Yusupova Dildora Dilshatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yaqin Sharq va Turkiston falsafiy-mafkuraviy ta’limotlarining konseptual tahlili (XIX asr oxiri – XX asr boshlari)”, 09.00.03 – Falsafa tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Fal90
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08. 
Ilmiy maslahatchi: Madaeva Shaxnoza Omonullaevna, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor; To‘raev Baxtiyor Omanovich, falsafa fanlari doktori, professor; Jo‘raev Narzulla Qosimovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Yaqin Sharq va Turkistonda XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi falsafiy-mafkuraviy ta’limotlarning falsafiy xususiyatlari hamda o‘zbek jamiyatidagi transformatsiyasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
panislomizm va panturkizm mafkuralarining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi tarixiy ildizlari asosida globalizm, siyosiy islom, milliy uyg‘onish kabi sinkretlashgan ko‘rinishga ega zamonaviy qiyofasi, global kuchlarga xizmat qilish, yoshlarni radikal g‘oyalarga ergashtirish kabi maqsad va yo‘nalishlarga moslashtirilgan holda taraqqiy etish natijasida yoshlar tafakkuriga milliy va diniy identiklikning torayishi, mafkuraviy bog‘liqlik kabi omillar orqali salbiy ta’sir etishi dalillangan; 
“panislomizm” mafkurasining XXI asrda ekstremistik ruhdagi “neopanislomizm” ta’limotini o‘zida aks ettirganligi, radikal xarakterdagi guruhlarning mafkuraviy quroliga aylanganligi hamda uning progressiv falsafiy ta’limotdan ekstremistik, radikal ta’limotga aylanib ketishida geosiyosiy (ikkiyoqlama siyosat), ijtimoiy-psixologik (iqtisodiy qiyinchilik, diniy savodsizlik) va axborot-media omillar (radikal kontentning tarqalishi, mafkuraviy targ‘ibot) kabi sabablari va transformatsion, radikallashuv, mafkuraviy vakuum, sinkretizm kabi tamoyillari aniqlashtirilgan;
Yaqin Sharq mamlakatlarida diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmni vujudga keltirgan (islomning siyosiylashuvi, islomofobiya, “Arab bahori”, desekulyarizatsiya) jarayonlarning O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotiga ideologik migratsiya, “yumshoq kuch” orqali ideologik infiltratsiya, madaniy-diniy rezonans orqali sekulyar davlat modeliga, diniy bag‘rikenglik siyosatiga, ekstremistik oqimlarga nisbatan qat’iy kurash milliy strategiyasiga ta’siri ochib berilgan;
Yaqin Sharq mamlakatlarida diniylik (diniy amaliyotga e’tibor kamayganligi, reislamizatsiyaning kuchayganligi) va dunyoviylik tendensiyalarining namoyon bo‘lish shakllari va o‘zgarib turishi “Arab barometri”ning hududiy (diniy identitet, diniy siyosat), mafkuraviy (birlashtirish, hamjihatlik), metodologik (diniy dunyoqarash o‘zgarishi) mezonlari asosida ochib berilgan hamda panislomizm va panturkizm mafkuralarining ijtimoiy muhitga mafkuraviy moslashuv (mustamlakachilikka qarshi kurash), dinamiklik (vaqt va siyosiy jarayonlarga qarab o‘zgaruvchanlik), sezgirlik (diniy-madaniy, geosiyosiy xavf) tamoyillari asosida dialektik aloqadorligi asoslab berilgan; 
zamonaviy O‘zbekistonda din omili dunyoviy davlatning demokratiya, erkinlik, tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik kabi meyorlariga ta’sir ko‘rsatish kuchi hamda din va davlat munosabatida “dunyoviy davlat”ning totuvlikda yashash, barqaror muhitni, vijdon erkinligini ta’minlash modelini rivojlantirish zarurati sekulyarizm tamoyillari (dunyoviy qonunlarga tayanish, e’tiqod erkinligi, diniy qadriyatlarni jamiyatga integratsiya qilish, ijtimoiy barqarorlikni saqlash) asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yaqin Sharq va Turkiston falsafiy-ideologik ta’limotlarining konseptual tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
panislomizm va panturkizm mafkuralarining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi tarixiy ildizlari asosida globalizm, siyosiy islom, milliy uyg‘onish kabi sinkretlashgan ko‘rinishga ega zamonaviy qiyofasi, global kuchlarga xizmat qilish, yoshlarni radikal g‘oyalarga ergashtirish kabi maqsad va yo‘nalishlarga moslashtirilgan holda taraqqiy etish natijasida yoshlar tafakkuriga milliy va diniy identiklikning torayishi, mafkuraviy bog‘liqlik kabi omillar orqali salbiy ta’sir etishiga doir xulosalar va natijalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturining “VI. Xavfsizlik va aholi muhofazasini kuchaytirish bobi hamda VII. Xalqaro maydonda milliy manfaatlar ustuvorligi” bobining 7.1. “Milliy tashqi siyosat” yo‘nalishida keltirilgan vazifalarni ishlab chiqishda va amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2024-yil 25-dekabrdagi 02/01-77-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiya tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning islom dinining ilm-ma’rifat, ma’naviy poklik, tinchlik-osoyishtalik, taraqqiyot va bunyodkorlikka chaqiruvchi g‘oyalarini xalqqa, ayniqsa, yoshlarga etkazish, mutaassiblik, ekstremizmning maqsadlari, g‘oyaviy negizlari, zamonaviy ko‘rinishlari va faoliyat uslublarini o‘rganish hamda ularga qarshi kurashishning ilmiy-ma’rifiy asoslari bo‘yicha siyosiy bilimlarini oshirishga xizmat qilgan;
“panislomizm” mafkurasining XXI asrda ekstremistik ruhdagi “neopanislomizm” ta’limotini o‘zida aks ettirganligi, radikal xarakterdagi guruhlarning mafkuraviy quroliga aylanganligi hamda uning progressiv falsafiy ta’limotdan ekstremistik, radikal ta’limotga aylanib ketishida geosiyosiy (ikkiyoqlama siyosat), ijtimoiy-psixologik (iqtisodiy qiyinchilik, diniy savodsizlik) va axborot-media omillar (radikal kontentning tarqalishi, mafkuraviy targ‘ibot) kabi sabablari va transformatsion, radikallashuv, mafkuraviy vakuum, sinkretizm kabi tamoyillariga doir ilmiy yangiliklar va xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan AL-442105887-son “Raqamli arxiv: O‘zbekiston Milliy arxivi fondlarining onlayn yoʻl ko‘rsatkichini yaratish” (2022-2023-yy) amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 13-martdagi 04/11-3675- son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda din niqobi ostidagi aqidaparast va ekstremistik guruhlarning buzg‘unchi g‘oyalariga qarshi mafkuraviy immunitetlarini shakllantirishga hamda ularning diniy va dunyoviy bilimlarini oshirishga imkon beruvchi ilmiy bazani boyitishga xizmat qilgan;
Yaqin Sharq mamlakatlarida diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmni vujudga keltirgan (islomning siyosiylashuvi, islomofobiya, “Arab bahori”, desekulyarizatsiya) jarayonlarning O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotiga ideologik migratsiya, “yumshoq kuch” orqali ideologik infiltratsiya, madaniy-diniy rezonans orqali sekulyar davlat modeliga, diniy bag‘rikenglik siyosatiga, ekstremistik oqimlarga nisbatan qat’iy kurash milliy strategiyasiga ta’siriga oid xulosa va umumlashmalardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Terrorizmga qarshi kurashish yo‘nalishidagi hujjatlar ijrosini ta’minlashda hamda vazirlikning targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o‘tkazishda hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining targ‘ibot  faoliyatida, jumladan, 2024-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III-yo‘nalishi “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etish”ga qaratilgan chora-tadbirlarning 18-bandi “G‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning ta’sirini tadqiq qilish, zamonaviy raqamli targ‘ibot texnologiyalarini qo‘llash borasida rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish uchun ilmiy jamoalarni xorijga yuborish yuzasidan takliflar tayyorlash”ga oid targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti Terrorizmga qarshi kurashish xizmatining 2024-yil 14-dekabrdagi 16/T4-15248-son hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 15-yanvardagi 10/12-son ma’lumotnomalari) Natijada, yoshlarda din niqobi ostidagi aqidaparast va ekstremistik guruhlarning buzg‘unchi g‘oyalariga qarshi mafkuraviy immunitetlarini shakllantirishga hamda ularning diniy va dunyoviy bilimlarini yanada oshishiga hamda shaxsiy tarkib bilan o‘tkaziladigan ma’rifat darslarining mazmun-mohiyati boyitilib, ma’rifiy suhbatlarning ta’sirchanlik darajasi yanada oshishiga xizmat qilgan xizmat qilgan; 
Yaqin Sharq mamlakatlarida diniylik (diniy amaliyotga e’tibor kamayganligi, reislamizatsiyaning kuchayganligi) va dunyoviylik tendensiyalarining namoyon bo‘lish shakllari va o‘zgarib turishi “Arab barometri”ning hududiy (diniy identitet, diniy siyosat), mafkuraviy (birlashtirish, hamjihatlik), metodologik (diniy dunyoqarash o‘zgarishi) mezonlari asosida ochib berilgan hamda panislomizm va panturkizm mafkuralarining ijtimoiy muhitga mafkuraviy moslashuv (mustamlakachilikka qarshi kurash), dinamiklik (vaqt va siyosiy jarayonlarga qarab o‘zgaruvchanlik), sezgirlik (diniy-madaniy, geosiyosiy xavf) tamoyillari asosida dialektik aloqadorligi haqidagi ilmiy va amaliy taklif hamda tavsiyalaridan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tizimli ravishda tayyorlanib, turli shakllarda e’lon qilib borilayotgan “Allomalar haqida 10 ta haqiqat” loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2025-yil 3-yanvardagi 02/01-son ma’lumotnomasi). Natijada, yurtimizda islom sivilizatsiyasining rivojlanish bosqichlarini o‘rganish va xalqqa etkazishda, ilmiy-tadqiqot markazi uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishda muhim manbaa bo‘lib xizmat qilgan; 
zamonaviy O‘zbekistonda din omili dunyoviy davlatning demokratiya, erkinlik, tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik kabi meyorlariga ta’sir ko‘rsatish kuchi hamda din va davlat munosabatida “dunyoviy davlat”ning totuvlikda yashash, barqaror muhitni, vijdon erkinligini ta’minlash modelini rivojlantirish zarurati sekulyarizm tamoyillari (dunyoviy qonunlarga tayanish, e’tiqod erkinligi, diniy qadriyatlarni jamiyatga integratsiya qilish, ijtimoiy barqarorlikni saqlash) to‘g‘risidagi ilmiy natijalaridan ’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi faoliyatida, jumladan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 1-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasining 2024-yil 14-dekabrdagi 04/3-D-01-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 1-moddasida O‘zbekiston – “dunyoviy davlat” degan norma mustahkamlanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish