Davidov Yunus Jummaevichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi: “Badiiy asarlarda ko‘pma’nolilik hodisasi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2022.2.PhD/Fil2371. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Umurqulov Bekpo‘lat, filologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD 03/31.03.2021.Fil.78.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Siddiq Mirsobirovich, filologiya fanlari doktori, professor, Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi Ko‘pma’nolilik hodisasining yuzaga kelish yoʻllarini izohlash, ko‘pma’nolilik hodisasining yondosh hodisalardan farqli jihatlarini asoslash, badiiy asarlarda qo‘llangan ko‘p ma’noli so‘zlarni lingvopoetik jihatdan tahlil qilishdan iborat.
III. Ishning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ko‘pma’noli so‘zlarning til va nutqda voqelanish usullari, ko‘pma’noli birliklarning morfemik, leksik, grammatik sathli til ierarxiyasidagi maqomi yoritilgan;
ko‘pma’nolilik hodisasining leksik hamda grammatik sath birliklari o‘rtasida semantik assotsiatsiyani yuzaga keltirish yoʻllari yoritilib, badiiy matnda murakkab yaxlit semantik butunlikni ta’minlab beruvchi, yagona birlashtiruvchi semasi evaziga omonim va o‘zga yondosh nutqiy hodisalardan farqlanuvchi xususiyatlari kontekstual tahlil usuli asosida ochib berilgan;
ko‘pma’noli so‘zlarning badiiy kontekstda figura, obraz, so‘z o‘yini, yangi ma’noviy ottenkalarni hosil qilish, so‘zni iqtisod qilish imkoniyati tub harakat fe’llari, sifat, ot turkumidagi so‘zlarni semantik komponent tahlil qilish orqali ochib berilgan. Jumladan, feʼl so‘z turkumidagi ko‘p ma’noli so‘zlar boshqa turkumdagi so‘zlardan miqdor va sifat ko‘rsatgichiga nisbatan ko‘proq ma’no anglatishi dalillangan; 18 ta fe’l turkumiga oid ko‘pma’noli so‘zning badiiy asarlardagi yangi ma’nolari, 13 ta ot turkumiga oid ko‘pma’noli so‘zning yangi ma’nolari, 8 ta sifat turkumiga oid ko‘pma’noli so‘zning yangi ma’nolari aniqlangan. Ular semantik ko‘lamining tasnifi O‘TILda etarlicha aks etmaganligi asoslangan;
o‘zga vazifaviy uslublardan farqli, ko‘pma’noli so‘zlarning badiiy uslubda qo‘llanilish faolligi ochib berilgan hamda badiiy matndagi uslubiy-poetik xoslanish darajasi yuqori ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy asarlardagi ko‘pma’nolilik hodisasini lingvistik tahlili bo‘yicha olingan xulosalardan:
dissertatsiyasining tilshunoslikda badiiy asar tili tadqiqining nazariy asoslariga doir ilmiy xulosalardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi
PZ-20170927147 “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 10-yanvardagi 04/1-43-son ma’lumotnomasi). Natijada lisoniy birliklarning nutqiy voqelanishida badiiy matnning imkoniyatlari va polisemiyaning unga yondosh hodisalardan farqli jihatlariga doir bilimlarning mukammallashuviga erishilgan;
dissertatsiyasining badiiy asarlarda ko‘pma’nolilikning uslubiy xususiyatlariga doir ilmiy xulosalardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi A-OT-2019-10 raqamli “O‘zbek tilida neymingning meʼyoriy-huquqiy asoslarini yaratish nomli” amaliy grant loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 10-yanvardagi 04/1-44-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy asarlarda ko‘p ma’noli so‘zlarning qo‘llanish ko‘lamiga doir semasiologik bilimlarning mukammallashuviga erishilgan;
ko‘p ma’noli so‘zlarda semantik xoslanishga doir ilmiy xulosalaridan “Mahalla” telekanalining “Siyrat”, “Oqayotgan daryo” nomli ilmiy-ma’rifiy ko‘rsatuvlarida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” telekanalining 2023-yil, 14-noyabrdagi 02-12-0139-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning ilmiy-ma’rifiy jihatdan salohiyati ortishiga, ko‘p ma’noli so‘zlarning nutqdagi ahamiyatini ochib berishga erishilgan.