Xolmirzaev Ulug‘bek Abdulazizovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarda davlat-xususiy sheriklik asosida bilimlar iqtisodiyotini rivojlanishini ta’minlash metodologiyasini takomillashtirish” (Namangan viloyati misolida), 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Iqt894
Ilmiy maslahatchi: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Otajanov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Farhod Ozodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi hududlarida davlat-xususiy sheriklik asosida bilimlar iqtisodiyotini rivojlanishini ta’minlash metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha nazariy-uslubiy hamda amaliy yo‘nalishdagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasida bilimlar iqtisodiyotiga hozirgi kunning noaniqligi va oldindan aytib bo‘lmasligi bilan bog‘liq axborot komponentining rivojlanishiga ta’sir qiluvchi ijobiy va salbiy omillar asoslangan;
bilimlar iqtisodiyotining rivojlanish darajasini baholashning uslubiy ta’minoti asosida O‘zbekiston Respublikasi hududlarida bilim iqtisodiyotining rivojlanish darajasini baholash uchun uslubiy yordamni shakllantirish algoritmi ishlab chiqilgan;
mintaqaviy rivojlanishdagi heterojenlik va nomutanosiblik darajasini baholash shkalasi (CV ≤ 10 %- past; 10 % < CV ≤ 25 % - o‘rtacha; 25 % < CV ≤ 50 % - yuqori; CV > 50 % - juda yuqori) asosida bilimlar iqtisodiyoti rivojlanish darajasini kompleks ko‘rsatkichlari qiymatlarining dinamik o‘zgarishi hamda mintaqaviy rivojlanishdagi hududlar reytingi aniqlangan;
maqsadlar, vazifalar, tamoyillar, subekt, obekt, darajalar, boshqaruv organlari va amalga oshirish mexanizmlari majmui sifatida “davlat-xususiy sheriklik” tushunchasini aniqlash uchun K0={22 K1,30 K2,19 K3, 27 K4} yoki K0={K1 (k1.1), K2 (k2.1+k2.2), K3 (k3.1), K4 (k4.1+k4.2)} modellari ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston Respublikasi hududlarida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirishning rivojlanish (DXShRB) tendensiyalari va potensial imkoniyatlari (IIIKTning eng past qiymatlari bo‘lgan mintaqalar - 0,50:0,74 va eng yuqori IIMOT qiymatlari - 0,35:0,78; IIIKTning eng yuqori qiymatlari bo‘lgan hududlar - 0,26-0,49 va eng past IIMOT qiymatlari -0,06:0,42; IIIKT va IIMOTning past qiymatlari bo‘lgan hududlar: 0,15-0,25;) bo‘yicha baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi hududlarida davlat-xususiy sheriklik asosida bilimlar iqtisodiyotini rivojlanishini ta’minlash metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasida bilimlar iqtisodiyotiga hozirgi kunning noaniqligi va oldindan aytib bo‘lmasligi bilan bog‘liq axborot komponentining rivojlanishiga ta’sir qiluvchi ijobiy va salbiy omillar bo‘yicha taklif Namangan viloyati hokimligi tarkibidagi korxona va tashkilotlar amaliyotiga joriy qilingan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 2-apreldagi 03/12-428-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklif natijasida Namangan viloyatida mavjud davlat va xususiy oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati 32,7 %ga oshirish imkoni yaratilgan;
bilimlar iqtisodiyotining rivojlanish darajasini baholashning uslubiy ta’minoti asosida O‘zbekiston Respublikasi hududlarida bilim iqtisodiyotining rivojlanish darajasini baholash uchun uslubiy yordamni shakllantirish algoritmi bo‘yicha taklif Namangan viloyati hokimligi tarkibidagi korxona va tashkilotlar faoliyatiga joriy qilingan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 2-apreldagi 03/12-428-son ma’lumotnomasi). Natijada Namangan viloyatining har bir davlat va xususiy oliy o‘quv yurtlari bilim iqtisodiyotining rivojlanish darajasi (NamMTI-1; NamMQI-2; NamDU-3; TKTU filiali-4; UBS-5) baholangan;
mintaqaviy rivojlanishdagi heterojenlik va nomutanosiblik darajasini baholash shkalasi (CV ≤ 10 %- past; 10 % < CV ≤ 25 % - o‘rtacha; 25 % < CV ≤ 50 % - yuqori; CV > 50 % - juda yuqori) asosida bilimlar iqtisodiyoti rivojlanish darajasini kompleks ko‘rsatkichlari qiymatlarining dinamik o‘zgarishi hamda mintaqaviy rivojlanishdagi hududlar reytingi bo‘yicha taklif Namangan viloyati hokimligi tarkibidagi korxona va tashkilotlar amaliyotiga joriy qilingan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 2-apreldagi 03/12-428-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi heterojenlik va nomutanosiblik darajasini baholanib ularning darajalariga qarab oliy o‘quv yurtlarini hech bo‘lmaganda ayrim yo‘nalishlarini tumanlarga joylashtirish imkoni yaratilgan;
maqsadlar, vazifalar, tamoyillar, subekt, obekt, darajalar, boshqaruv organlari va amalga oshirish mexanizmlari majmui sifatida “davlat-xususiy sheriklik” tushunchasini aniqlash uchun K0={22 K1,30 K2,19 K3, 27 K4} yoki K0={K1 (k1.1), K2 (k2.1+k2.2), K3 (k3.1), K4 (k4.1+k4.2)} modellari Namangan viloyati hokimligi tarkibidagi korxona va tashkilotlar faoliyatiga joriy qilingan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 2-apreldagi 03/12-428-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangilik natijasidan “Namangan viloyatining Pop va Mingbuloq tumanlarida foydalanishdan chiqqan erlarni foydalanishga kiritishni davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Namangan viloyati xalq deputatlari kengashining 2024-yil 5-apreldagi VI-43-32-6-0-K/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan;
O‘zbekiston Respublikasi hududlarida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirishning rivojlanish (DXShRB) tendensiyalari va potensial imkoniyatlari (IIIKTning eng past qiymatlari bo‘lgan mintaqalar - 0,50:0,74 va eng yuqori IIMOT qiymatlari - 0,35:0,78; IIIKTning eng yuqori qiymatlari bo‘lgan hududlar - 0,26-0,49 va eng past IIMOT qiymatlari -0,06:0,42; IIIKT va IIMOTning past qiymatlari bo‘lgan hududlar: 0,15-0,25;) bo‘yicha baholash taklifi Namangan viloyati hokimligi tarkibidagi korxona va tashkilotlar faoliyatiga joriy qilingan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 2-apreldagi 03/12-428-son ma’lumotnomasi). Mazkur yangilik natijasidan Namangan viloyatida foydalanishdan chiqqan erlarni foydalanishga kiritish bo‘yicha Pop va Mingbuloq tumanlarida, rekreatsion resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha Chortoq, Yangiqo‘rg‘on va Kosonsoy tumanlarida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish imkoniyati mavjudligi aniqlangan.