Rajapova Malika Axmadali qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Badiiy matnda qo‘llanuvchi allegorik vositalarning lingvokulturologik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik. (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4884.
Ilmiy rahbar: Ganieva Dildoraxon Azizovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa  nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti PhD.03/04.06.2021.Fil.l32.01 
Rasmiy opponentlar: Sh.Sh. Xushmurodova filologiya fanlari doktori, dotsent; D.A. Nabieva, Filologiya fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillar instituti. 
 Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi badiiy matnlarda qo‘llanuvchi allegorik vositalarning lingvokulturologik xususiyatlarini chog‘ishtirma aspektda tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:olamning lisoniy milliy-madaniy manzarasida turli tizimli tillar allegorik konsepti, ularning universal tabiati, assosiativlik xususiyati, til va madaniyat umumiy semantik mexanizmlarining allegorik vositalar orqali ifodalanishi, badiiy matnda lingvokulturologik va semiotik aspektda ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida dalillanilishiga erishilgan;
qiyos uchun tortilgan tillarga mansub badiiiy matnlarda qo‘llanilgan allegoriya, o‘xshatish, majoz, metafora kabi tasviriy vositalarning o‘xshash va farqli jihatlarining semantik-tipologik tahlili, tanlangan tillar doirasida lingvomadaniy meyorlarning amaliy ifodasi, allegorik birliklarning badiiy matnda milliy-madaniy kodlashtirilishida struktur-semantik uyg‘unlashuv hamda differensial xususiyatlari asoslangan;
allegorik vositalar ingliz va o‘zbek tillari so‘zlashuv va publisistik uslublari doirasida emotsional-ekspressiv tavsiflangan, badiiy obrazlar, voqea-hodisalar hamda timsollarning o‘quvchi yoki tinglovchiga bevosita emas, balki tasvir vositalari yordamida bilvosita ta’sir etuvchi ko‘chimlarning o‘ziga xos mezonlari aniqlanib, lingvopoetik  birliklarning semantik yuklamalar hosil qilishi ilmiy-amaliy isbotlangan;
uslubiy vosita sifatida allegoriyaning milliy markerlangan madaniy model ko‘rinishida til tizimida namoyon bo‘lishi Jorj Oruellning “Animal farm”, Gulxaniyning “Zarbulmasal” asarlari, shuningdek, “Ur to‘qmoq” va “A good story” ertaklarining chog‘ishtirma tahlillari asosida lingvokulturologik nuqtayi nazardan o‘rganilgan, har ikki milliy mentallik allegorik obrazlar orqali amalga oshirilgan,  “dasturxon” va “table” konseptlarining madaniy ahamiyati, o‘xshashi va farqlanishi bilan birga, “Animal farm” asarida totalitarizm tanqid qilingan, “Zarbulmasal”dagi didaktik g‘oyalarga muvofiq, insonning jamiyatdagi o‘rni va axloqiy qadriyatlarini yoritishga qaratilganligi keltirilgan misollar yordamida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ingliz va o‘zbek tillaridagi badiiy matnda qo‘llanadigan allegorik vositalarning lingvokulturologik xususiyatlarini qiyoslab o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
olamning lisoniy milliy-madaniy manzarasida turli tizimli tillar allegorik konsepti, ularning universal tabiati, assosiativlik xususiyati, til va madaniyat umumiy semantik mexanizmlarining allegorik vositalar orqali ifodalanishi, badiiy matnda lingvokulturologik va semiotik aspektda ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida dalillangani bo‘yicha olingan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2020-2022-yillarda bajarilgan AM-F3-2019080172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2024-yil 29-iyun №04/1-1710 ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallari mukammallashtirilgan va ilmiy-amaliy dalillar bilan boyitilgan;
qiyos uchun tortilgan tillarga mansub badiiiy matnlarda qo‘llanilgan allegoriya, o‘xshatish, majoz, metafora kabi tasviriy vositalarning o‘xshash va farqli jihatlarining semantik-tipologik tahlili, tanlangan tillar doirasida lingvomadaniy meyorlarning amaliy ifodasi, allegorik birliklarning badiiy matnda milliy-madaniy kodlashtirilishida struktur-semantik uyg‘unlashuv hamda differensial xususiyatlari asoslanganligi bo‘yicha materiallardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasi “Ma’daniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” dasturlari ssenariyalarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 4-iyundagi 04-36-732-son raqamli ma’lumotnoma). Natijada barkamol shaxsni tarbiyalash va ular ongiga milliy mustaqillik g‘oyasini singdirish masalalarida muhim asos bo’lib  xizmat qilgan;
allegorik vositalar ingliz va o‘zbek tillari so‘zlashuv va publisistik uslublari doirasida emotsional-ekspressiv tavsiflangan, badiiy obrazlar, voqea-hodisalar hamda timsollarning o‘quvchi yoki tinglovchiga bevosita emas, balki tasvir vositalari yordamida bilvosita ta’sir etuvchi ko‘chimlarning o‘ziga xos mezonlari aniqlanib, lingvopoetik  birliklarning semantik yuklamalar hosil qilishi ilmiy-amaliy isbotlanganligi yuzasidan xulosalar asosida Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2020-2022-yillarda bajarilgan S-ECAGD-18-CA-0067 (P020002335) raqamli “FY-18 English Access Microscholarship program” nomli Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan. Natijada loyiha materiallari mukammallashtirilgan va ilmiy-amaliy dalillar bilan boyitilgan;
uslubiy vosita sifatida allegoriyaning milliy markerlangan madaniy model ko‘rinishida til tizimida namoyon bo‘lishi Jorj Oruellning “Animal farm”, Gulxaniyning “Zarbulmasal” asarlari, shuningdek, “Ur to‘qmoq” va “A good story” ertaklarining chog‘ishtirma tahlillari asosida lingvokulturologik nuqtayi nazardan o‘rganilgan, har ikki milliy mentallik allegorik obrazlar orqali amalga oshirilgan,  “dasturxon” va “table” konseptlarining madaniy ahamiyati, o‘xshashi va farqlanishi bilan birga, “Animal farm” asarida totalitarizm tanqid qilingan, “Zarbulmasal”dagi didaktik g‘oyalarga muvofiq, insonning jamiyatdagi o‘rni va axloqiy qadriyatlarini yoritishga qaratilganligi keltirilgan misollar yordamida aniqlangan materiallar asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “218”-sonli buyrug‘iga asosan nashr etilgan “Improving reading and writing skills” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-sonli buyrug‘iga asosan). Natijada o‘quv qo‘llanma materiallari kengaytirilgan, ilmiy va amaliy dalillar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish