Utemuratov Najimatdin Asamatdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida bolalarda yoshga oid rivojlanishning geteroxronizmi (7-11 yosh) (bo‘yi, vazni, ketle ko‘rsatkichi va boshqalar)», 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/B611.
Ilmiy rahbar: Matchanov Azat Taubaldievich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti,  PhD.03/29.12.2023.V.20.10.
Rasmiy opponentlar: Qurbanov Shoniyaz, biologiya fanlari doktori, professor; Seytkamalov Xayratdin Maulenovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasining Orolbo‘yi mintaqasida (Mo‘ynoq tumani, Nukus shahri, Ellikqal’a tumani) joylashgan maktab o‘quvchilarida (7-11 yosh) morfo-fiziologik rivojlanish darajasini solishtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Orolbo‘yi mintaqasida (Mo‘ynoq tumani, Nukus shahri, Ellikqal’a tumani) maktab o‘quvchilarida (7-11 yosh) antropomerik ko‘rsatkichlar (tana vazni, bo‘y uzunligi, ko‘krak qafasi aylanasi) ekologik xavf zonasidan uzoqlikda joylashish masofasiga variatsion bog‘liqligi, o‘rtacha qiymatlar bo‘yicha “Z-score”-tahlil (WAZ, HAZ va BAZ), sentil-shkala bo‘yicha jismoniy rivojlanish me’yor diapazonida bo‘lib, respondentlarda ozg‘inlik, ortiqcha vazn, bo‘y pastligi va uzunligi  Mo‘ynoq tumanida Nukus shahri, Ellikqal’a tumaniga nisbatan kamligi isbotlangan;
pine indeksi bo‘yicha har ikkala jins vakillari (7-11 yosh) ektomorf yoki kuchsiz rivojlangan gavda tuzilishiga (gipostenik yoki astenik tip) egaligi (Pine indeksi˃30), Erisman indeksi bo‘yicha har ikkala jins vakillari “manfiy” ishoraga egaligi, bu holat “ko‘krak qafasi o‘lchamlari tor” tip ustuvorligi, noqulay tashqi muhit omillari ko‘krak qafasi, o‘z navbatida respirator tizim morfo-funksional ko‘rsatkichlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi, Pushkarev indeksi asosida Mo‘ynoq tumanida №2-, №3-maktablarda qizlarda 9 yoshda (Pushkarev indeksi=111,76), Nukus shahrida №8-maktabda 11 yoshda (Pushkarev indeksi=113,54) “disgormonik” rivojlanish (me’yordan chetga og‘ish I darajasi/astenik tip), qolgan yosh guruhlarida “uyg‘unlikda rivojlanish” (normostenik/MeS) darajasi aniqlangan;
o‘quvchilarda (7-11 yosh) YuUCh, sistolik/diastolik arterial qon bosimi ko‘rsatkichlari me’yorga nisbatan sezilarli yuqoriligi, bu  holat kardiovaskulyar tizimning noqulay tashqi muhit sharoitida adaptatsiya tipida kompensatsion mexanizmlari amalga oshishi bilan bog‘liqligi, Robinson indeksi asosida energetik almashuv jarayonlari o‘g‘il bolalar va qizlarda (7-10 yosh) umumiy “yaxshi” holatdaligi, Kerdo indeksi tahlili asosida, o‘quvchilarda vegetativ asab tizimi holati to‘liq “simpatikatoniya”, ya’ni simpatik asab tizimi ustuvorligi aniqlangan;
o‘quvchilarida (7-11 yosh) nafas olish tizimi funksional ko‘rsatkichlari (O‘S, HI) tahlili asosida mazkur qiymatlar fiziologik yosh va jinsga bog‘liq dinamik tavsifga egaligi, umumiy holatda me’yor qiymatlaridan pastligi aniqlangan; 
Mo‘ynoq tumanida №2-, №3-maktablar o‘quvchilarida (7-11 yosh) qo‘l kafti kuchi tahlili mazkur ko‘rsatkich fiziologik yosh va jinsga bog‘liq farqlanishi, o‘g‘il bolalarda qizlarga nisbatan yuqoriligi, o‘ng va chap qo‘l kuchi qiymatlari o‘g‘il bolalarda 7 yoshga nisbatan 11 yoshda mos ravishda – 65,74 va 71,23% ga ortishi, qizlarda mos ravishda – 69,11 va 59,31% ga ortishi aniqlangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Orolbo‘yi mintaqasi iqlim-geografik sharoitida maktab o‘quvchilarining jismoniy rivojlanish darajasini monitoring qilish, hududiy standartlarni yaratish yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpogiston Respublikasi sharotida bolalarda yoshga oid rivojlanishning geteroxronizmi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Qoraqalpogiston Respublikasida (Mo‘ynoq tumani, Nukus shahri, Ellikqal’a tumani) joylashgan maktab o‘quvchilarining (7-11 yosh) noqulay ekologik tashqi-muhit sharoitida asosiy antropometrik ko‘rsatkichlarini yoshga, jinsga bog‘liq rivojlanish xususiyatlarini baholash va kariorespirator tizimining funksional holatining hududiy standartlarini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 11 noyabrdagi 01/10726-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston sharoitida maktab o‘quvchilarining (7-11 yosh) jismoniy rivojlanishi va kardiorespirator tizimining funksional holati bo‘yicha hududiy normativlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
maktab o‘quvchilarida (7-11 yosh) konstitusiya tiplarini aniqlash va dinamometriya uslubi asosida geteroxronizmini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgasha va maktab ta’lim vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgasha va maktab ta’lim vazirligining 2023 yil 14 noyavrdagi 02-01/6-4346-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasining noqulay ekologik sharoitlarida bolalarning jismoniy chidamliligi va chiniqish chegaralarini aniqlash maqsadida har xil turdagi sport mashg‘ulotlarini bajarishda kardiorespirator tizim faoliyatining xususiyatlarini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish