Murodov Rustamjon Mamadjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxtani yirik iflosliklardan tozalashda samaradorligi yuqori bo‘lgan yangi tozalagich konstruksiyasini ishlab chiqish”, 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnik tizimlar” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T76
Ilmiy maslahatchi: Kulmatov Ilxom Tursunmuradovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tolali ekinlar ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Tolali ekinlar ilmiy tadqiqot instituti” DSc.30/30.11.2021.T.141.01
Rasmiy opponentlar: “Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti”dan texnika fanlari doktori, professor Rosulov Ro‘zimurod Xasanovich, “Farg‘ona davlat universiteti”dan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Shuxratov Sharof Shuxratovich.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta xom-ashyosini yirik iflosliklardan tozalashda, arrachali barabanlarga yo‘naltiriladigan paxta xom-ashyosini titilgan holda yuqori aniqlikdagi ish unumdorligida rostlash imkoniyatlarini yaratish orqali yangi tozalagich uskunasini yaratish va konstruktiv parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arrachali barabanga paxtani bir maromda titib ta’minlab berish shartidan paxta bo‘yicha ish unumdorligini rostlash imkoniyatini yaratish orqali kurakchali baraban va kolosnikli taroqning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
kurakchali baraban sirtidagi paxta oqimining sarfiga kolosnikni parametrlari va o‘rnatish burchagini ta’sirini matematik qonuniyatlari paxta oqimini nazariy mexanikaning material nuqta sifatida kolosniklarga urilgandan keyingi traektoriyasini aniqlash tenglamalaridan foydalanib ishlab chiqilgan;
taklif etilgan paxtani yirik iflosliklardan tozalash uskunasida paxtani titish ishchi organining geometrik va kinematik parametrlarini aniqlash orqali uning ish unumdorligini oshirilgan va kolosnikli taroq va kurakchali barabanning oraliq masofasini ish unumdorligiga ta’sirini matematik moduli aniqlangan;
paxtaning seleksion va sanoat naviga bo‘liq ravishda kurakli ta’minlagichning kolosnikli tarog‘ini gorizontal tekislikka nisbatan o‘rnatish burchagi 100, kurakchali barabanni kolosnikli panjaradan chiqib turish balandligi 30 mm va kolosnik uchi bilan uskuna korpusi oraliq masofalari 40 mm ga teng bo‘lgan maqbul qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Paxtani dastlabki tabiiy sifat ko‘rsatkichlarini saqlab qoluvchi resurstejamkor, samaradorligi yuqori bo‘lgan tozalash texnologiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
taklif etilgan oqimli texnologik mashinaning yirik ifloslikdan tozalash bo‘limining takomillashtirilgan konstruksiyasi Andijon viloyati, Shahrixon tumanidagi “SEEDS OF DIVERSITY” MChJda paxtani tozalashning UXK oqimli tozalash uskunasini o‘rniga o‘rnatilib joriy etilgan. (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 4-yanvardagi 03/25-21-son joriy qilish to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi). Natijada paxtani yirik iflosliklardan tozalash samaradorligi 10-12% ortgan, tozalashga sarflanadigan energiya sarfini 28,8 % yoki
15 kVt/soatga tejalishiga erishilgan va paxtani yirik iflosliklardan tozalash samaradorligini oshirish orqali paxta tolasining sifati 0,1 % yaxshilanish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish