To‘raxanov Safarali Ibrohimovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘z-o‘zidan zichlashuvchi keramzitbetonning tarkibi va xossalari”, 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari” (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4775
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kamilov Xabibilla Xamidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, DSc.26/30.12.2019.T.11.01
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Saidaglam Agloevich, texnika fanlari doktori, professor; Axmedov Sulton Ilyosovich – texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilaridan foydalanib o‘z-o‘zidan zichlashuvchi keramzitbetonning tarkiblarini ishlab chiqish va xossalari tadqiq etishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
superplastifikatorli «portlandsement-mineral qo‘shimcha- superplastifikator-suv» tizimi asosidagi sun’iy toshdagi bog‘lovchining gidratatsiyalanish darajasi (0,656) superplastifikatorsiz namunanikiga nisbatan past bo‘lishi (0,673) aniqlangan;
PR-196 superplastifikatorining ta’sir qilish mexanizmi va Pauers formulalari asosida hamda bog‘lovchining gidratatsiyalanish darajasini hisobga olgan xolda «portlandsement-pusolan qo‘shimcha– superplastifikator-suv» tizimi asosidagi sun’iy tosh g‘ovaklaridagi gel miqdori, gelning g‘ovakligi va geldagi suv miqdori aniqlangan;
Sa(OH)2ning yutilishini aniqlash orqali keramzit to‘ldiruvchining putsolan faollikga ega ekanligi (70 mg/g) isbotlangan;
avvaldan suvga to‘yintirib olingan keramzit to‘ldiruvchisidan foydalanish orqali ananaviy usulda tayyorlanadiganga nisbatan beton mustahkamligini 33% ga oshirishga erishilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘z-o‘zidan zichlashuvchi keramzitbetonning tarkibi va xossalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘z-o‘zidan zichlashuvchi keramzitbetonlarning ishlab chiqilgan tarkiblari “Aysel Inshaat” MChJ QKda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 13-yanvardagi 20-06/407 son ma’lumotnomasi). Natijada siqilishdagi mustahkamligi 55 MPa bo‘lgan o‘z-o‘zidan zichlashuvchi engil keramzitbeton olishga erishilgan;
o‘z-o‘zidan zichlashuvchi keramzitbetonlarning ishlab chiqilgan tarkiblari “UNIO GROUP” MChJ XKda joriy qilingan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2025 yil 5-fevraldagi 02-15/354 son ma’lumotnomasi). Natijada 150 kg sement sarfi va kimyoviy, mineral qo‘shimchalarni optimal nisbatlari orqali yoyiluvchanligi 74,5 sm bo‘lgan keramzitbeton qorishmasi va 28 sutkalik mustahkamligi 34,14 MPa bo‘lgan o‘z-o‘zidan zichlashuvchi keramzitbeton olishga erishilgan.