Axmedjanova Xurshida Zokirjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Past tuxumdon zaxirali kech reproduktiv yoshdagi ayollarda fertillikni tiklashni optimallashtirish”, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2022.4.PhD/Tib3101.
Ilmiy rahbar: Shukurov Farxad Ishkulovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Zufarova Shaxnoza Alimdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Eshimbetova Gulsara Zakirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi past tuxumdon zaxirali kech reproduktiv yoshdagi ayollar fertilligini tiklashni optimallashtirishga oid innovatsion davolash usullarini ishlab chiqish va ular samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
past tuxumdon zaxirali kech reproduktiv yoshdagi ayollarda (retrospektiv tahlil asosida) xayz sikli buzilishlari 70%da, anovulyasiya 30%da, reproduktiv funksiya buzilishi 72–76,6%da kuzatilishi, birlamchi bepushtlik 38–42%, ikkilamchi bepushtlik 58–62% ni tashkil etishi, gormonal disbalans 58–78% da aniqlanishi hamda kompleks davolash fonida homiladorliklar salmog‘i 19,4% dan oshmagani isbotlangan;
past tuxumdon zaxirali kech reproduktiv yoshdagi ayollarda (gormonal tahlillar asosida) fertillikni prognozlashda gormonal markerlarning prognostik ahamiyati ROC-analiz yordamida baholanib, FSG (AUC = 0,86; sezgirlik – 83%; spesifiklik – 77%), LG – 0,87;(81%,79%), estradiol –0,88; 84%,80%), progesteron – 0,88;(83%,78%) va testosteron – 0,85;(79%,75%) ko‘rsatkichlari samarali prognozlash imkonini berishi, hamda tuxumdon faolligining pasayishi bilan gormonal disbalans o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik isbotlangan;
past tuxumdon zaxirali kech reproduktiv yoshdagi ayollarda (immunologik tahlillar asosida) VEGF, IGF-1 va TGF-β o‘sish omillarining miqdoriy darajalariga asoslangan fertillikni tiklanishini prognozlash modeli ishlab chiqilib, unga ko‘ra I-guruh uchun Rf = 94,7%, II-guruh uchun – 18,2%, III-guruh uchun – 84,1% ni tashkil etib, fertillik tiklanishini prognozlashda yuqori aniqlikka egaligi isbotlangan;
past tuxumdon zaxirali kech reproduktiv yoshdagi ayollarda (PRP-terapiya va Fertizil F preparatini birgalikda qo‘llash asosida) ovarial funksiya, gormonal, exografik va dopplerometrik ko‘rsatkichlarning ishonchli yaxshilanishi, VEGF, IGF-1 va TGF-β o‘sish omillari darajalarining sezilarli ortishi, mikrotsirkulyasiya va trofikaning faollashganini, ovulyasiya salimog‘i guruxlarda mos ravishda 42,0% va 27,5%ni, homiladorlik salmog‘inining guruhlarda mos ravishda 34,0% va 22,5% ortishiga olib kelib ushbu innovatsion davolash usulining yuqori samarador ekanligi isbotlagan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Past tuxumdon zaxirali kech reproduktiv yoshdagi ayollarda ayollarda umumklinik, exodopplerometrik, immunologik va gormonal tekshiruvlar orqali reproduktiv funksiyasining o‘ziga xos klinik xususiyatlarini aniqlash hamda fertillikni optimallashtirishga yo‘naltirilgan davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: past tuxumdon zaxirali kech reproduktiv yoshdagi ayollarda xayz sikli buzilishlari 70%, anovulyasiya 30%, reproduktiv funksiya buzilishi 72–76,6% da kuzatilishi, birlamchi bepushtlik 38–42%, ikkilamchi bepushtlik 58–62% ni tashkil etishi, gormonal disbalans 58–78% da aniqlanishi hamda kompleks davolash fonida homiladorliklar salmog‘i 19,4% dan oshmagani isbotlangan hamda ular natijalari asosida "Past tuxumdon zaxirali kech reproduktiv yoshdagi ayollarda fertilligi holatini, tashxislash, prognozlash va tiklash usullari" nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilib (22.05.2023 yilda O‘zbekiston Respublikasi SSV Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 05-23/52-t sonli ma’lumotnomasi), Respublika perinatal markazi bo‘yicha 12.08.2024 yildagi 188-son buyrug‘i va Toshkent shahar 9-sonli tumanlararo perinatal markazi bo‘yicha 10.09.2024yildagai 85-son buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/58-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: past tuxumdon zaxirali kech reproduktiv yoshdagi ayollarda (retrospektiv tahlil asosida) menstrual buzilishlar, anovulyasiya va reproduktiv funksiya buzilishi yuqori salmoqda qayd etilishi, homiladorlik darajasining juda past ko‘rsatkichi, mavjud standart davolash usullarining samarasizligini ko‘rsatib, bu holat innovatsion yondashuvlarni joriy etish zaruratini belgilab, fertillik muammosi bo‘lgan ayollar uchun zamonaviy, samarali va ehtiyojga mos muolajalarni taklif etish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: biomarkerlarga asoslangan individual yondashuv va innovatsion PRP-terapiyani joriy etish hisobiga gormonal stimulyasiyalar va EKUga bo‘lgan ehtiyoj kamayib, har bir bemor uchun o‘rtacha 200000–2500000 so‘m miqdorida xarajat tejalishi, 90 nafar ayol tahlilida esa jami 180000000–225000000 so‘m tejash imkonini bergan. Xulosa: past tuxumdon zaxirali ayollarda fertillikka oid buzilishlar yuqori uchrashi, standart davolash samaradorligining pastligi aniqlanib, shu asosda fertillikni baholash, prognozlash va tiklashga qaratilgan innovatsion yondashuvlar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: past tuxumdon zaxirali kech reproduktiv yoshdagi ayollarda (gormonal tahlillar asosida) fertillikni prognozlashda gormonal markerlarning prognostik ahamiyati ROC-analiz yordamida baholanib, FSG (AUC = 0,86; sezgirlik – 83%; spesifiklik – 77%), LG (AUC = 0,87; sezgirlik – 81%; spesifiklik – 79%), estradiol (AUC = 0,88; sezgirlik – 84%; spesifiklik – 80%), progesteron (AUC = 0,88; sezgirlik – 83%; spesifiklik – 78%) va testosteron (AUC = 0,85; sezgirlik – 79%; spesifiklik – 75%) ko‘rsatkichlari samarali prognozlash imkonini berishi, hamda tuxumdon faolligining pasayishi bilan gormonal disbalans o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi ilmiy jihatdan isbotlangan hamda ular natijalari asosida "Past tuxumdon zaxirali kech reproduktiv yoshdagi ayollarda fertilligi holatini, tashxislash, prognozlash va tiklash usullari" nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilib (22.05.2023 yilda O‘zbekiston Respublikasi SSV Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 05-23/52-t sonli ma’lumotnomasi), Respublika perinatal markazi bo‘yicha 12.08.2024 yildagi 188-son buyrug‘i va Toshkent shahar 9-sonli tumanlararo perinatal markazi bo‘yicha 10.09.2024yildagai 85-son buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/58-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: gormonal markerlar asosida fertillikni prognozlash imkonining aniq ko‘rsatkichlar (AUC, sezgirlik, spesifiklik) bilan baholanishi, past tuxumdon zaxirali ayollarda reproduktiv funksiyaning holatini erta baholash va individual yondashuvni shakllantirish, hamda ovulyator faollik va gormonal disbalansni aniqlashda ayollarning fertillik muammolariga barvaqt echim taklif qilish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot davomida gormonal markerlar orqali fertillikni baholash imkoni yaratilishi orqali ortiqcha, samarasiz gormonal davolash, EKU yoki tekshiruvlarni qisqartirish, bemorlarga zarur bo‘lmagan qimmat muolajalarning oldini olish imkoni yaratilib, har bir ayol uchun o‘rtacha 1500000–2000000 so‘m mablag‘ni tejab, umumiy hisobda tadqiqot guruhida 13500000–18000000 so‘m miqdorida mablag‘ tejash imkonini bergan. Xulosa: fertillikni prognozlashda FSG, LG, estradiol, progesteron va testosteron gormonlarining AUC, sezgirlik va spesifiklik ko‘rsatkichlari yuqori ekanligi, individual prognozlashda samarali qo‘llanilishini tasdiqlab, ushbu markerlar asosida fertillikni baholash, prognozlash va davolash taktikalarini aniqlashda zamonaviy ilmiy asoslangan yondashuv sifatida tavsiya etish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: past tuxumdon zaxirali kech reproduktiv yoshdagi ayollarda (immunologik tahlillar asosida) VEGF, IGF-1 va TGF-β o‘sish omillarining miqdoriy darajalariga asoslangan fertillikni tiklanishini prognozlash modeli ishlab chiqilib, unga ko‘ra I-guruh uchun Rf = 94,7%, II-guruh uchun – 18,2%, III-guruh uchun – 84,1% ni tashkil etib, fertillik tiklanishini prognozlashda ushbu prognozlash modeli yuqori aniqlikka ega innovatsion usul sifatida tavsiya etilishi isbotlangan va ular natijalari asosida "Past tuxumdon zaxirali kech reproduktiv yoshdagi ayollarda fertilligi holatini, tashxislash, prognozlash va tiklash usullari" nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilib (22.05.2023 yilda O‘zbekiston Respublikasi SSV Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 05-23/52-t sonli ma’lumotnomasi), Respublika perinatal markazi bo‘yicha 12.08.2024 yildagi 188-son buyrug‘i va Toshkent shahar 9-sonli tumanlararo perinatal markazi bo‘yicha 10.09.2024yildagai 85-son buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/58-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: VEGF, IGF-1 va TGF-β o‘sish omillariga asoslangan prognozlash modeli past tuxumdon zaxirali kech reproduktiv yoshdagi ayollarda fertillik tiklanish ehtimolini erta va ishonchli baholash imkonini yaratib, ayollarning yuqori xavfli guruhlarida fertillik muammolarini aniqlash, samarali muolajalarni tanlash va reproduktiv salohiyatni saqlash bo‘yicha individual yondashuvlarni joriy etishga xizmat qilib, ayollarning hayot sifati va ijtimoiy faolligini oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: fertillikni prognozlashda an’anaviy va qimmat tahlillar o‘rniga immunologik o‘sish omillari asosida ishlab chiqilgan modeli bemorga yotmasdan, barvaqt, samarali baholash imkonini berib, ortiqcha gormonal stimulyasiyalar, EKU kabi xarajatli protokollarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi hamda bunday yondashuv har bir bemor uchun o‘rtacha 200000–3000000 mln so‘m xarajatni tejab, 90 nafar ayol uchun jami 18000000–27000000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: past tuxumdon zaxirali ayollarda VEGF, IGF-1 va TGF-β darajalariga asoslangan fertillikni prognozlash modeli Rf ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori aniqlikka guruxlarda mos ravishda 94,7%, 18,2%, va 84,1% ega bo‘lib, immunologik prognostik usul sifatida klinik amaliyotda qo‘llash imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: past tuxumdon zaxirali kech reproduktiv yoshdagi ayollarda (PRP-terapiya va Fertizil F preparatini birgalikda qo‘llash asosida) ovarial funksiya, gormonal, exografik va dopplerometrik ko‘rsatkichlarning ishonchli yaxshilanishi, VEGF, IGF-1 va TGF-β o‘sish omillari darajalarining sezilarli ortishi, mikrotsirkulyasiya va trofikaning faollashganini, ovulyasiyaga darajasi guruxlarda mos ravishda 42,0% va 27,5%ni, homiladorlik holatlari mos ravishda 34,0% va 22,5% ni tashkil etib ushbu innovatsion davolash usulining yuqori klinik samaradorligini isbotlagan va ular natijalari asosida "Past tuxumdon zaxirali kech reproduktiv yoshdagi ayollarda fertilligi holatini, tashxislash, prognozlash va tiklash usullari" nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilib (22.05.2023 yilda O‘zbekiston Respublikasi SSV Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 05-23/52-t sonli ma’lumotnomasi), Respublika perinatal markazi bo‘yicha 12.08.2024 yildagi 188-son buyrug‘i va Toshkent shahar 9-sonli tumanlararo perinatal markazi bo‘yicha 10.09.2024 yildagi 85-son buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/58-son xulosasi. Ijtimoiy samaradorligi: PRP-terapiya va Fertizil F kombinatsiyasi past tuxumdon zaxirali kech reproduktiv yoshdagi ayollarda ovulyasiya (42,0% va 27,5%) va homiladorlik (34,0% va 22,5%) holatlarini sezilarli darajada oshirishga erishgan. Ushbu innovatsion usul reproduktiv salohiyatni tiklashda aniq samara berishi bilan birga, reproduktiv yoshdagi ayollarning hayot sifati, ijtimoiy barqarorligi va oila qurish imkoniyatlarini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: innovatsion PRP + Fertizil F terapiyasi an’anaviy qimmat gormonal stimulyasiyalarga va EKU protokollariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirib, ushbu yondashuvni joriy etish natijasida har bir bemor uchun o‘rtacha 2500000–3000000 so‘m xarajatni va 90 nafar ayol misolida umumiy 225000000–27000000 so‘m tejash imkonini bergan. Xulosa: Kech reproduktiv yoshdagi past tuxumdon zaxirali ayollarda PRP-terapiya va Fertizil F kombinatsiyasini qo‘llash tuxumdon funksiyani tiklash, trofik muhitni yaxshilash va fertillikni oshirishda klinik va iqtisodiy jihatdan samarali innovatsion usul sifatida tavsiya etish imkonini bergan.