Murodullaev Sardorbek Olimjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir pankreatitni xirurgik davolashda miniinvaziv usullarni klinik jihatdan asoslash», 14.00.27 – Xirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4699.
Ilmiy rahbar: Shonazarov Iskandar Shonazarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Sattarov Oybek Toxirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. Kadirov Rustam Nadirovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: V.I. Razumovskiy nomidagi Saratov davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Pankreonekroz shakliga qarab miniinvaziv texnologiyalardan ustuvor foydalanish orqali o‘tkir og‘ir pankreatit bilan og‘rigan bemorlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor me’da osti bezi nekrozining bosqichiga xamda uning asoratlarida videolaparoskopik va ultratovushli navigatsiya ostida punksiya amaliyotlari uchun ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan;
ilk bor o‘tkir og‘ir pankreatitni davolashda aseptik nekroz bosqichida videolaparoskopik va diapevtik aralashuvlardan foydalanish, ochiq operatsiyalar bilan solishtirganda, klinik va laboratoriya ko‘rsatkichlari dinamikasi ijobiy ekanligi isbotlangan;
ilk bor ochiq operativ aralashuvlar infisirlangan panreonekroz yiringli-septik asoratlarida patologik o‘choqlarni adekvat sanatsiyasini ta’minlab, bemor ahvolining APACHE II shkalasi bo‘yicha ijobiy dinamikasini va poliorgan etishmovchiligining SOFA shkalasi bo‘yicha pasayishini ta’minlashi aniqlangan;
o‘tkir og‘ir pankreatit rivojlanishining dastlabki bosqichlarida miniinvaziv aralashuvlarning muddat va davolash natijalari bo‘yicha klinik samaradorligi isbotlangan, shu qatorida pankreonekrozning kech bosqichida yiringli-septik o‘choqni sanatsiya qilishda ochiq operatsiyalar o‘z mavqeini saqlab qolganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tkir pankreatitni xirurgik davolashda miniinvaziv usullarni klinik jihatdan asoslash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 10.12.2024-y. 10/31-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor me’da osti bezi nekrozining bosqichiga xamda uning asoratlarida videolaparoskopik va ultratovushli navigatsiya ostida punksiya amaliyotlari uchun ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi (21.11.2024-yil, buyruq 4403-7-107-T812024-son) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali 15.11.2024 yil, buyruq 105-son) klinik amaliyotiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: O‘tkir og‘ir pankreatit kasalligining fermentativ bosqichida videolaparoskopik aralashuvlardan foydalanish, me’da osti bezi abssessi yoki infisirlangan suyuqlik to‘planishini davolash uchun esa ultratovush tekshiruvi ostida teri orqali drenajlash ko‘rsatma hisoblanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 5 kun uchun 2576480 so‘m (SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 855300 so‘m sarflanadi. O‘tkir og‘ir pankreatit kasalligining fermentativ bosqichida videolaparoskopik aralashuvlardan foydalanish, me’da osti bezi abssessi yoki infisirlangan suyuqlik to‘planishini davolash uchun esa ultratovush tekshiruvi ostida teri orqali drenajlash yordamida operatsiya kilinganda statsionar davolanish 2 kunga qiskarib, iqtisodiy ko‘rsatkich 1110500 so‘mni tashkil etadi (bir nafar bemor uchun). Xulosa: O‘tkir pankreatitni davolashda operatsiya bosqichlarida Videolaparoskop va UTT apparatini qo‘llash orqali amalga oshirilgan yangi usullar yuqori samaradorlikka, patogenetik jihatdan asoslangan va radikal usullar bo‘lib, ular operatsiyaning yaqin va uzoq muddatli natijalarini yaxshilashga imkon beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘tkir og‘ir pankreatitni davolashda aseptik nekroz bosqichida videolaparoskopik va diapevtik aralashuvlardan foydalanish, ochiq operatsiyalar bilan solishtirganda, klinik va laboratoriya ko‘rsatkichlari dinamikasi ijobiy ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi (21.11.2024-yil, buyruq 4403-7-107-T812024-son) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali 15.11.2024 yil, buyruq 105-son) klinik amaliyotiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: miniinvaziv aralashuvlar klinik va laboratoriya parametrlari dinamikasining ijobiy o‘zgarishi bilan birga keladi, buning natijasida reabilitatsiya davri kamayadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: umumiy o‘rtacha 1280600 so‘m sarflanadi (SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan miniinvaziv aralashuvlardan foydalanish natijasida ijobiy natijalar 2 barobar ko‘p holatda kuzatilganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 3821500 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: O‘tkir pankreatitni xirurgik davolashda miniinvaziv aralashuvlarni qo‘llash an’anaviy usullarga qaraganda yaraning tezroq tiklanishini ta’minlaydi, shuning uchun reabilitatsiya davri qisqaradi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor ochiq operativ aralashuvlar infisirlangan panreonekroz yiringli-septik asoratlarida patologik o‘choqlarni adekvat sanatsiyasini ta’minlab, bemor ahvolining APACHE II shkalasi bo‘yicha ijobiy dinamikasini va poliorgan etishmovchiligining SOFA shkalasi bo‘yicha pasayishini ta’minlashi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi (21.11.2024-yil, buyruq 4403-7-107-T812024-son) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali 15.11.2024 yil, buyruq 105-son) klinik amaliyotiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorning umumiy ahvoli dinamikasini APACHE II shkalasi bo‘yicha va poliorgan etishmovchiligini SOFA shkalasi bo‘yicha monitoringi pankreonekrozning turli shakllarida tanlangan xirurgik taktikalarining samaradorligini etarli darajada baholashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Videolaparoskop uskunasi yordamida operatsiyadan keyingi davrda og‘riqning intensivligining kamayganligi bilan odatda umumiy o‘rtacha 1180400 so‘m sarflanadi (SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Xulosa: Videolaparoskopiya apparati yordamida amalga oshirilgan operatsiya an’anaviy operatsiya usuliga qaraganda samaraliroq bo‘lib, u yaqindagi (26,4% dan 10,6% ga) va uzoq muddatli (12,2% dan 2,7% ga) operatsiyadan kiyinoq muammolarning kamayishini ta’minlaydi, shuningdek, an’anaviy operatsiya bilan solishtirganda ba’zi darajada tizimli shikastlanishlar, analgetiklar va antikogulyantlardan foydalanishning kamayishiga yordam beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘tkir og‘ir pankreatit rivojlanishining dastlabki bosqichlarida miniinvaziv aralashuvlarning muddat va davolash natijalari bo‘yicha klinik samaradorligi isbotlangan, shu qatorida pankreonekrozning kech bosqichida yiringli-septik o‘choqni sanatsiya qilishda ochiq operatsiyalar o‘z mavqeini saqlab qolganligi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi (21.11.2024-yil, buyruq 4403-7-107-T812024-son) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali 15.11.2024 yil, buyruq 105-son) klinik amaliyotiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir og‘ir pankreatitni davolashda miniinvaziv texnologiyalardan foydalanish davolash muddatini qisqartirishi va o‘limni kamaytirishi bilan ustuvor hisoblanadi, biroq me’da osti bezi katta hajmda zararlanganda, ochiq drenajlash usuli nekroz o‘chog‘ini takroriy sanatsiyasi bilan ko‘rsatmadir. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 6 893 350 so‘m (SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra) sarflanadi. Yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa o‘z navbatida 20% gacha byudjet mablag‘larini tejashga olib keladi. Xulosa: Aseptik og‘ir pankreatit bilan og‘rigan bemorlarni davolashda ochiq operatsiyalarga nisbatan miniinvaziv aralashuvlar ustuvor hisoblanadi, bu o‘lim holatlarining sezilarli darajada kamayishi (mos ravishda 6,2% va 17,2%) bilan asoslanadi. Infisirlangan pankreonekrozlar uchun bu ko‘rsatkich 21,9% va 23,5% ni tashkil etdi, ya’ni statistik farqlar ahamiyatli emas (r˂0,05).