Utemuratova Sapargul Shamshetovnaning
yuridik fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Ekologiya sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlik”, 12.00.08 – “Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi” ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Yu151
Ilmiy konsultant: Rustambaev Mirzayusup Xakimovich, yuridik fanlar dοktοri, prοfessοr
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01 raqamli Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Kabulov Rustam yuridik fanlar doktori, professor; Rasulov Aziz Karimovich yuridik fanlar doktori, professor; O‘razaliev Murodbek Qoraevich yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy kengashi huzuridagi Sudyalar Oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ekologiya sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni jinoyat-huquqiy tartibga solish muammolarini koevolyusion va innovatsion yondashuv asosida o‘rganish, sud-tergov amaliyoti samaradorligini oshirish, ekologiya sohasidagi jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan ilmiy asoslarni yaratish hamda jinoyat-huquqiy normalarni takomillashtirish yuzasidan taklif, tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishi hayvon yoki parrandalarning epidemik kasalliklari (epizootiyalar) tarqalishiga, ularning yalpi qirilib ketishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan harakat va harakatsizlikdan iboratligi sababli ekologik jinoyatlar qatoriga kiritish va ular uchun jinoiy javobgarlik belgilash zarurligi asoslangan;
sug‘oriladigan erlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rmaslik uchun jinoiy javobgarlik belgilash ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda er resurslarini samarali boshqarish amaliyoti samaradorligi oshirilishiga xizmat qilishi asoslangan;
hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosobatda bo‘lish uchun jinoiy javobgarlikni belgilash va uni ekologiya sohasidagi jinoyatlar qatoriga kiritish biologik xilma-xillikni saqlash, ekologik muvozanatni ta’minlash, hayvonlarni huquqiy muhofaza qilish mexanizmlarini takomillashtirish va qonunchilikning preventiv ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilishi asoslab berilgan;
er qa’ri uchastkalaridan er osti boyliklari va qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida kavlab olishda portlovchi moddalardan va kimyoviy reagentlardan foydalanish ta’qiqlanishi orqali er resurslarining ekologik xavfsizligini ta’minlash zarurligi asoslantirilgan;
tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliq, utilizatsiya yig‘imi, atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalarni chiqarganlik, oqizganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari, tabiiy resurslarni muhofaza qilish va qayta tiklash uchun to‘lovlarning ekologiya va atrof-muhitni ifloslantirish uchun to‘lovlar qatoriga kiritilishi zarurligi asoslantirilgan;
Xalqaro Qizil kitobga va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlar, parrandalar, baliqlar hamda o‘simlik dunyosi vakillarini yo‘q qilish jinoyati sodir etilgan hollardda etkazilgan ziyonning hajmi ahamiyatga ega emasligining huquqiy tartibga solinishi ekologiya sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlikning muqarrarligi ta’minlanishiga xizmat qilishi asoslab berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagilarda o’z ifodasini topgan:
Jinoyat kodeksi 200-moddasi dispozisiyasini “Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzish hayvonlarning yoki parrandalarning epidemik kasalliklari (epizootiyalar) tarqalishiga, ularning yalpi qirilib ketishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lsa”, - deb o‘zgartirish lozimligi to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekistοn Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ–416-sοn “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunning 9-mοddasi to‘rtinchi xatboshida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasining 2023-yil 7-noyabrdagi b/n dalolatnomasi). Mazkur taklif veterinariya-sanitariya normalari buzilishi uchun jinoiy javobgarlikni belgilash va uning oldini olishga xizmat qilgan;
sug‘oriladigan erlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rmaslik uchun jinoiy javobgarlik belgilash lozimligi to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-martdagi O‘RQ-526-sonli “Er to‘g‘risidagi qonun hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilishi munosobati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuning 1-moddasi birinchi xatboshida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasining 2023-yil 7-noyabrdagi b/n dalolatnomasi). Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 197-moddasida nazarda tutilgan sug‘oriladigan erlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rmaslik jinoyati uchun javobgarlikni qo‘llashda qilmishlarni differensiya qilishga xizmat qilgan;
“hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, ya’ni g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda ularni qiynoqqa solish yoxud ularga azob berish ularning o‘limiga yoki mayib bo‘lishiga olib kelsa, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilganligi uchun qilmishni jinoiy javobgarlik belgilash zarurligi to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekistοn Respublikasining 2021-yil 12-fevraldagi O‘RQ–673-sοn “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunning 1-mοddasi ikkinchi xatboshida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolbuyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasining 2023-yil 7-noyabrdagi b/n dalolatnomasi). Mazkur taklif hayvonlarni qiynoqqa solish yoxud ularga azob berish ularning o‘limi yoki mayib bo‘lishiga olib kelishining oldini olish maqsadida jinoiy javobgarlikning belgilanishini nazarda tutadi. shuningdek, hayvonlarni shafqatsiz munosabatdan jinoyat-huquqiy muhofaza qilishga xizmat qilgan;
tadbirkorlik tavakkalchiligi asosida qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida kavlab olishni amalga oshirish maqsadida er qa’ri uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga beriladi. Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida kavlab olish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun er qa’ri uchastkalari, shu jumladan o‘lchamlari 5 gektardan ortiq bo‘lmagan sochma oltin konlari er osti kon qazishmalari yo‘laklarisiz va portlovchi moddalardan foydalanmagan holda xavfsiz (yo‘l qo‘yiladigan) chuqurlikkacha beriladi. Er qa’ridan foydalanuvchilar ishlarni olib borayotganda qimmatbaho metallarni ajratib olishning rudani faqat maydalashni va gravitatsiya usulini qo‘llash huquqiga ega. Kimyoviy reagentlar qo‘llanilgan holda qimmatbaho metallarni ajratib olish texnologiyasidan foydalanish taqiqlanishi lozimligi to‘g‘risidagi taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2021-yil 30-iyundagi №152/XX-son “Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim Qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni bilan “Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2003-yil 12-noyabrdagi №219/II-son “Er osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonunining 381-moddasida aks etgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqargi KenGESining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurash masalari qo‘mitasi 2023-yil 18-apreldagi №03-457 dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi er, er osti boyliklardan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish jinoyatini uchun javobgarlikni differensiya qilishga xizmat qilgan;
tabiatdan maxsus foydalanganlik va atrof muhitni ifloslantirganlik uchun to‘lovlar tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlardan utilizatsiya yig‘imidan, shuningdek atrof muhitni ifloslantirganlik (ifloslantiruvchi moddalarni chiqarganlik, oqizganlik va chiqindilarni joylashtirganlik) uchun kompensatsiya to‘lovlaridan, tabiiy resurslarni muhofaza qilganlik va qayta tiklaganlik uchun to‘lovlardan iborat bo‘ladi” to‘g‘risidagi taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi 180/XXIII-sοn “Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim Qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risda”gi qonuni bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2006-yil 3-martdagi №76/III–son “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qοnunining 33 moddasida aks etgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqargi KenGESining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurash masalari qo‘mitasi 2023-yil 18-apreldagi №03-457 dalolatnomasi). Ushbu taklif atrof-muhitga ta’sir uchun soliqlar va kompensatsiya to‘lovlarini tartibga solib, tabiiy resurslarni muhofaza qilish va qayta tiklashni rag‘batlantirishga xizmat qilgan;
Jinoyat kodeksi 202-moddasi uchinchi qismining “j” bandi bo‘yicha javobgarlik ham O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga, ham Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar, parrandalar, baliqlar, hayvonot dunyosi yoki o‘simliklarning boshqa turlari yo‘q qilingan hollarda vujudga keladi. Bunda etkazilgan ziyonning hajmi ahamiyatga ega emas” deb o‘zgartirish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda aks etgan (O‘zbekistοn Respublikasi Οliy Sudining ma’lumοtnοmasi). Mazkur taklif ekologiya sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilashda, bu turdagi qilmishlarni differensiya qilishga xizmat qilgan.