Shamiev Murat Fixratovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uzlyuksiz va davriy harakatlanuvchi mexanizmlar uchun energosamarador asinxron elektr yuritmalar”, 05.05.02 – “Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar.”  (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3147.
Ilmiy rahbar: Pulatov Abror Obidovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dosent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Bobojanov Maxsud Qalandarovich, texnika fanlari doktori, professor; Ishnazarov Oybek Xayrilaevich, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universtiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ishga tushirish va boshqarishning genetik algoritmi asosida uzlyuksiz va davriy harakatlanuvchi mexanizmlar uchun energiya samarador asinxron elektr yuritmani ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
asinxron elektr yuritmaga berilayotgan kuchlanishning optimal qiymatini ta’minlash hisobiga aktiv quvvat isteʼmolini kamaytirish, energiya va resurs tejash imkonini beruvchi energiya samarador asinxron elektr yuritma ishlab chiqilgan;
asinxron elektr yuritmani ishga tushirish tokini o‘zgarishi sharoitida aktiv quvvat sarfi minimalligini ta’minlashni hisobga olib, genetik algoritm yordamida stator toki va chiqish kuchlanishini boshqarish usuli va algoritmi ishlab chiqilgan; 
ishga tushirish vaqti va toki bo‘yicha chegaraviy shartlarni kiritish asosida  kuchlanishning turli shakllari va qiymatlarida asinxron elektr yuritmaning dinamik rejimlarini tadqiq qilish imkonini beruvchi matematik model takomillashtirilgan;
asinxron elektr yuritma yuklamasining o‘zgarishiga mos bo‘lgan kuchlanishni samarali rostlash asosida foydali ish koeffisientini yuqori qiymatlarini ta’minlaydigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uzlyuksiz va davriy harakatlanuvchi mexanizmlari uchun energiya samarador asinxron elektr yuritmalar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida quyidagi natijalarga erishildi:
energiya samarador asinxron elektr yuritma uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk markazining ixtiro patenti olingan (Asinxron elektryuritma, IAP 7649, 19.03.2024 yil). Natijada, asinxron elektr yuritmada aktiv quvvat isteʼmolini yillik 12% ga kamaytirish va umumiy energo-resurs samaradorligini 6-8% ga oshirish imkoniyati yaratilgan;
foydali ish koeffisientini yuqori qiymatlarini ta’minlaydigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi “Shovot-1” nasos stansiyasidagi umumiy quvvati 320 kVt bo‘lgan nasos agregatida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligi 2025-yil 8- yanvardagi 02/07-101 soni maʼlumotnomasi). Natijada, nasos stanisiyasi va energiya tejovchi elektr motorlarning silliq ishga tushirilishi hamda taʼmirlash ishlarisiz, uzlyuksiz ishlashini taʼminlash davomida, elektr energiyasi isroflarini kamaytirish va elektr yuritmalarni ishlash muddatini oshirish hisobiga bir yillik iqtisodiy samaradorlik 200 600 000 ming so‘mni tashkil etgan;
stator toki va chiqish kuchlanishini boshqarish usuli va algoritmi «Jizzax akkumulyator zavodi» AJ da o‘rnatilgan 160 kVt quvvatli kompressor qurilmasida joriy qilingan («Jizzax akkumulyator zavodi» AJning 2024-yil 14-dekabrdagi №19-07/283 maʼlumotnomasi). Natijada, ishga tushirish tokini 13-15% ga kamaytirish hisobiga 195 800 000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish