Umurzakov Uyg‘un Abdutalipovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston barqarorligini mustahkamlashning mafkuraviy omillari”, 09.00.06 – G‘oyalar tarixi va metodologiyasi  (falsafa fanlari)/
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fal782.
Ilmiy rahbar: Shermuxamedova Niginaxon Arslonovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.14. 
Rasmiy opponentlar: Tulenova Gulmira Jandarovna, falsafa  fanlari doktori, professor;   
Namozov Bobur Baxrievich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekiѕtonning barqaror taraqqiuotga eriѕhiѕh yo‘naliѕhlarini taѕhiflaѕh va ularning milliy g‘ouaga iѕhonsh ruhini muѕtahkamlaѕh omili ѕifatidagi ahamiuatini aѕoѕlaѕhdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mafkuraviy barqarorlikga erishish yo‘lidagi halqaro hamkorlikni takomillashtirish, mamlakatlararo o‘zaro tovar ayirboshlash, qo‘shma korxonalarda ishlab chiqarish sur’atlarining oshirilishining ijtimoiy ahamiyati kambag‘allikka qarshi kurash va ishsizlar sonining kamayishi, Yangi O‘zbekistondagi islohotlarning halqaro jamoatchilik tomonidan tan olinishiga sabab bo‘layotganligi ochib berilgan; 
Yangi O‘zbekistonda mudofaa qudratini mustahkamlash uchun bu sohani raqamlashtirish, avtomatlashtirish va harbiy kadrlarning sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanishi uchun sharoitlarning yaratilishi Yangi O‘zbekistonda tinchlikni saqlashning kafoloti va barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishish omili ekanligi asoslangan;
kiber makondagi kiber zo‘ravonlik, kvazibilimlarning tarqalishiga qarshi bilimning kuchi bilan javob berish uchun ta’lim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirishning yuksak ma’naviyatli yangi avlodni tarbiyalash omili ekanligi ochib berilgan;
fuqarolarning ijtimoiy himoyasini tizimli tashkil etish, ularning mehnat qilishi, dam olishi, ta’lim olishi uchun sharoitlarning yaratilishi Yangi O‘zbekiston barqarorligini mustahkamlash omili va kelajakga ishonch ruhini tarbiyalash vositasi sifatida amal qilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiѕton barqarorligini muѕtahkamlaѕhning mafkuraviy omillarini aѕoѕlariga doir ilmiy tadqiqotning quyidagi natijalari amaliyotga joriy qilingan:
mafkuraviy barqarorlikga erishish yo‘lidagi halqaro hamkorlikni takomillashtirish, mamlakatlararo o‘zaro tovar ayirboshlash, qo‘shma korxonalarda ishlab chiqarish sur’atlarining oshirilishining ijtimoiy ahamiyati kambag‘allikka qarshi kurash, ishsizlar sonining kamayishi, Yangi O‘zbekistondagi islohotlarning halqaro jamoatchilik tomonidan tan olinishiga sabab bo‘layotganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining halqaro tashkilotlar bilan ishlash va xorij davlatlaridagi o‘zbek diasporalari bilan hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha konferensiya, seminar, davra suhbarlari, shuningdek madaniy-gumanitar sohalardagi tadbirlar va dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2024-yil 16-fevraldagi   14-07-273-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar, qo‘mita a’zolarining halqaro hamkorligini takomillashtirish, milliy yo‘naltirilgan tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish, xorij davlalarida faoliyat olib borayotgan fuqarolar ongiga O‘zbekistondagi barqaror taraqqiyotga erishish yo‘lida olib borilayotgan islohotlarning mohiyatini etkazishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda mudofaa qudratini mustahkamlash uchun bu sohani raqamlashtirish, avtomatlashtirish va harbiy kadrlarning sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanishi uchun sharoitlarning yaratilishi Yangi O‘zbekistonda tinchlikni saqlashning kafoloti va barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishish omili ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Harbiy kadrlarni tayyorlash boshqarmasining mudofaa tizimini raqamlashtirish va avtomatlashtirishga erishish, su’niy intellektdan foydalanuvchilarga sharoit yaratishga oid tizimli faoliyatni tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Harbiy kadrlarni tayyorlash boshqarmasining 2024- yil  16-fevraldagi 10/373-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy ta’lim muassasalari kursant va tinglovchilari bilan o‘quv tarbiyaviy jarayonidagi o‘quv-uslubiy mashg‘ulot va ilmiy tadbirlarni tashkil etish, ular ongida sun’iy intellektdan foydalanishning mudofaa qudratini oshirishdagi ahamiyatini tushuniga xizmat qilgan; 
kiber makondagi kiber zo‘ravonlik, kvadrober o‘yinlari, kvazibilimlarning tarqalishiga qarshi bilimning kuchi bilan javob berish uchun ta’lim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirishning  yuksak ma’naviyatli yangi avlodni tarbiyalash omili ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi shaxsiy tarkibi va yoshlar bilan tarbiyaviy ishlarni tizimli tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining   2024-yil  6-martdagi  1/1-1790 sonli ma’lumotnomasi). Natijalar Milliy gvardiya tomonidan o‘tkazilgan barcha jamoat tadbirlarida, xususan 2023-2024 yillarda “Harbiy vatanparvarlik targ‘iboti”,  “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” va boshqa loyihalar doirasida turli darajadagi tadbirlarni tashkil etishga xizmat qilgan;
fuqarolarning ijtimoiy himoyasini tizimli tashkil etish, ularning mehnat qilishi, dam olishi, ta’lim olishi uchun sharoitlarning yaratilishi yangi O‘zbekiston barqarorligini mustahkamlash omili va kelajakga ishonch ruhini tarbiyalash vositasi sifatida amal qilishiga oid xulosalardan O‘zbekiѕton Milliy teleradiokomraniyasi “O‘zbekiston” tederadiokanali DM tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarning daѕturlarini iѕhlab shiqiѕhda foydalanilgan (O‘zbekiѕton Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tederadiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 14-fevraldagi 04-36-229-ѕonli ma’lumotnomaѕi). Natiјalar “O‘zbekiston tederadiokanali” DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlari hamda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarga oid boshqa ko‘rsatuvlarni tayyorlashga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish