Amirov Tursoat Jummaevichning

dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida

falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston sharoitida ekspluatatsiyasi uchun yo‘lbop og‘ir betonni qo‘llash asoslari», 05.09.05 – «Qurilish materiallari va buyumlari» (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T423.

Ilmiy rahbar: Adilxodjaev Anvar Ishanovich, texnika fanlari doktori, professor.

Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Samarqand Davlat arxitektura-qurilish instituti va Namangan muhandislik-qurilish instituti, DSc.27.06.2017.T.11.01.

II. Tadqiqotning maqsadi: xlorli tuzlar ta’siridagi yo‘lbop beton va temirbeton buyumlarini past haroratlarda korroziyadan himoyalash usullarini yaratishdan  iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor beton va temirbeton buyumlarini xlorsul`fatlangan polietilen va  modifikator sifatida mochevina va ortofosforli kislotadan iborat kompozisiyadan foydalanib korroziyadan himoyalash usuli yaratilgan;

ilk bor beton va temirbeton buyumlarini xlorsul`fatlangan polietilen va  modifikator sifatida epoksid smolasi va polisul`fidli kauchukdan iborat kompozisiyadan foydalanib korroziyadan himoyalash usuli yaratilgan;

gliserin bilan xlorsul`fatlangan polietilen asosidagi kompozisiya-elim (2 ta tarkibda) surkalganda sarf me’yorlariga bog‘liq ravishda beton namunalari mustahkamligi va muzlashga chidamliligi tajribaviy usulda aniqlangan;

mahalliy xomashyolar asosida xlorli tuzlar ta’siriga chidamli kompozisiyalarni tayyorlash texnologiyasi ishlab chiqilgan.

IV. Ixtiroga patenti: «Beton va temirbeton buyumlarini himoyalash usuli»ga berilgan ixtiro patentiga (№IAP 05604) O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2018 yil 18 iyuldagi 02-11/1909-son xulosasi;

«Beton va temirbeton buyumlarini himoyalash usuli»ga berilgan ixtiro patentiga (№IAP 05605) O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2018 yil 18 iyuldagi 02-11/1908-son xulosasi.

V.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Mahalliy xomashyolar asosida xlorli tuzlar  va past harorat ta’siridagi yo‘lbop beton va temirbeton buyumlarini himoyalash usullarini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

beton va temirbeton buyumlarini korroziyadan himoyalash usullari uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga oid patentlari olingan (“Beton va temirbeton buyumlarini himoyalash usuli” №IAP 05604, 2018 y va “Beton va temirbeton buyumlarini himoyalash usuli” №IAP 05605, 2018 y.). Natijada beton va temirbeton buyumlarining mustahkamligi va muzlashga chidamliligini 1,2 barobar oshirish imkoni yaratilgan;

beton va temirbeton buyumlarini xlorsul`fatlangan polietilen asosida olingan kompozisiyalar bilan korroziyadan himoyalash usullari “Avtomobil` yo‘llari davlat qo‘mitasi” tasarrufidagi korxonalarda, xususan “Qamchiqavtoyo‘l” IYFK va Bo‘stonliq TYFUK da joriy etilgan (Avtomobil` yo‘llari davlat qo‘mitasining 2018 yil 9 avgustdagi 03/4198-4450-son ma’lumotnomasi). Natijada tog‘li joylardan o‘tgan avtomobil` yo‘llarida qo‘llanilgan kompozisiyalar asosida yo‘lbop beton va temirbeton buyumlarining xizmat muddatlarini 3-5 yildan 15-20 yilgacha oshirish imkonini bergan;

xlorsul`fatli polietilen asosidagi kompozisiyalardan foydalanib beton va temirbeton buyumlarini xlorli tuzlar ta’siridagi korroziyalanishdan himoyalash usullari Avtomobil` yo‘llari davlat qo‘mitasi tasarrufidagi “Shahar markaziy yo‘llar va sun’iy inshotlarni saqlash, foydalanish va ta’mirlash boshqarmasi”ga joriy etilgan (Avtomobil` yo‘llari davlat qo‘mitasining 2018 yil 9 avgustdagi 03/4198-4450-son ma’lumotnomasi). Natijada beton va temirbeton buyumlari sirtida tiniq, elastik yaltiroq parda hosil qilinib, shahar markaziy ko‘chalarini saqlash va ta’mirlash uchun ajratilgan yillik xarajatlarni 10%ga tejab, materiallar sarfini 2 barobar kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish