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 154-8-0-Q/23-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan. (Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 24-martdagi 07-07/730-son ma’lumotnomasi). Natijada Surxondaryo viloyati agrar tarmog‘ida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun yangi ishlov berish texnologiyalarini qo‘llash 14 foizga, transporti va saqlanishida samaradorlikni oshirish 12 foizga oshgani aniqlandi hamda viloyat hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha dastur ishlab chiqilgan;
Surxondaryo viloyatidagi davlat o‘rmon xo‘jaliklarida dorivor o‘simlik mahsulotlari ishlab chiqarishda o‘rmon xo‘jaliklari faoliyatidagi vaqtli (time-series) va kesishgan (cross-sectional) ma’lumotlarning kombinatsiyasini ekonometrik baholashning taklif etilgan panel modellari Surxondaryo viloyat hokimining 2024-yil 23-fevraldagi “Surxondaryo viloyati tumanlarida foydalanishdan chiqib ketgan qishloq xo‘jaligi erlarni hamda yangidan o‘zlashtiriladigan yaylov er maydonlarini foydalanishga kiritish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 154-8-0-Q/23-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 24-martdagi 07-07/730-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida Surxondaryo viloyatidagi davlat o‘rmon xo‘jaliklarida dorivor o‘simliklar ishlab chiqarish samaradorligini o‘rtacha 4-6 foizga oshirish imkonini bergan;
Surxondaryo viloyatida aholiga sog‘liqni saqlash  xizmatlar ko‘rsatishning 1 foizga oshishi dorivor o‘simliklarini etishtirish hajmini 0,267 foizga oshirish, dorivor o‘simliklarni etkazib beruvchi tashkilotlar soni 1 foiz oshirish mos ravishda  0,44 foizga oshishi taklifi Surxondaryo viloyat hokimining 2024-yil 23-fevraldagi “Surxondaryo viloyati tumanlarida foydalanishdan chiqib ketgan qishloq xo‘jaligi erlarni hamda yangidan o‘zlashtiriladigan yaylov er maydonlarini foydalanishga kiritish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 154-8-0-Q/23-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 24-martdagi 07-07/730-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatda dorivor o‘simliklar etishtirishga ixtisoslashgan korxonalarni individual yondoshuv orqali qo‘llab-quvvatlash dasturlari ishlab chiqilib dorivor o‘simliklar etishtirish hajmi 1,23 barobarga oshgani aniqlangan;
dorivor o‘simlik ishlab chiqarishning 2029-yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli prognoz natijalari bo‘yicha berilgan taklifi Surxondaryo viloyat hokimining “O‘zbekiston-2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 531-8-0-Q/23-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 24-martdagi 07-07/730-son ma’lumotnomasi). Natijada, Surxondaryo viloyatida dorivor o‘simlik ishlab chiqarish salohiyatini 1,3 baravarga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish