Sodiqov Timur Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fotoelektrik modullarning optik yuzasini changdan tozalash qurilmasini takomillashtirish”, 05.05.06 – “Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T3166
Ilmiy rahbar: Zikrillaev Xayrulla Fatxullaevich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Uzoqov G‘ulomjon Norboevich, texnika fanlari doktori, professor; Rasaxodjaev Baxramjan Sabirovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Fizika-texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fotoelektrik modullarning samaradorligini ularning optik yuzasini changdan tozalovchi qurilma konstruksiyasini takomillashtirish hisobiga oshirish.    
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tozalash qurilmasini tezligi asosida ishqalanish koeffisientini hisobga olib fotoelektrik modullarning optik yuzasini tozalash uchun zarur bo‘lgan energiya sarfini aniqlashga va suv sarfini optimallashtirishga imkon beruvchi matematik model takomillashtirilgan;  
elektr mexanik tizim va  energiya tejamkor elektr dvigatel asosida modul o‘lchamlarini hisobga olib 1,67 m2 yuzaga ega bo‘lgan fotoelektrik modulni bitta tozalash siklini 24 sekundda amalga oshirish natijasida fotoelektrik modullarning optik yuzasini tozalash qurilmasi takomillashtirilgan;
tozalash qurilmasiga ega bo‘lgan fotoelektrik modulning nisbiy foydali ish koeffisienti, changlangan fotoelektrik modulga nisbatan o‘rtacha 7,7 % ga tiklangani, uning chiqish quvvati 7,9 % ga ortishi eksperimental va nazariy ko‘rsatkichlarni qiyoslash yordamida asoslangan;
ilk bor RS 711 va besh kontaktli universal relelardan tashkil topgan elektr mexanik tizim asosida modul uzunligini hisobga olib fotoelektrik modullarning optik yuzasini changdan tozalash uchun zarur bo‘lgan vaqt sarfini qisqartirishga imkon beruvchi usul va algoritm takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fotoelektrik modullarning optik yuzasini changdan tozalovchi qurilmani takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
fotoelektrik modullarning optik yuzasini changdan tozalovchi konstruksiyasi takomillashtirilgan qurilma “SUN-HIGHTECH” MChJ ga joriy etilgan (“O‘zeltexsanoat” uyushmasi 24.06.2024 y. 04-3/971-son ma’lumotnomasi). Natijada fotoelektrik modullarning optik yuzasini changdan tozalash hisobiga yiliga qo‘shimcha 11880 kVt·soat yashil elektr energiyasini olish, 4098,6 kg ko‘mir va 4466,88 m3 tabiy gazni tejash hamda o‘z navbatida CO2 emissiyasini mos ravishda 14754,6 kg va 9380,44 kg ga kamaytirish mumkinligi aniqlangan. Bunda kutilayotgan iqtisodiy samara 65 284 818 som sof foyda olish imkonini bergan;
fotoelektrik modullarning optik yuzasini changdan tozalash uchun zarur bo‘lgan vaqt sarfini qisqartirishga imkon beruvchi usul va algoritm “SUN-HIGHTECH” MChJ ga joriy etilgan (“O‘zeltexsanoat” uyushmasi 24.06.2024 y. 04-3/971-son ma’lumotnomasi). Natijada, fotoelektrik modullarning optik yuzasini changdan tozalovchi qurilma ishlash vaqtini mavjud analogiga nisbatan o‘rtacha 8 marta qisqartirish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish