Soliev Zokirxo‘ja Maxmudxo‘jaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tojikiston respublikasi Sug‘d viloyatida turli qishloq xo‘jaligi ekinlarida mahalliy fosforitlarni qo‘llash jihatlari va texnologiyasi”, 06.01.04 - Agrokimyo (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Ilmiy maslahatchi: Asozoda Nurali Maxmadullo, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tojikiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/07.06.2024.Qx.13.03.
Rasmiy opponentlar: Sattorov Jura Sattarovich, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, akademik; Xoshimov Farxod Xakimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Ibragimov Nazirboy Madrimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tojikistonning Sug‘d viloyati sug‘oriladigan tuproqlarida etishtiriladigan asosiy ekinlarda Isfara fosforit unini qo‘llashning samarali usullari va me’yorlarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sug‘d viloyati sug‘oriladigan tuproqlarining fosfat holati baholangan;
Sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarda fosforit unining tuproqdagi harakatchan oziqa shakllari dinamikasi qonuniyatlariga, o‘simliklarning NPK ni iste’mol qilishiga, pomidor hosili va sifatiga ta’siri aniqlangan;
Eskidan sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlarda fosforit unining tuproqdagi NPK harakatchan shakllarining mavsumiy dinamikasi, oziqa moddalar iste’moli, pomidor hosili va sifatiga ta’siri aniqlangan;
Fosforit unining sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarda sabzi hosildorligi va sifatiga ta’siri aniqlangan;
Eskidan sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida o‘simtalar va tuproq bakteriyalari usulida tuproq fosfatlari mobilizatsiyasi o‘rganilgan;
Sug‘oriladigan tuproqlar sharoitida pomidor va sabzida fosforit unini qo‘llashning bioenergetik va agrokimyoviy samaradorligi hisoblangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tojikiston Respublikasining So‘g‘d viloyatida turli qishloq xo‘jaligi ekinlarida mahalliy fosforitlarni qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Qishloq xo‘jalik ekinlari maydonlarida fosforitlarni qo‘llash samaradorligi (Isfara koni misolida)” nomli ilmiy monografiyasida “Fosforitlarni don va sabzavot ekinlari maydonlarida qo‘llash samaradorligi (Isfara koni misolida)” nomli ilmiy monografiyasi Hamro Mukarramov nomli fermer xo‘jaliklarida va TASXNning Isfara tumani bog‘dorchilik va sabzavotchilik instituti tayanch punktida 25 ga va 3 ga maydonda joriy etilgan (Tojikiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 17 oktyabrdagi 4/8-3394-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproqlardan oqilona va samarali foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda ilmiy asoslangan qo‘llanma sifatida xizmat qilgan.
qishloq xo‘jaligi va o‘simlikshunoslikda mahalliy agrokimyoviy xomashyodan samarali foydalanishning ekologik xavfsiz usullari Hamro Mukarramov xo‘jaligi va Isfara tumani TASXN Bog‘dorchilik va sabzavotchilik instituti tayanch punktining 25 gektar va 3 gektar maydonlarida joriy etilgan (Tojikiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 17 oktyabrdagi 4/8-3394-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproqning fosforli holati yaxshilanib, pomidor va sabzidan gektaridan 3,0-4,0 sentner qo‘shimcha hosil olishga erishilgan;
qishloq xo‘jaligi tadbirlari, dehqonchilik va o‘simlikshunoslikda mahalliy agrokimyoviy xomashyodan samarali foydalanishning ekologik xavfsiz usullari universitetning 0,25 gektar tajriba maydonida joriy etilgan (Tojikiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 17 oktyabrdagi 4/8-3394-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproqning fosforli holati yaxshilanib, gektaridan 18,05 sentner qo‘shimcha bug‘doy hosili olishga erishilgan.
“O‘simliklarning o‘sishi va hosildorligini oshirish uchun fosfat mobilizatsiyalovchi bakterial vosita” ixtirosiga 2023 yilda TJ 1363-raqamli patent va guvohnoma olingan (Tojikiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 17 oktyabrdagi 4/8-3394-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi ekinlarini to‘g‘ri joylashtirish, agrotexnologik tadbirlarni ishlab chiqish hamda tuproq unumdorligini saqlash va oshirish imkonini bergan.
    

Yangiliklarga obuna bo‘lish