Ilhomjonov Lutfulla Sultanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘afur G‘ulomning ijtimoiy-falsafiy qarashlari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Fal249
Ilmiy rahbar: Saifnazarov Ismoil Saifnazarovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Nasiba Bo‘ronovna falsafa fanlar doktori (DSc), dotsent; To‘ychieva Sayyora Suyarqulovna, falsafa fanlar doktori (DSc), professor
Yetakchi tashkilot: Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi. G‘afur G‘ulomning ijtimoiy-falsafiy qarashlarini o‘zbek xalqi madaniyati, qadriyatlari, axloqiy qarashlari tizimida ko‘rib chiqish, mutafakkir ilgari surgan g‘oyalarning falsafiy ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
G‘afur G‘ulomning ijodida maʼnaviy va ijtimoiy borliq shakliga asoslanuvchi falsafiy kategoriyalarni badiiy ifodalash bevosita inson va jamiyatni o‘zaro dialektik tarzda makon va zamon, sabab va oqibat, mazmun va shakl singari falsafiy elementlarni aniq va ta’sirli aks ettirganligi yoritib berilgan;
G‘afur G‘ulom nasriy asarlarining milliy-ma’naviy tiklanish va yuksalishga etnomadaniy jihatdan ta’siri, inson falsafasi va shaxs ma’naviy kamolot muammolariga nisbatan o‘ziga xos yangi talqinni vujudga keltirganligi germenevtik jihatdan asoslangan;
G‘afur G‘ulomning jamiyat ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-axloqiy faoliyatini yuksaltirishga qo‘shgan hissasi uning o‘z davri ruhiyatiga oid chuqur qarashlar, asarlaridagi o‘tkir satiralari vositasida aks ettirilgani hamda jamiyatning barcha sohalarida adolat, haqiqiy insonparvarlikning ta’minlanishi har bir jamiyat a’zosi faol ishtirokchi, yangi tashabbuskori bo‘lishiga bog‘liqligi yoritib berilgan;
G‘afur G‘ulom asarlaridagi falsafiy g‘oyalar milliy-ma’naviy taraqqiyot hamda o‘zbek xalqi madaniyati rivojiga muhim manba sifatida xizmat qilishi vorisiylik va novatorlik asosida yoritib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘afur G‘ulomning ijtimoiy-falsafiy qarashlarini asoslash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari, xususan:
G‘afur G‘ulomning ijodida maʼnaviy va ijtimoiy borliq shakliga asoslanuvchi falsafiy kategoriyalarni badiiy ifodalash bevosita inson va jamiyatni o‘zaro dialektik tarzda makon va zamon, sabab va oqibat, mazmun va shakl singari falsafiy elementlarni aniq va ta’sirli aks ettirganligi taklifidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “G‘afur G‘ulom: tanlangan asarlar” kitobini nashr etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 15-yanvardagi 01-03/51-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar yosh ijodkorlarning G‘afur G‘ulom asarlarida hayot haqiqatlari bayon etilganligini tushunishga xizmat qilgan;
G‘afur G‘ulom nasriy asarlarining milliy-ma’naviy tiklanish va yuksalishga etnomadaniy jihatdan ta’siri, inson falsafasi va shaxs ma’naviy kamolot muammolariga nisbatan o‘ziga xos yangi talqinni vujudga keltirganligi germenevtik jihatlaridan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligini G‘afur G‘ulom uy-muzeyi tomonidan “Faylasuf adib (Esselar, maqolalar)” nomli kitobini nashr etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024-yil 30-yanvardagi 02-25/308 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyadagi ilmiy-nazariy xulosalardan Madaniy meros agentligining amaliy faoliyatida keng foydalanilgan. Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi tufayli G‘afur G‘ulomning ijtimoiy-ma’rifiy va falsafiy, axloqiy qarashlari tuli millat va elatlar o‘rtasida bag‘rikenglik va hamjihatlikka doir g‘oyalari amaliy tadbirlarning yuqori saviyada o‘tkazilishiga asos sifatida xizmat qilgan;
G‘afur G‘ulomning jamiyat ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-axloqiy faoliyatini yuksaltirishga qo‘shgan hissasi uning o‘z davri ruhiyatiga oid chuqur qarashlari asarlaridagi o‘tkir satiralari vositasida aks ettirgani hamda jamiyatning barcha sohalarida adolat, haqiqiy insonparvarlikning ta’minlanishi har bir jamiyat a’zosi faol ishtirokchi, yangi tashabbuskori bo‘lishiga doir xulosalardan O‘zMTRKning “Yoshlar” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot” radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRKning “Yoshlar” teleradiokanali aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 26-yanvardagi 14-01-17-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotchi tomonidan bildirilgan ilmiy xulosalari o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash zarurligiga, yoshlarda o‘zlikni anglash ko‘nikmalarini shakllantirishga, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan;
G‘afur G‘ulom asarlari va falsafiy g‘oyalari milliy-ma’naviy taraqqiyot va o‘zbek xalqi madaniyati rivojiga muhim manba bo‘lib xizmat qilishi vorisiylik va novatorlik asosida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” 13-bandi “Yangi ma’naviy makonni shakllantirishning dolzarb masalalari bu borada ma’rifatparvar, ziyolilar, davlat va jamoat faollarini birlashtirish hamda “Yangi O‘zbekiston orzusi”ni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 30-yanvardagi № 42-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalarning amaliyotga tadbiq etilishi, mahallalarda o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda, xususan, aholi o‘rtasida milliy-ma’naviy qadriyatlarni asrab-avaylash, o‘zbek milliy madaniyatini yuksaltirish va vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan.