Mustanov Odilbek G‘anisherovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Yuk terminallarida transport turlarini logistik faoliyatini muvofiqlashtirish uslubiyatini takomillashtirish”, 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T3513
Ilmiy rahbar: Samatov G‘affor Allakulovich, iqtisod fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.03 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Bazarov Baxtiyor Imomovich, texnika fanlari doktori, professor; Kuziev Abdimurot Urokovich, texnika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax Politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi logistik tizimlarda terminal komplekslarini shakllantirish va ularning transport faoliyatini ratsional tashkil etish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
terminallarda yuklarni qayta ishlash bo‘yicha qaror qabul qilish usuli terminallarining zaif tomonlarini hisobga olgan holda markazlashgan muvofiqlashtirish xizmatini amalga oshirish orqali ishlab chiqilgan;
temir yo‘l va avtomobil transport oqimlarini rejalashtirish va boshqarishni hisobga olgan holda yuk terminallari faoliyatining ratsional parametrlari yuklarni qayta ishlash usuli yordamida aniqlangan;
terminal tizimining kompleks diskret-hodisaviy simulyasiya modeli, ularga avtomobil transport vositalarining kelib-ketish intensivligini hisobga olgan holda yuk oqimlarini boshqarishni optimallashtirish usuli yordamida ishlab chiqilgan;
yuk terminalida inventarizatsiya tashkil etishning matematik modeli, transport turlari logistik faoliyatining muvofiqlashtirilishini hisobga olgan holda zaxiralarni boshqarish usuli yordamida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuk terminallarida transport turlarining logistik faoliyatini muvofiqlashtirish uslubiyatini takomillashtirish ilmiy tadqiqoti bo‘yicha olingan natijalar asosida:
terminallarda yuklarni qayta ishlash bo‘yicha qaror qabul qilish usuli “Temiryoʻlinfratuzilma” AJ da tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024-yil 2-dekabrdagi 2/E1623-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yuklarni qayta ishlash aniqligi va tezligi oshishi logistik xizmatlar sifatini yaxshilashga, etkazib berishning barqarorligi va ishonchliligini ta’minlash uchun xizmat qilishiga olib kelgan;
yuk terminali faoliyatining ratsional parametrlari “Temiryoʻlinfratuzilma” AJ da joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024-yil 2-dekabrdagi 2/E1623-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yuk terminalida yuklarni qayta ishlash jarayonini boshqarish va terminalning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish imkoni yaratilgan.
yuk terminalida inventarizatsiya tashkil etishning matematik modeli “Temiryoʻlinfratuzilma” AJ da joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024-yil 2-dekabrdagi 2/E1623-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, turli senariylarni modellashtirish va o‘zgarishlarning terminal samaradorligiga ta’sirini oldindan baholash imkoni yaratilgan.
inventarizatsiya tashkil etishning matematik modeli “Temiryoʻlinfratuzilma” AJ da joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024-yil 2-dekabrdagi №2/E1623-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yuklarning hisobini aniqligini oshirish va ularni o‘z vaqtida etkazib berishni ta’minlashga erishilgan.