Qutliev Jamshid Amonbayevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Harbiy xizmatchilarda alimentar semizlikning xavf omillarini bashoratlash tizimini ilmiy asoslash va oldini olishning gigienik chora-tadbirlari” 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Tib976.
Ilmiy konsul`tant: Ermatov Nizom Jumakulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar nomi), IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi, DSc.04/04.07.2023.Tib.171.01.
Rasmiy opponentlar: Hamrokulova Muqaddas Askarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirraximova Saidaxon Shuxratovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent;  Mamasoliev Zoxidjon Ne’matovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: harbiy xizmatchilarda alimentar semizlikning xavf omillarni bashoratlash tizimini ilmiy asoslash va  oldini olishning gigienik chora-tadbirlarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli yosh va jinsga mansub harbiy xizmatchilarda ish yuklamasini inobatga olgan holda  kun tartibi, sog‘lom ovqatlanish xulqi va madaniyati, jimoniy yuklamaning darajalarining alimentar semizlikni tarqalishidagi xususiyatlarini, ularning xizmat sharoitlari, hayot tarzi hamda ijtimoiy holati bilan korrelyasion  bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor harbiy xizmatchilarning semizlik darajasini baholashda an’naviy usul hisobgangan tana vazni indeksi baholash mezonini o‘lchov sifatida foydalanishning jismonan rivojlangan va kunlik yuqori jismoniy yuklamagan ega kun tartibidagi harbiy xizmatchilarning tana vaznini o‘lchash va baholashdagi kamchilik va ishonchsizligi isbotlangan;
harbiy xizmatchilarning semizlik darajasini baholash va monitoring qilishda armiyada o‘rnatilgan amaldagi baholash usullariga nisbatan ilk maratoba tanadagi yashirin yog‘ to‘qimasining mushak, suyak,  faol hujayralar va suyuqliklar miqdorini aniq ko‘rsatib beruvchi bioimpedansometrik tekshiruv usulining yuqori samaradorligi va afzalliklari asoslangan;
harbiy xizmatchilarning jismoniy faollik darajasi, kunlik harakatlar xronometraji va xizmat sharoitlari bilan bog‘liq alimentar semizlikka olib keluvchi xavf omillarini oldindan bashoratlash tizimining turli harbiy jamoalardagi samaradorligini belgilovchi modifikatsiyalangan testlar yordamida aniqlashning yuqori, o‘rtacha va past darajalarini o‘rni isbotlangan;
harbiy xizmatchilarda alimentar semizlikning oldini olishga qaratilgan jismoniy faollik va sog‘lom ovqatlanish (UzARMY  JFSO) chora-tadbirlar dasturi yaratilib, ushbu dasturga muvofiq harbiy xizmatchilarda alimentar semizlikning xavf omillarini bashoratlash tizimi va oldini olish mexanizmining samardorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Harbiy xizmatchilarda alimentar semizlikning xavf omillarini bashoratlash va oldini olishning gigienik chora-tadbirlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot olingan natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: turli yosh va jinsga mansub harbiy xizmatchilarda ish yuklamasini inobatga olgan holda  kun tartibi, sog‘lom ovqatlanish xulqi va madaniyati, jimoniy yuklamaning darajalarining alimentar semizlikni tarqalishidagi xususiyatlarini, ularning xizmat sharoitlari, hayot tarzi hamda ijtimoiy holati bilan korrelyasion  bog‘liqligi isbotlangani bo‘yicha takliflar QK HTA muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yilning 16 yanvardagi 4-son bilan tasdiqlangan «Alimentar semizlikning harbiy xizmatchilarning hayot sifati va jismoniy-ruhiy holatiga ta’sirini baholash tartibi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi bo‘yicha 22.01.2025 yildagi 10-son, Samarqand sanitariya-epidemiologiya nazorat bo‘limi bo‘yicha 21.01.2025 yildagi 2-son, Termiz sanitariya- epidemiologiya nazorat bo‘limi bo‘yicha 17.01.2025 yildagi 6-son, Farg‘ona sanitariya-epidemiologiya nazorat bo‘limi bo‘yicha 21.01.2025 yildagi 5-son, Nukus sanitariya-epidemiologiya nazorat bo‘limi bo‘yicha 4.01.2025 yildagi 5-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: mazkur uslubiy tavsiyanoma xarbiy xizmatchilarda alimentar semizlikning tarqalish darajasi va xususiyatlari, ularning xizmat sharoitlari, hayot tarzi va ijtimoiy holati bilan bog‘liqligini baholash imkonini berib, harbiy xizmatchilarning tana tuzilishi, jismoniy faolligi, kun tartibi va kunlik ovqatlanish ratsionini nazorati to‘g‘risidagi ma’lumotlardan xabardor bo‘lishga xizmat qilgani bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: harbiy xizmatchilarning ovqatlanish bilan bog‘liq semizlik holatlarini erta tashxislash va ularning xizmat sharoitlari, hayot tarzi va ijtimoiy holati bilan bog‘liqligini muntazam baholab borish orqali, kelgusidagi murakkab tibbiy tekshiruvlar uchun sarf bo‘ladigan xarajatlar qisqarib, 1 nafar bemor harbiy xizmatchi hisobiga byudjet mablag‘larini 408013 so‘mni iqtisod qilish imkoni berishga muayyan darajada xizmat qilgan;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor harbiy xizmatchilarning semizlik darajasini baholashda an’naviy usul hisobgangan tana vazni indeksi baholash mezonini o‘lchov sifatida foydalanishning jismonan rivojlangan va kunlik yuqori jismoniy yuklamagan ega kun tartibidagi harbiy xizmatchilarning tana vaznini o‘lchash va baholashdagi kamchilik va ishonchsizligi isbotlangani bo‘yicha takliflar QK HTA muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yilning 16 yanvardagi 4-son bilan tasdiqlangan «Harbiy xizmatchilning tana tuzilishini bioimpedans analizatori yordamida baholash uslubi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif  O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi bo‘yicha 22.01.2025 yildagi 10-son, Samarqand sanitariya-epidemiologiya nazorat bo‘limi bo‘yicha 21.01.2025 yildagi 2-son, Termiz sanitariya- epidemiologiya nazorat bo‘limi bo‘yicha 17.01.2025 yildagi 6-son, Farg‘ona sanitariya-epidemiologiya nazorat bo‘limi bo‘yicha 21.01.2025 yildagi 5-son, Nukus sanitariya-epidemiologiya nazorat bo‘limi bo‘yicha 4.01.2025 yildagi 5-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: mazkur uslubiy tavsiyanoma xarbiy xizmatchilarda alimentar semizlikning tarqalish darajasi va xususiyatlari, ularning xizmat sharoitlari, hayot tarzi va ijtimoiy holati bilan bog‘liqligini baholash imkonini berib, harbiy xizmatchilarning tana tuzilishi, jismoniy faolligi, kun tartibi va kunlik ovqatlanish ratsionini nazorati to‘g‘risidagi ma’lumotlardan xabardor bo‘lishga xizmat qilgani bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: taktik bo‘g‘indagi harbiy qism va muassasalar, xususan tibbiyot punktlarida shaxsiy tarkibning semizlik darajasini aniqlashning ishonchli usulini tatbiq etish orqali harbiy xizmatchilarning salomatligini saqlash va erta aniqlangan semizlik holatlariga qarshi profilaktik ishlarining o‘z vaqtida boshlanishi ortidan harbiy xizmatdan erta bo‘shatilishining oldi olinishi, shuningdek, qo‘shimcha mutaxassislarning ko‘riklari va qimmat tibbiy tekshiruvlarning oldi olinishi hisobiga moliyaviy mablag‘larning tejalishiga erishilgan va taklif etilayotgan semizlikni aniqlashning yangicha yondashuv orqali 1 nafar bemor harbiy xizmatchi hisobiga byudjet mablag‘larini 487363 so‘mni iqtisod qilish imkoni berishga muayyan darajada xizmat qilgan;
uchinchi ilmiy yangilik: harbiy xizmatchilarning semizlik darajasini baholash va monitoring qilishda armiyada o‘rnatilgan amaldagi baholash usullariga nisbatan ilk maratoba tanadagi yashirin yog‘ to‘qimasining, mushak, suyak,  faol hujayralar va suyuqliklar miqdorini aniq ko‘rsatib beruvchi bioimpedansometrik tekshiruv usulining yuqori samaradorligi va afzalliklari asoslangani bo‘yicha takliflar QK HTA muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yilning 16 yanvarda 4-son bilan tasdiqlangan «Harbiy xizmatchilning tana tuzilishini bioimpedans analizatori yordamida baholash uslubi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif  O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi bo‘yicha 22.01.2025 yildagi 10-son, Samarqand sanitariya-epidemiologiya nazorat bo‘limi bo‘yicha 21.01.2025 yildagi 2-son, Termiz sanitariya- epidemiologiya nazorat bo‘limi bo‘yicha 17.01.2025 yildagi 6-son, Farg‘ona sanitariya-epidemiologiya nazorat bo‘limi bo‘yicha 21.01.2025 yildagi 5-son, Nukus sanitariya-epidemiologiya nazorat bo‘limi bo‘yicha 4.01.2025 yildagi 5-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: mazkur uslubiy tavsiyanoma xarbiy xizmatchilarda alimentar semizlikning tarqalish darajasi va xususiyatlari, ularning xizmat sharoitlari, hayot tarzi va ijtimoiy holati bilan bog‘liqligini baholash imkonini berib, harbiy xizmatchilarning tana tuzilishi, jismoniy faolligi, kun tartibi va kunlik ovqatlanish ratsionini nazorati to‘g‘risidagi ma’lumotlardan xabardor bo‘lishga xizmat qilgani bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi:  harbiy xizmatchilarning semizlik darajasini baholash va monitoring qilishda bioimpedansometrik tekshiruv usulini qo‘llash ortidan jangovar bo‘linmalardagi jismonan yaxshi rivojlangan harbiy xizmatchilarga TVI formulasini qo‘llagan holda semizlik darajasi tashxisini noto‘g‘ri qo‘yilishining oldi olinadi, shuningdek, asoslantirilmagan semizlik tashxisi qo‘yilgan harbiy xizmatchilarni normal tana vazniga qaytarish bo‘yicha qo‘shimcha tibbiy tekshiruvlar hamda gospitalizatsiya bilan bog‘liq moliyaviy mablag‘larning iqtisod qilinishiga erishiladi va qo‘shimcha tibbiy tekshiruvlar va gospitalizatsiya uchun ajratiladigan mablag‘larning tejalishi hisobiga kuniga 1 nafar bemor harbiy xizmatchi hisobiga byudjet mablag‘larini 487363 so‘mni iqtisod qilish imkoni berishga muayyan darajada xizmat qilgan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: harbiy xizmatchilarning jismoniy faollik darajasi, kunlik harakatlar xronometraji va xizmat sharoitlari bilan bog‘liq alimentar semizlikka olib keluvchi xavf omillarini oldindan bashoratlash tizimining turli harbiy jamoalardagi samaradorligini belgilovchi modifikatsiyalangan testlar yordamida aniqlashning yuqori, o‘rtacha va past darajalarini o‘rni isbotlangani bo‘yicha takliflar QK HTA muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yilning 16 yanvardagi 4-son bilan tasdiqlangan “Harbiy xizmatchilarda alimentar semizlikning xavf omillarini bashoratlash uslubi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif  O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi bo‘yicha 22.01.2025 yildagi 10-son, Samarqand sanitariya-epidemiologiya nazorat bo‘limi bo‘yicha 21.01.2025 yildagi 2-son, Termiz sanitariya- epidemiologiya nazorat bo‘limi bo‘yicha 17.01.2025 yildagi 6-son, Farg‘ona sanitariya-epidemiologiya nazorat bo‘limi bo‘yicha 21.01.2025 yildagi 5-son, Nukus sanitariya-epidemiologiya nazorat bo‘limi bo‘yicha 4.01.2025 yildagi 5-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: mazkur uslubiy tavsiyanoma xarbiy xizmatchilarda alimentar semizlikning tarqalish darajasi va xususiyatlari, ularning xizmat sharoitlari, hayot tarzi va ijtimoiy holati bilan bog‘liqligini baholash imkonini berib, harbiy xizmatchilarning tana tuzilishi, jismoniy faolligi, kun tartibi va kunlik ovqatlanish ratsionini nazorati to‘g‘risidagi ma’lumotlardan xabardor bo‘lishga xizmat qilgani bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: harbiy xizmatchilarda alimentar semizlikka olib keluvchi xavf omillarini oldindan bashoratlash tizimini qo‘llash orqali semizlikni tashxislash bo‘yicha qo‘shimcha tibbiy tekshiruvlar va mutaxassislar ko‘riklarini oldi olinib, kuniga 1 nafar bemor harbiy xizmatchi hisobiga byudjet mablag‘larini 291013 so‘mni iqtisod qilish imkoni berishga muayyan darajada xizmat qilgan;
beshinchi ilmiy yangilik: harbiy xizmatchilarda alimentar semizlikning oldini olishga qaratilgan jismoniy faollik va sog‘lom ovqatlanish (UzARMY  JFSO) chora-tadbirlar dasturi yaratilib, ushbu dasturga muvofiq harbiy xizmatchilarda alimentar semizlikning xavf omillarini bashoratlash tizimi va oldini olish mexanizmining samardorligi isbotlangani bo‘yicha takliflar QK HTA muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yilning 16 yanvardagi 4-son bilan tasdiqlangan «Alimentar semizlikning harbiy xizmatchilarning hayot sifati va jismoniy-ruhiy holatiga ta’sirini baholash tartibi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif  O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi bo‘yicha 22.01.2025 yildagi 10-son, Samarqand sanitariya-epidemiologiya nazorat bo‘limi bo‘yicha 21.01.2025 yildagi 2-son, Termiz sanitariya- epidemiologiya nazorat bo‘limi bo‘yicha 17.01.2025 yildagi 6-son, Farg‘ona sanitariya-epidemiologiya nazorat bo‘limi bo‘yicha 21.01.2025 yildagi 5-son, Nukus sanitariya-epidemiologiya nazorat bo‘limi bo‘yicha 4.01.2025 yildagi 5-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: mazkur uslubiy tavsiyanoma xarbiy xizmatchilarda alimentar semizlikning tarqalish darajasi va xususiyatlari, ularning xizmat sharoitlari, hayot tarzi va ijtimoiy holati bilan bog‘liqligini baholash imkonini berib, harbiy xizmatchilarning tana tuzilishi, jismoniy faolligi, kun tartibi va kunlik ovqatlanish ratsionini nazorati to‘g‘risidagi ma’lumotlardan xabardor bo‘lishga xizmat qilgani bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: alimentar semizlikning oldini olishga qaratilgan jismoniy faollik va sog‘lom ovqatlanish (UzARMY  JFSO) chora-tadbirlarining keng ko‘lamdagi qo‘llanilishi semizlikning turli darajalari tashxisi qo‘yilgan harbiy xizmatchilarni normal tana vazniga qaytarish bo‘yicha qo‘shimcha tibbiy tekshiruvlar hamda gospitalizatsiya bilan bog‘liq moliyaviy mablag‘larning tejalishi kuniga 1 nafar bemor harbiy xizmatchi hisobiga byudjet mablag‘larini 291013 so‘mni iqtisod qilish imkoni berishga muayyan darajada xizmat qilgan.
Olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalarining amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Harbiy kadrlarni tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i 2025 yil 6 martdagi 11-sonli bayyonnomasiga asosan xulosa olingan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish