Rajabov Xayrillo Sadillloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi prognozida obstruktiv uyqu apnoe sindromining klinik ahamiyati» 14.00.42 – Pul`monologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib4362
Ilmiy rahbar: Liverko Irina Vladimirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.04.2023.Tib160.01.
Rasmiy opponentlar: Ubaydullaeva Naima Nabixanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Respublika pul`monologiya va ftiziatriya ilmiy-amaliy markazi” DM (Belarus` Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda obstruktiv uyqu apnoe sindromi mavjud hollarda kasallikni og‘irlashtiradigan hamda hayot uchun xavfli asoratlar rivojlanishini kamaytirishga yo‘naltirilgan boshqarish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
obstruktiv uyqu apnoe sindromining yuqori xavfini aniqlovchi SOO‘K fenotipik xususiyatlari aniqlangan va og‘ir obstruktiv uyqu apnoe sindromi SOO‘Kning rivojlanishi prediktori hamda 4 yillik hayot davomiyligi ko‘rsatkichining salbiy indikatori ekanligi aniqlangan;
nafas olish sirkad bioritmlari desinxronozining "kechki" va "ertalabki", AQBning "non-dipper" va "night-peaker", hamda vegetativ nerv tizimining “o‘zgaruvchi A va V” va “teskari” simpatikotonik turlari og‘ir darajadagi obstruktiv uyqu apnoe sindromiga sinergik ta’siri isbotlangan;
NT-proBNP va troponin T ko‘rsatkichlarining SOO‘K bilan og‘rigan bemorlarda obstruktiv uyqu apnoe sindromining evolyusiyasidagi ahamiyati isbotlangan;
ilk bor SOO‘K bilan kasallangan bemorlarda "overlap" sindromini diagnostika darajasini yaxshilash, uning erta asoratlari va kasallik kuchayishini bashorat qilish maqsadida bemorlarni olib borish yondashuvlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida obstruktiv uyqu apnoe sindromining surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi kechishi prognoziga klinik ahamiyati bo‘yicha:
birinchi ilmiy yangilik: obstruktiv uyqu apnoe sindromining yuqori xavfini aniqlovchi SOO‘K fenotipik xususiyatlari aniqlangan va og‘ir obstruktiv uyqu apnoe sindromi SOO‘Kning rivojlanishi prediktori hamda 4 yillik hayot davomiyligi ko‘rsatkichining salbiy indikatori ekanligi 2023 yil 25 aprel` 1/2-son RIFvaPIATM qoshidagi Ekspertlar Kengashi xulosasi bilan tasdiqlangan “Surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi bemorlarida obstruktiv uyqu apnoe sindromining prognostik ahamiyati” nomli metodik tavsiyalar mazmuniga singdirilgan. Ushbu holat Toshkent shahri Shayhontohur tumani tibbiyot birlashmasining 2024 yil 19 fevral` №81; 240-14-205-TB/2024-son buyrug‘i, Buxoro viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazining 2023 yil 31 may 48-son buyrug‘i va Samarqand viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazining 2023 yil 31 may 76-son buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 martdagi 13/22 -son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: alohida tanlangan yondashuvlar asosida bemorlarni skriningga saralab olish va OUASni erta aniqlash imkonini yaratib, shu bilan bemorlarni tashxislash bo‘yicha marshrutizatsiya dasturlari samaradorligini oshiradi. Iqtisodiy samaradorlik: OUAS yuqori xavfini belgilovchi fenotipik prediktorlarga ega SOO‘K bemorlari OUAS tashxislash uchun skrining dasturlari o‘tkazish har bir bemor uchun byudjet mablag‘laridan 350000 so‘m va byudjetidan tashqari mablag‘lardan 520000 so‘m tejalishi ta’minlangan.
ikkinchi ilmiy yangilik: nafas olish sirkad bioritmlari desinxronozining "kechki" va "ertalabki", AQBning "non-dipper" va "night-peaker", hamda vegetativ nerv tizimining “o‘zgaruvchi A va V” va “teskari” simpatikotonik turlari og‘ir darajadagi obstruktiv uyqu apnoe sindromiga sinergik ta’siri bo‘yicha takliflar 2023 yil 25 aprel` 1/2-son RIFvaPIATM qoshidagi Ekspertlar Kengashi xulosasi bilan tasdiqlangan “Surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi bemorlarida obstruktiv uyqu apnoe sindromining prognostik ahamiyati” nomli metodik tavsiyalarga kiritilgan va Toshkent shahri Shayhontohur tumani tibbiyot birlashmasining 2024 yil 19 fevral` №81; 240-14-205-TB/2024-son buyrug‘i, Buxoro viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazining 2023 yil 31 may 48-son buyrug‘i va Samarqand viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazining 2023 yil 31 may 76-son buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 martdagi 13/22 -son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: alohida tanlangan tarzda bemorlarni saralab olishni ta’minlaydi hamda SOO‘K fenotipik komponentlarini hisobga olmagan holda OUASni tashxislashda instrumental tekshiruvlar hajmini differensial ravishda kengaytirish imkonini beradi. Bu esa bemorlarni boshqarishda tashxislash va prognozlash dasturlarining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorlik: OUAS yuqori xavfini belgilovchi fenotipik prediktorlarga ega bo‘lmagan SOO‘K bemorlarida, alohida tanlangan boshqarish dasturlari orqali har bir bemor uchun byudjet mablag‘laridan 650 000 so‘m, byudjetidan tashqari mablag‘lardan esa 815000 so‘m tejalishi ta’minlangan.
uchinchi ilmiy yangilik: NT-proBNP va troponin T ko‘rsatkichlarining SOO‘K bilan og‘rigan bemorlarda obstruktiv uyqu apnoe sindromining evolyusiyasidagi ahamiyati bo‘yicha olingan natijalar 2023 yil 25 aprel` 1/2-son RIFvaPIATM qoshidagi Ekspertlar Kengashi xulosasi bilan tasdiqlangan “Surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi bemorlarida obstruktiv uyqu apnoe sindromining prognostik ahamiyati” nomli metodik tavsiyalarga kiritilgan va Toshkent shahri Shayhontohur tumani tibbiyot birlashmasining 2024 yil 19 fevral` №81; 240-14-205-TB/2024-son buyrug‘i, Buxoro viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazining 2023 yil 31 may 48-son buyrug‘i va Samarqand viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazining 2023 yil 31 may 76-son buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 martdagi 13/22 -son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: alohida tanlangan tarzda bemorlarni saralab olishni ta’minlaydi hamda SOO‘K fenotipik komponentlarini hisobga olmagan holda OUASni tashxislashda instrumental tekshiruvlar hajmini differensial ravishda kengaytirish imkonini beradi. Bu esa bemorlarni boshqarishda tashxislash va prognozlash dasturlarining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorlik: OUAS yuqori xavfini belgilovchi fenotipik prediktorlarga ega bo‘lmagan SOO‘K bemorlarida, alohida tanlangan boshqarish dasturlari orqali har bir bemor uchun byudjet mablag‘laridan 650 000 so‘m, byudjetidan tashqari mablag‘lardan esa 815000 so‘m tejalishi ta’minlangan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor SOO‘K bilan kasallangan bemorlarda "overlap" sindromini diagnostika darajasini yaxshilash, uning erta asoratlari va kasallik kuchayishini bashorat qilish maqsadida bemorlarni olib borish algoritmi 2023 yil 25 aprel` 1/2-son RIFvaPIATM qoshidagi Ekspertlar Kengashi xulosasi bilan tasdiqlangan “Surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi bemorlarida obstruktiv uyqu apnoe sindromining prognostik ahamiyati” nomli metodik tavsiyalarga kiritilgan va Toshkent shahri Shayhontohur tumani tibbiyot birlashmasining 2024 yil 19 fevral` №81; 240-14-205-TB/2024-son buyrug‘i, Buxoro viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazining 2023 yil 31 may 48-son buyrug‘i va Samarqand viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazining 2023 yil 31 may 76-son buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 martdagi 13/22 -son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: amalga oshirilgan chora-tadbirlar SOO‘K mavjud bo‘lgan bemorlarda kasallikni erta aniqlash, uning kechishi prognozini baholash, noxush oqibatlar va fatal asoratlarning oldini olish, shuningdek, bemorlarning hayot sifati va uning davomiyligini yaxshilash bo‘yicha yondashuvlarni takomillashtirish imkonini yaratdi. Iqtisodiy samaradorlik: SOO‘K mavjud bo‘lgan bemorlarda OUAS bilan bog‘liq komorbid holatlarni aniqlashga, kasallik kechishini og‘irlashtiruvchi va fatal asoratlar xavfini oshiruvchi erta indikatorlarni aniqlashga hamda ushbu holatlarni korreksiya qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi yil davomida statsionar davolanishlar sonining kamayishiga, shifoxonada yotish vaqti davomiyligining qisqarishiga olib keldi. Bu esa har bir bemor uchun byudjet mablag‘laridan 699000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 1550000 so‘m tejalishini ta’minladi.