Yusupova Jamila Karamatdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida innovatsion boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish », 08.00.13 – Menejment. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2315
Ilmiy rahbar: Qalmuratov Baxtiyar Seytmuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06
Rasmiy opponentlar: Xodjaeva Nodiraxon Abdurashidovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Beglenov Nukusbay Dauletniyazovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida innovatsion boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
sanoat korxonalari strategiyalarini mintaqada shakllangan mavjud shart-sharoitlarga moslashtirish asosida korxonalarda innovatsion boshqaruvning “ilgarilanma o‘zgarishlar” strategiyasidan foydalanishda sanoat majmuasining bozordagi yetakchiligini ta’minlashga yo‘naltiriladigan innovatsion loyihalar, echimlar va chora-tadbirlar rejalari tizimi orqali kichik sanoat zonalarini samarali boshqarish va istiqbolli hududiy dasturlar samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sanoat korxonalarida tarmoqning yetakchi xo‘jalik sub’ektlari tomonidan muvaffaqiyatli aprobatsiyadan o‘tkazilgan va o‘zining ijobiy xususiyatlarini namoyon qila olgan xo‘jalik yuritish dastaklarining joriy etilishini ko‘zda tutuvchi innovatsion boshqaruvning “trend ortidan ergashish” strategiyasini qo‘llash orqali inson kapitalidan samarali foydalanish, munosib ish o‘rinlarini yaratish va mavjud imkoniyatlarni ishlab chiqarishga joriy qilish asoslangan;
innovatsion faoliyat uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ularning yakuniy natijalarga ta’sirini baholash asosida korxona-tashkilotlar tomonidan bajarilgan ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari hajmi o‘sishiga erishishning turli ssenariylari tarkibini umumlashtirilgan holda eng yuqori (0,45 ≤ Seyu ≤ 0,85) natijadorlikka olib keluvchi maqbul ssenariy ishlab chiqilgan;
innovatsion taraqqiyotni ta’minlashga ta’sir etuvchi omillarning o‘zaro bog‘liqligi va ta’sirini ifodalovchi ekonometrik model asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi korxona va tashkilotlari ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari hajmining 2028 yilga qadar prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Innovatsion boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sanoat korxonalari strategiyalarini mintaqada shakllangan mavjud shart-sharoitlarga moslashtirish asosida korxonalarda innovatsion boshqaruvning “ilgarilanma o‘zgarishlar” strategiyasidan foydalanishda sanoat majmuasining bozordagi yetakchiligini ta’minlashga yo‘naltiriladigan innovatsion loyihalar, echimlar va chora-tadbirlar rejalari tizimi orqali kichik sanoat zonalarini samarali boshqarish va istiqbolli hududiy dasturlar samaradorligini oshirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining ish faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 16-dekabrdagi VJ-22/01-2192–son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda shahar va tuman hududlarida, kichik sanoat zonalarini samarali boshqarish va istiqbolli hududiy dasturlar samaradorligini oshirish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sanoat korxonalarida tarmoqning yetakchi xo‘jalik sub’ektlari tomonidan muvaffaqiyatli aprobatsiyadan o‘tkazilgan va o‘zining ijobiy xususiyatlarini namoyon qila olgan xo‘jalik yuritish dastaklarining joriy etilishini ko‘zda tutuvchi innovatsion boshqaruvning “trend ortidan ergashish” strategiyasini qo‘llash orqali inson kapitalidan samarali foydalanish, munosib ish o‘rinlarini yaratish va mavjud imkoniyatlarni ishlab chiqarishga joriy qilish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining ish faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 16-dekabrdagi VJ-22/01-2192–son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotda joriy etilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasining sanaot korxonalarda ishlab chiqarishni yurituvchi asosiy kuchi hisoblangan inson kapitalidan samaraliroq foydalanish, munosib ish o‘rinlarini yaratish va mavjud imkoniyatlarni ishlab chiqarishga joriy qilishga muayyan darajada xizmat qilgan;
innovatsion faoliyat uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ularning yakuniy natijalarga ta’sirini baholash asosida korxona-tashkilotlar tomonidan bajarilgan ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari hajmi o‘sishiga erishishning turli ssenariylari tarkibini umumlashtirilgan holda eng yuqori (0,45 ≤ Seyu ≤ 0,85) natijadorlikka olib keluvchi maqbul ssenariydan foydalanish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi ish faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 16-dekabrdagi VJ-22/01-2192–son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning joriy etilishi natijada mintaqada tashkilotlar tomonidan bajarilgan ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari hajmi 36,7 foizga oshirish imkonini bergan;
innovatsion taraqqiyotni ta’minlashga ta’sir etuvchi omillarning o‘zaro bog‘liqligi va ta’sirini ifodalovchi ekonometrik model asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi korxona va tashkilotlari ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari hajmining 2028 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz qiymatlaridan foydalanish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining ish faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 16-dekabrdagi VJ-22/01-2192–son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2028-yilga qadar rivojlantirish parametrlarini aniqlashtirish va mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanishga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish