Matxoshimov Nodirjon Soyibjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi nogironligi profilaktikasi (Farg‘ona viloyati misolida)”, 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot.
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib.2936.
Ilmiy rahbar: Fattaxov Nusratullo Xamidullaevich, tibbiyot fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, PhD.04/02.07.2024.Tib.122.02.
Rasmiy opponentlar: Iskandarova Shaxnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Umarov Odil Maxmudovich, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: mehnatga layoqatli yoshdagi aholi nogironligi profilaktikasi va uning shakllanish qonuniyatlarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mehnatga layoqatli yoshdagi aholi orasida birlamchi nogironlik profilaktikasi bo‘yicha prognozlashning algoritmi morfofunksional ko‘rsatkichlari yordamida takomillashtirilgan;
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy qo‘llab quvvatlash sohasida resurslarni strategik rejalashtirishda mehnatga layoqatli yoshdagi aholi o‘rtasida nogironlikning vujudga kelish ehtimoli va uning prognozi 2050 yilgacha bo‘lgan davr uchun shakllantirilgan;
ilk marotaba mehnatga layoqatli yoshdagi aholi birlamchi nogironligi profilaktikasi maqsadida ishchanlik, surunkali kasallanish va salomatlik ko‘rsatgichlari ilmiy asoslangan holda ishlab chiqilgan;
mehnatga layoqatli yoshdagi aholi orasida nogironlikka ta’sir etuvchi endogen (natijaviy) omillar o‘rtasidagi funksional bog‘liqlik isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi nogironligi profilaktikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: mehnatga layoqatli yoshdagi aholi orasida birlamchi nogironlik profilaktikasi bo‘yicha prognozlashning algoritmi morfofunksional ko‘rsatkichlari yordamida takomillashtirilgani bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2021 yil 4 noyabrda №8n-r/1036-son bilan tasdiqlangan “Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi orasida nogironlikni prognozlash algoritmlari” nomli uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2024 yil 19 sentyabrdagi 183-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: mazkur ko‘rsatgichlar aholi orasida kasallanish, jumladan, nogironlik profilaktikasi bo‘yicha aniqlangan kasallik sinflari hamda yosh guruhlariga birlamchi tibbiy-sanitariya bo‘g‘inida asosiy e’tiborni qaratish lozimligini ko‘rsatadi. Iqtisodiy samaradorligi: nogironlik nafaqasini olish huquqiga yoshidan qat’i nazar Qonunda belgilangan shartlarga va me’yorlarga muvofiq davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan, Agentlik tomonidan I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan har bir shaxsga sarflanadigan 920000 so‘m pensiya mablag‘lari aholi orasida nogironlik profilaktikasi hamda nogironlik ulushini kamaytirish orqari byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: sog‘liqni saqlash va ijtimoiy qo‘llab quvvatlash sohasida resurslarni strategik rejalashtirishda mehnatga layoqatli yoshdagi aholi o‘rtasida nogironlikning vujudga kelish ehtimoli va uning prognozi 2050 yilgacha bo‘lgan davr uchun shakllantirilgani bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2021 yil 4 noyabrda №8n-r/1036-son bilan tasdiqlangan “Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi orasida nogironlikni prognozlash algoritmlari” nomli uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Ushbu taklif Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2024 yil 19 sentyabrdagi 183-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: mehnatga layoqatli aholi orasida qayta nogiron bo‘lish ehtimollik ko‘rsatkichini yuqori eganligi Farg‘ona viloyatida ushbu yosh guruhi aholining xavfli guruhga kirishidan guvohlik beradi, mazkur muammoni hal qilish uchun tibbiy-ijtimoiy ekspertizasi komissiyasi tomonidan har bir mehnatga layoqatli yoshdagi nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish bo‘yicha individual dasturlarni ishlab chiqishni taqozo etadi. Iqtisodiy samaradorligi: nogironlik nafaqasini olish huquqiga yoshidan qat’i nazar Qonunda belgilangan shartlarga va me’yorlarga muvofiq davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan, Agentlik tomonidan I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan har bir shaxsga sarflanadigan 920000 so‘m pensiya mablag‘lari aholi orasida nogironlik profilaktikasi hamda nogironlik ulushini kamaytirish orqari byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk marotaba mehnatga layoqatli yoshdagi aholi birlamchi nogironligi profilaktikasi maqsadida ishchanlik, surunkali kasallanish va salomatlik ko‘rsatgichlari ilmiy asoslangan holda ishlab chiqilgani bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2021 yil 4 noyabrda №8n-r/1036-son bilan tasdiqlangan “Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi orasida nogironlikni prognozlash algoritmlari” nomli uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Ushbu taklif Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2024 yil 19 sentyabrdagi 183-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: jismoniy faollik indeksini sezilarli darajada kamayishi, shuningdek, surunkali kasalliklarning o‘sishi mehnatga layoqatli aholining o‘sishidan oshib borishi surunkali kasalliklar yukining ortishi, bu esa mehnatga layoqatli yoshdagi aholining salomatlik indeksini kamayishiga, bu umumiy salomatlikning yomonlashishini ko‘rsatadi. Iqtisodiy samaradorligi: nogironlik nafaqasini olish huquqiga yoshidan qat’i nazar Qonunda belgilangan shartlarga va me’yorlarga muvofiq davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan, Agentlik tomonidan I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan har bir shaxsga sarflanadigan 920000 so‘m pensiya mablag‘lari aholi orasida nogironlik profilaktikasi hamda nogironlik ulushini kamaytirish orqari byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: mehnatga layoqatli yoshdagi aholi orasida nogironlikka ta’sir etuvchi endogen (natijaviy) omillar o‘rtasidagi funksional bog‘liqlik isbotlangani bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2021 yil 4 noyabrda №8n-r/1036-son bilan tasdiqlangan “Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi orasida nogironlikni prognozlash algoritmlari” nomli uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga kiritilgan. Ushbu taklif Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2024 yil 19 sentyabrdagi 183-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Farg‘ona viloyati uchun uning mintaqaviy xususiyatlarini hisobga olgan holda taqdim etilgan ma’lumotlar va prognozlar, nogironlikka olib keladigan kasalliklarning profilaktikasi bo‘yicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va kelajakda nogironlik strukturasi va tarqalishidagi o‘zgarishlarga samarali javob beradigan ijtimoiy-iqtisodiy strategiyalarni takomillashtirish zarurligini nazarda tutadi. Iqtisodiy samaradorligi: nogironlik nafaqasini olish huquqiga yoshidan qat’i nazar Qonunda belgilangan shartlarga va me’yorlarga muvofiq davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan, Agentlik tomonidan I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan har bir shaxsga sarflanadigan 920000 so‘m pensiya mablag‘lari aholi orasida nogironlik profilaktikasi hamda nogironlik ulushini kamaytirish orqari byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi.