Sherova Dilorom Abdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (Estetika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Fal.194
Ilmiy rahbar: Nishanova Ozoda Djalolitdinovna, falsafa fanlari doktori, donsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Agzamxodjaeva Saida Sabitxanovna, falsafa fanlari doktori, professor; O‘roqova Oysuluv Jamoliddinovna, falsafa fanlari doktori, donsent.
Yetakchi tashkilot: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uyg‘unlikning falsafiy-estetik xususiyatlari hamda uning me’morlik san’atidagi o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
estetik tafakkur tarixida uyg‘unlikning eng asosiy hisoblangan uch turi - matematik, estetik va badiiy turlari mavjud bo‘lganligi ilmiy asoslangan hamda ular bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, murakkab, ba’zan muayyan yaxlitlikni ifodalashi ochib berilgan;
uyg‘unlik mukammallik ramzi sanalishi va shu jihatdan estetik idealga etishishning eng muhim vositasi hisoblanishi, shu bilan birgalikda ziddiyatliklar va aksiluyg‘unlikni (disgarmoniya) inkor etmasligi, aynan uyg‘un va nouyg‘un prinsiplarning kurashuvi natijasida estetikaning boshqa asosiy kategoriyalari – dramatiklik, fojiaviylik, ulug‘vorlikning metodologik prinsipi yuzaga kelishi asoslangan;
me’morlikning rivojlanish xususiyatlari tabiatga daxldorlik, geografik va iqlimiy sharoitlar, landshaft xarakteri, seysmik xavfsizlik, quyosh nurlarining intensivligi hamda sotsial jihatlari, texnikaning, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi; jamiyatning badiiy va utilitar ehtiyojlari, estetik ideallar, ijtimoiy tuzum xarakteriga bog‘liqligi ochib berilgan;
zamonaviy shaharsozlikda uyg‘unlikni rivojlantirishning aqlli boshqaruv, geoaxborot tizimlari, ekologik uyg‘unlik, barqaror energiya manbalari, arxitektura va dizayn, xavfsizlik va barqarorlik, qonunchilik va normativlarni joriy etish, transport infratuzilmasini uyg‘un rivojlantirish kabi mexanizmlari hamda asosiy xususiyatlari (funksional, estetik, ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik, texnologik, madaniy) ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uyg‘unlikning falsafiy-estetik xususiyatlari hamda uning me’morlik san’atidagi o‘rni bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
estetik tafakkur tarixida uyg‘unlikning eng asosiy hisoblangan uch turi - matematik, estetik va badiiy turlari mavjud bo‘lganligi ilmiy asoslangan hamda ular bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, murakkab, ba’zan muayyan yaxlitlikni ifodalashi ochib berilgan ilmiy xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III-yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” 13-bandi “Yangi ma’naviy makonni shakllantirishning dolzarb masalalari, bu borada ma’rifatparvar, ziyolilar, davlat va jamoat faollarini birlashtirish hamda “Yangi O‘zbekiston orzusi”ni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024 yil 29 iyuldagi 10/31-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar targ‘ibot ishlarining ilmiy saviyasi hamda samaradorligini oshirish imkonini bergan;
uyg‘unlik mukammallik ramzi sanalishi va shu jihatdan estetik idealga etishishning eng muhim vositasi hisoblanishi, shu bilan birgalikda ziddiyatliklar va aksiluyg‘unlikni (disgarmoniya) inkor etmasligi, aynan uyg‘un va nouyg‘un prinsiplarning kurashuvi natijasida estetikaning boshqa asosiy kategoriyalari – dramatiklik, fojiaviylik, ulug‘vorlikning metodologik prinsipi yuzaga kelishiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 7-dekabrdagi 648-sonli buyrug‘iga asosan nashr etilgan “Etnomadaniyat” nomli o‘quv qo‘llanmada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 23 oktyabrdagi 4/17-4/4-9508-sonli ma’lumotnomasi). Dissertatsiya ilmiy natijalaridan foydalanilishi o‘quv qo‘llanmani uyg‘unlik, go‘zallik, fojiaviylik, ulug‘vorlik haqidagi ilmiy fikrlar, g‘oyalar bilan boyishiga xizmat qilgan;
me’morlikning rivojlanish xususiyatlari tabiatga daxldorlik, geografik va iqlimiy sharoitlar, landshaft xarakteri, seysmik xavfsizlik, quyosh nurlarining intensivligiga hamda sotsial jihatlari, texnikaning, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi; jamiyatning badiiy va utilitar ehtiyojlari, estetik ideallar, ijtimoiy tuzum xarakteriga bog‘liqligiga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabida pedagog xodimlar va o‘quvchilar ishtirokida o‘tkazilgan “Uyg‘unlikning falsafiy-estetik xususiyatlari” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirda foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2024 yil 31 oktyabrdagi 01-17/825-1564-sonli ma’lumotnomasi). Dissertatsiya ilmiy xulosalaridan amaliyotda foydalanish tadbir ishtirokchilarini me’morlik san’atiga oid nazariy bilimlarni egallashlariga xizmat qilgan;
zamonaviy shaharsozlikda uyg‘unlikning ishtiroki muhimligi, urbanizatsiya taraqqiyoti har bir muayyan hududda insonning milliy-mintaqaviy yashash sharoiti bilan uyg‘unlashtirilishi, me’morlik komplekslari loyihalarining qat’iy tarzda landshaft dizayni asosida yaratilishi lozimligiga oid ilmiy asoslangan taklif-tavsiyalardan Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi faoliyatida foydalanilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 20-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 36-son Qarorining 2-bandida Markazning asosiy vazifalari sifatida belgilangan oliy va professsional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilarining madaniy meros ob’ektlariga turistik tashriflarini tashkil etish bilan bog‘liq chora-tadbirlar mazmunini shakllantirishda dissertatsiya natijalaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazining 2024 yil 11-iyuldagi 01/03-95-sonli ma’lumotnomasi). Dissertatsiya natijalaridan amaliyotda foydalanilganligi oliy va professional ta’lim tizimida estetik ijodkorlikka yo‘naltirilgan ijodiy loyihalar, festivallarni ilmiy asoslangan samarali shakllarini tashkil etish imkonini bergan.