Shukurova Fazilat Narmamatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Revmatoid artritda jigarning surunkali diffuz kasalliklari kechishining molekulyar-genetik va klinik immunologik xususiyatlari” 14.00.05 – Ichki kasalliklar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Tib893.
Ilmiy maslahatchi: Karimov Ma’rif Shakirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Xalmurad Sa’dullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xojimetov Abdug‘afur Axatovich, biologiya fanlari doktori, professor; Yuldasheva Gulchehra Rustamovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda jigar surunkali diffuz kasalliklarining rivojlanishini bashoratlash, ularning kechish og‘irligini klinik, laborator, asbobiy va epigenetik tadqiqotlar asosida baholash va uni tashhislashda uslubiy yondashuvlarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
revmatoid artritda jigar zararlanishining bir qator muhim xususiyatlari, xususan jigarning birlamchi shikastlanishi aniqlanmagan bemorlarda asosiy kasallik davomiyligi jigarning toksik zararlanishi xavfi bilan to‘g‘ri bog‘liqligi aniqlangan. JSDK rivojlanishi, jigar to‘qimasida fibroz shakllanish xavfini revmatoid artrit faolligi ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi isbotlangan;
revmatoid artrit da bo‘g‘im sindromining ifodalanish darajasi hamda jigar disfunksiyasi yallig‘lanish oldi sitokinlari faollashuvi darajasi, siklik sitrulinlangan peptidga qarshi antitana (ASSP), S-reaktiv oqsil (SRO), revmatoid omil (RO) va biokimyoviy tahlillar bilan bog‘liqligi aniqlangan;
revmatoid artritda jigar zararlanishi rivojlanishi, fibroz to‘qima shakllanishi xavfi bor bemorlarning tekshirish standartiga molekulyar-genetik usullarni joriy qilish yordamida kasallik asoratlarining rivojlanishiga moyil bemorlar toifasini stratifikatsiyalash imkoniyati asoslangan;
revmatoid artrit va jigarning surunkali diffuz kasalliklarining rivojlanish, avj olish darajasi, fibroz bosqichlarining klinik-biokimyoviy, elastrografiya natijalari bilan molekulyar-genetik ko‘rsatkichlari sifatida mikroRNK-122 va - 221 ifoda darajasi diapazoni bog‘liqligi aniqlangan;
revmatoid artritda jigarning surunkali diffuz kasalliklari mavjud bemorlarda mikroRNK-122 va 221 ifoda darajasini aniqlash kasallikning erta tashhislash va bashoratlash mezonlari sifatida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Revmatoid artritga chalingan bemorlarda jigarning surunkali diffuz kasalliklarining rivojlanishining, kechishining klinik-patogenetik va genetik jihatlarining axamiyatini baholash natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: revmatoid artritda jigar zararlanishining bir qator muhim xususiyatlari, xususan jigarning birlamchi shikastlanishi aniqlanmagan bemorlarda asosiy kasallik davomiyligi jigarning toksik zararlanishi xavfi bilan to‘g‘ri bog‘liqligi hamda JSDK rivojlanishi, jigar to‘qimasida fibroz shakllanish xavfini revmatoid artrit faolligi ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi isbotlanganligi Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi 27.10.2023 yildagi 108-sonli hamda Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 24.10.2023 yildagi 335-A/F-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 3-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: revmatoid artrit va jigarning surunkali diffuz kasalliklari xamkor kechgan bemorlarda jigarda yuzaga kelgan o‘ziga xos tuzilmaviy buzilishlarni erta tashxislash va bashoratlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: jigarda yuzaga kelgan o‘ziga xos tuzilmaviy buzilishlarni erta tashxislash va bashoratlash orqali bemorlarning statsionar davolanish kunlarini kamayishiga, tashxislashga hamda davolashga ketadigan mablag‘ni tejalishiga erishilgan. Xulosa: revmatoid artritda jigarda diffuz buzilishlar mavjud bemorlarning taqdirini bashoratlash va o‘z vaqtida tashxislash natijasida salomatligiga, mehnatga layoqatlilik davrini va o‘z-o‘ziga xizmat qilish ko‘nikmalarini uzoq muddatga saqlab qolishga va hayot sifatini yaxshilashga imkon beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: revmatoid artritda bo‘g‘im sindromining ifodalanish darajasi hamda jigar disfunksiyasi yallig‘lanish oldi sitokinlari faollashuvi darajasi, siklik sitrulinlangan peptidga qarshi antitana (ASSP), S-reaktiv oqsil (SRO), revmatoid omil (RO) va biokimyoviy tahlillar bilan bog‘liqligi aniqlanganligi Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi 27.10.2023 yildagi 108-sonli hamda Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 24.10.2023 yildagi 335-A/F-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 3-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: revmatoid artrit va jigarning surunkali diffuz kasalliklari xamkor kechgan bemorlarda jigarda yuzaga kelgan buzilishlarni yallig‘lanish ko‘rsatkichlari aniqlash orqali erta tashxislash va bashoratlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: bo‘g‘im sindromining ifodalanish darajasi hamda jigar disfunksiyasi yallig‘lanish oldi sitokinlari faollashuvi darajasi erta tashxislash orqali bemorlarning statsionar davolanish kunlarini kamayishiga, tashxislashga hamda davolashga ketadigan mablag‘ni tejalishiga erishilgan. Xulosa: revmatoid artritda jigarda diffuz buzilishlar mavjud bemorlarning yallig‘lanish ko‘rsatkichlari aniqlash o‘z vaqtida tashxislash natijasida salomatligiga, mehnatga layoqatlilik davrini va o‘z-o‘ziga xizmat qilish ko‘nikmalarini uzoq muddatga saqlab qolishga, hayot sifatini yaxshilab, davolash chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish imkonini beradi
uchinchi ilmiy yangilik: revmatoid artritda jigar zararlanishi rivojlanishi, fibroz to‘qima shakllanishi xavfi bor bemorlarning tekshirish standartiga molekulyar-genetik usullarni joriy qilish yordamida kasallik asoratlarining rivojlanishiga moyil bemorlar toifasini stratifikatsiyalash imkoniyati asoslanganligi Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi 27.10.2023 yildagi 109-sonli hamda Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 24.10.2023 yildagi 336-A/F-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 3-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: RA ga chalingan bemorlarda jigar faoliyatini baxolashda molekulyar – genetik, klinik-biokimyoviy va asbobiy tadqiqotlar natijalari muhimligi isbotlangan; Iqtisodiy samaradorlik: revmatoid artritda jigarda yuzaga kelgan o‘ziga xos tuzilmaviy buzilishlarni erta tashxislash va bashoratlash orqali bemorlarning statsionar davolanish kunlarini kamayishiga, tashxislashga hamda davolashga ketadigan mablag‘ni tejalishiga erishilgan. Xulosa: revmatoid artritda jigarda diffuz buzilishlar mavjud bemorlarning taqdirini bashoratlash va o‘z vaqtida tashxislash natijasida salomatligiga, mehnatga layoqatlilik davrini va o‘z-o‘ziga xizmat qilish ko‘nikmalarini uzoq muddatga saqlab qolishga va hayot sifatini yaxshilashga olib keldi, nogironlik va o‘lim xavfini kamaytirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: revmatoid artrit va jigarning surunkali diffuz kasalliklarining rivojlanish, avj olish darajasi, fibroz bosqichlarining klinik-biokimyoviy, elastrografiya natijalari bilan molekulyar-genetik ko‘rsatkichlari sifatida mikroRNK-122 va - 221 ifoda darajasi diapazoni bog‘liqligi aniqlanganligi Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi 27.10.2023 yildagi 109-sonli hamda Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 24.10.2023 yildagi 336-A/F-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 3-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: RA va JSDK hamkor kechgan bemorlarda asoratlar rivojlanish xavfi bor bemorlarning tekshirish standartiga molekulyar-genetik tekshiruvlarni kiritish orqali kasallik asoratlari rivojlanishini prognoz qilish va erta tashhislashni takomillashtirish tavsiya etilgan. Iqtisodiy samaradorlik: revmatoid artritda jigarda yuzaga kelgan o‘ziga xos tuzilmaviy buzilishlarni molekulyar genetik tekshirishlar orqali erta tashxislash va bashoratlash bemorlarning statsionar davolanish kunlarini kamayishiga, tashxislashga hamda davolashga ketadigan mablag‘ni tejalishiga erishilgan. Xulosa:revmatoid artritga chalingan bemorlarda mikroRNK 122 va 221 ekspressiyasi tufayli jigarda yuzaga kelgan o‘ziga xos diffuz buzilishlarni erta muddatlarda aniqlash, klinik, laborator usullar yordamida jigarda fibroz to‘qima rivojlanishini bashoratlash va tashxislash davolashning erta boshlanishiga sabab bo‘lish imkonini beradi.
beshinchi ilmiy yangilik: revmatoid artritda jigarning surunkali diffuz kasalliklari mavjud bemorlarda mikroRNK-122 va 221 ifoda darajasini aniqlash kasallikning erta tashhislash va bashoratlash mezonlari sifatida asoslanganligi Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi 27.10.2023 yildagi 109-sonli hamda Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 24.10.2023 yildagi 336-A/F-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 3-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: revmatoid artritga chalingan bemorlarda mikroRNK 122 va 221 ekspressiyasi tufayli jigarda yuzaga kelgan o‘ziga xos diffuz buzilishlarni erta muddatlarda aniqlash, klinik, laborator usullar yordamida jigarda fibroz to‘qima rivojlanishini bashoratlash va tashxislash davolashning erta boshlanishiga sabab bo‘lib, kasallik kechish muddatini qisqartiradi, tuzalishni tezlashtiradi. Iqtisodiy samaradorlik: revmatoid artritda jigarda yuzaga kelgan o‘ziga xos tuzilmaviy buzilishlarni molekulyar genetik tekshirishlar orqali erta tashxislash va bashoratlash bemorlarning statsionar davolanish kunlarini kamayishiga, tashxislashga hamda davolashga ketadigan mablag‘ni tejalishiga erishilgan. Xulosa: revmatoid artritga chalingan bemorlarda mikroRNK 122 va 221 ekspressiyasi tufayli jigarda yuzaga kelgan o‘ziga xos diffuz buzilishlarni erta muddatlarda aniqlash, klinik, laborator usullar yordamida jigarda fibroz to‘qima rivojlanishini bashoratlash va tashxislash davolashning erta boshlanishiga, o‘z vaqtida kelib chiqadigan asoratlarni oldini olishni muqobillashtirishga, hamda bemorlar hayot sifatini yaxshilab, davolash chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish imkonini beradi.