Abduvalieva Xulkaroy Lutfulla qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek xalq hunarmandchiligiga xos leksik birliklarning lingvomadaniy va lingvopragmatik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2090.
Ilmiy rahbar: Abduvaliev Maxamatjon Arabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori, professor; Sobirova Ra’no Xakimovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi hunarmandchilik sohasiga oid terminlarning struktural-semantik, lingvokulturologik va lingvopragmatik jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillari hunarmandchilik terminologiyasi mustaqil terminologik tizim sifatida diaxron va sinxron aspektda chog‘ishtirilgan, leksik birliklarning o‘ziga xos tarixiy-etimologik xususiyatlari ochib berilgan, ularning semantik ko‘rinishidagi siljishlar, yangilanishlar aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida hunarmandchilik sohasiga oid terminlarning affiksal, morfem-morfologik, semantik, funksional va sintaktik usulda yasalishi asoslab berilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida hunarmandchilik sohasiga oid terminlarning o‘ziga xos markerlari, diskursda pragmalingvistik voqelanishi va tarixiy shakllanishi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillari hunarmandchilik sohasiga oid terminlarining hozirgi bosqichdagi holati, ushbu soha terminologiyasining ichki va tashqi omillar hisobiga boyish yo‘llari isbotlangan hamda o‘zlashma qatlamning miqdoriy ko‘rsatkishlari aniqlangan, ingliz va o‘zbek tillaridagi hunarmandchilik sohasiga oid terminlar frazeologik birliklarda qo‘llanilishining lingvomadaniy xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek xalq hunarmandchiligiga xos leksik birliklarning lingvomadaniy va lingvopragmatik tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek xalq hunarmandchiligiga xos leksik birliklarining paydo bo‘lish va shakllanishi jarayonlari xilma-xilligi va bu holatga har bir tilning tarixiy rivojlanish jarayonlari va chog‘ishtirilayotgan tillarda hunarmandchilikning fan sifatida rivojlanishiga bog‘liq ekanligiga doir xulosalardan Qarshi davlat universitetida 2021-2023-yillarga mo‘jallangan SUZ-800-21-GR3181 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro loyihasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2024-yil 29-yanvardagi 01-03\260-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy xulosalarning qo‘llanilishi ilmiy-metodik tavsiyalar asosida dastur va ishlanmalarning takomillashuviga xizmat qildi;
chog‘ishtirilayotgan tillarda xalq hunarmandchiligiga xos leksik birliklarning asosiy shakllanish manbai va ajralmas qismi bo‘lib o‘zlashgan so‘zlar, baynalmilal so‘zlar hamda kalkalangan til birliklari xizmat qilishi aniqlanganligiga doir xulosalardan Evropa ittifoqining Erasmus+ dasturi 58545-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational linguistics at Central Asian universities” grant loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 29- maydagi 1122/02- son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy ishda xalq hunarmandchiligiga xos leksik birliklarning struktur va semantik jihatlari bilan birgalikda, lingvomadaniy va lingvopragmatik xususiyatlari chog‘ishtirma – antropotsentrik tahlili natijasida aniq ma’lumotlar qo‘llanilgan.
Tadqiqot natijalari va materiallaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta'lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli eshittirishlarida (2024- yil yanvar va fevral oylari) foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 05-fevraldagi 04-36-176-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek xalq hunarmandchiligiga xos leksik birliklarni bir mazmuniy maydon sifatida jamlash, ingliz va o‘zbek tili so‘z boyligi tarkibida tutgan o‘rnini aniqlash hamda lingvomadaniy va lingvopragmatik xususiyatlari ochib berilishi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor berilgan.