Ruziqulov Maxmudjon Majidovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bosh miya qon-tomirlarining katta va gigant anevrizmalari bo‘lgan bemorlarni diagnostikasi va mikrojarroxlik davolashning zamonaviy usullari», 14.00.28 – Neyroxirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Tib663.
Ilmiy raxbar: Kariev Gayrat Maratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/04.07.2023.Tib.170.01
Rasmiy opponentlar: Alixodjaeva Gulnoraxan Alautdinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirzabaev Marat Jumabekovich tibbiyot fanlari doktori, (Qozog‘iston Respublikasi); Mirdjuraev Elbek Mirshavkatovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi:  Ujgorod milliy universiteti  (Ukraina).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  bosh miya qon-tomirlarining katta va gigant anevrizmalari bo‘lgan bemorlarni diagnostikasi va mikrojarrohlik davolashning zamonaviy usullarini takomillashtirish orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klinik (apoplektiform, psevdotumoroz, embolik, simptomsiz) va morfologik xususiyatlar (anevrizmaning bo‘yin qismidagi kalsinatlar, anevrizmaning gumbazidan arterial tomirlarning chikishi va gumbazning trombozlanishi) katta va gigant anevrizmalari bo‘lgan bemorlarda anevrizmatik kasallikning joylashuvi va klinik kechish turiga qarab aniqlangan;
katta va gigant bosh miya qon-tomirlari anevrizmalari bo‘lgan bemorlarni kompyuter tomografik angiografiya va bosh miya qon-tomirlari selektiv angiografiyasi asosida operatsiyasini rejalashtirish, qisqichlash turini tanlashga  bog‘liqligi isbotlangan;
katta va gigant bosh miya anevrizmalarini mikroxirurgik davolash uchun ishlab chiqilgan rekonstruktiv usulning samaradorligi (anevrizmani qisqichlash, so‘ngra  aspiratsiya va gumbaz  rezeksiyasi) isbotlangan (IAP № 7760, 15.07. 2024 yil);
operatsiya vaqtida jaroxatlanishni va jarroxlik kirish yo‘li bilan  bog‘liq bo‘lgan assosirlangan asoratlarni kamaytirish, tavsiya etilgan kaminvaziv jarroxlik usulini qo‘llash orqali asoslangan;
turli darajadagi tromblangan katta va gigant anevrizmalarning gumbazini rezeksiya qilganda operatsiyadan keyingi kuzatuvlarda rezidual anevrizma qayta uchramasligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 15 yanvardagi  11/20-sonli xulosasiga binoan:
birinchi ilmiy yangilik: klinik (apoplektiform, psevdotumoroz, embolik, simptomsiz) va morfologik xususiyatlar (anevrizmaning bo‘yin qismidagi kalsinatlar, anevrizmaning gumbazidan arterial tomirlarning chikishi va gumbazning trombozlanishi) katta va gigant anevrizmalari bo‘lgan bemorlarda anevrizmatik kasallikning joylashuvi va klinik kechish turiga qarab aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: katta va gigant anevrizmalari bo‘lgan bemorlarning apoplektik turi klinik ko‘rinishi  subaraxnoidal bo‘shliqga qon qo‘yilishi bilan xarakterlanadi va anevrizmalarning o‘lchamiga bog‘liq bo‘lmagan. Psevdotumoroz va embolik turlaridagi katta va gigant anevrizmalarda simptomatika anevrizmaning joylashuvi va uning o‘lchamiga bog‘liq bo‘lgan. Katta va gigant anevrizmalarning asosiy morfologik xususiyatlari, mikroxirurgik uslublarni tanlashga ta’sir ko‘rsatadigan omillar bo‘lib, anevrizma  qopchasining trombozlanishi, kal`sinatlar va anevrizmaning devorida ateroskleroz, anevrizma bo‘yin qismining kengligi, anevrizma qopchasidan distal qon-tomirlarning chiqishi hisoblanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiy markazi Farg‘ona filiali  (02.06.2022 y. №13), Surxondaryo filiali (10.02.2022 y. №15-T), Namangan filiali (14.12.2022 y. №300/1-A/F), Navoiy filiali (05.05.2022 y. №74), Sirdaryo filiali (07.11.2023 y. №126); Qashqadaryo filiali (08.02.2024 y. №35) neyroxirurgiya bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ilmiy  yangilikni amaliyotga joriy etish operatsiya vaqti va davolash uslublarini tanlash bo‘yicha ob’ektiv qaror qabul qilishga imkon berdi, bu esa davolash natijalarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu o‘limni, nogironlikni kamaytirishga va bemorlarning shifoxonada davolanish muddatini qisqartirishga yordam berdi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘z vaqtida tashxis qo‘yish tufayli shoshilinch qarorlar qabul qilish va yuzaga kelgan muammolarni  bartaraf etish asoratlarni oldini oladi va bemorlarni kuzatuv natijalari asosida davo uslubini taklif qilishga yordam beradi. Xulosa: natijalarni joriy etish, tezkor choralar ko‘rish, yuzaga kelgan muammolarni oldini olish va bartaraf etishni prognoz qilishga yordam berdi, shu bilan birga moliyaviy xarajatlarni kamaytirishga imkon berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: katta va gigant bosh miya qon-tomirlari anevrizmalari bo‘lgan bemorlarni kompyuter tomografik angiografiya va bosh miya qon-tomirlari selektiv angiografiyasi asosida operatsiyasini rejalashtirish, qisqichlash turini tanlashga bog‘liqligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: qisqichlash turini tanlashda operatsiyadan oldingi samarali rejalashtirish kompyuter tomografik angiografiyasi va selektiv bosh  miya qon-tomirlari angiografiyasi ma’lumotlariga asoslanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiy markazi Farg‘ona filiali  (02.06.2022 y. №13), Surxondaryo filiali (10.02.2022 y. №15-T), Namangan filiali (14.12.2022 y. №300/1-A/F), Navoiy filiali (05.05.2022 y. №74), Sirdaryo filiali (07.11.2023 y. №126); Qashqadaryo filiali (08.02.2024 y. №35) neyroxirurgiya bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish mikrojarrohlik davolash uslublarini tanlash bo‘yicha ob’ektiv qaror qabul qilish imkonini berdi, bu esa o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va mikrojarrohlik davolashga differensial yondashuvni qo‘llash imkonini berdi, bu esa statsionar davolanish muddatini qisqartiradi. Iqtisodiy samaradorligi: bosh miya qon-tomirlarining katta va gigant anevrizmalari bilan og‘rigan bemorlarni kompleks tekshirishni tartibga solish erta tashxis qo‘yish va davolash taktikasiga o‘z vaqtida qiyosiy yondashishga olib keldi, bu esa  davolash natijalarini yaxshilashga, bemorlarni erta faollashtirishga, kasalxonada davolanish muddatini qisqartirishga yordam berdi, bu xar bir bemor uchun 320000 – 400000 so‘mni tashkil etdi (RINIATM filiallari narxlari preyskurantiga ko‘ra, shifoxonada yotoq kuni 170000 so‘m). Xulosa: bosh miya qon-tomirlarining katta va gigant anevrizmalari bo‘lgan bemorlarni har tomonlama tekshirishdan o‘tkazish adekvat davolash taktikasini tanlashni ta’minladi va shu bilan o‘lim, nogironlik, statsionarda qolish va moliyaviy xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: katta va gigant bosh miya qon-tomirlari anevrizmalarini mikroxirurgik davolash uchun ishlab chiqilgan rekonstruktiv usulning samaradorligi (anevrizmani qisqichlash, so‘ngra  aspiratsiya va gumbaz  rezeksiyasi) isbotlangan (IAP № 7760, 15.07.2024 yil). Ilmiy yangilikning ahamiyati: katta va gigant bosh miya qon-tomirlari anevrizmalarini mikrojarrohlik yo‘li bilan davolash uchun takomillashtirilgan rekonstruktiv uslub (anevrizmani qisqichlash, so‘ngra aspiratsiya va gumbazni rezeksiya qilish) atrofdagi bosh miya tuzilmalariga ezilishigi  va hajmli ta’sirdan bartaraf etadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiy markazi Farg‘ona filiali  (02.06.2022 y. №13), Surxondaryo filiali (10.02.2022 y. №15-T), Namangan filiali (14.12.2022 y. №300/1-A/F), Navoiy filiali (05.05.2022 y. №74), Sirdaryo filiali (07.11.2023 y. №126); Qashqadaryo filiali (08.02.2024 y. №35) neyroxirurgiya bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: takomillashtirilgan  rekonstruktiv metodikani qo‘llashdagi aniq samaradorlik, bemorlarning hayot sifati oshishiga yordam beradi, bemorlarni erta faollashtirishni ta’minlaydi va operatsiyadan keyingi asoratlarning rivojlanishini oldini oladi. Iqtisodiy samaradorligi: anevrizmani qisqichlashdan  farqli o‘laroq, anevrizmani qisqichlash, so‘ngra  aspiratsiya va gumbaz  rezeksiyasi qilish, bu usul atrofdagi bosh miya tuzilmalarini ezilishini  va hajmli ta’sirdan bartaraf etadi. Ushbu uslub hayot sifatini yaxshilash va nogironlikni kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: tadqiqotda ishlab chiqilgan rekonstruktiv uslub davolash natijalarini sezilarli darajada yaxshilaydi, operatsiyadan keyingi asoratlar xavfini kamaytiradi va an’anaviy va bizning usullarimiz o‘rtasidagi farq tufayli moliyaviy harajatlarni kamaytirdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: operatsiya vaqtida jaroxatlanishni va jarroxlik kirish yo‘li bilan bog‘liq bo‘lgan assosirlangan asoratlarni kamaytirish, tavsiya etilgan kaminvaziv jarroxlik usulini qo‘llash orqali asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: minimal invaziv kraniotomiya usuli an’anaviy usullardan farqli o‘laroq, terining kichik o‘lchamli kesilishi va eng kam to‘qimalar shikastlanishi bilan patologik markazga maksimal darajada kirish imkonini beradi. Bu usul kam shikastlidir va kattalar va bolalarda qo‘llanilishi mumkin. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiy markazi Farg‘ona filiali  (02.06.2022 y. №13), Surxondaryo filiali (10.02.2022 y. №15-T), Namangan filiali (14.12.2022 y. №300/1-A/F), Navoiy filiali (05.05.2022 y. №74), Sirdaryo filiali (07.11.2023 y. №126); Qashqadaryo filiali (08.02.2024 y. №35) neyroxirurgiya bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ushbu usul kasallarning hayot sifatini yaxshilaydi, erta faollashishni ta’minlaydi va operatsiyadan keyingi asoratlarni rivojlanishini oldini oladi. Kasallarning yaxshi tiklanishi, kosmetik va nevrologik holatlarining yaxshilanishi katta va gigant bosh miya qon-tomirlari anevrizmasi bo‘lgan bemorlarni ijtimoiy samaradorligini isbotlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: an’anaviy kraniotomiyadan farqli o‘laroq, mazkur uslub kam jarohatli bo‘lib, kosmetik nuqsonni tiklash maqsadida takror operatsiyalar o‘tkazishga ehtiyoj yo‘q. Bu uslub hayot sifatiga yaxshilanishga, nogironlikni kamaytirishga imkon beradi. Xulosa: taqomillashtirilgan kaminvaziv usuldagi operatsiyalar davolash natijalarini sezilarli darajada yaxshilaydi, operatsiyadan keyingi asoratlarning xavfini kamaytiradi va an’anaviy usul va bizning uslubimiz o‘rtasidagi farq tufayli xar bir bemorga o‘rtacha 2270000  so‘mni tashkil etadigan moliyaviy harajatlarni kamayishiga olib keldi.
beshinchi ilmiy yangilik: turli darajadagi tromblangan katta va gigant anevrizmalarning gumbazini rezeksiya qilganda operatsiyadan keyingi kuzatuvlarda rezidual anevrizma qayta uchramasligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ishlab chiqilgan usullardan foydalangan holda qiyosiy davolash taktikasini qo‘llash katta va gigant bosh miya qon-tomirlari  anevrizmasi bo‘lgan bemorlarda rezidual anevrizma qayta uchramasligi, og‘ir nogironlikni 5,9% ga, o‘limni 4,3% gacha kamaytirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiy markazi Farg‘ona filiali (02.06.2022 y. №13), Surxondaryo filiali (10.02.2022 y. №15-T), Namangan filiali (14.12.2022 y. №300/1-A/F), Navoiy filiali (05.05.2022 y. №74), Sirdaryo filiali (07.11.2023 y. №126); Qashqadaryo filiali (08.02.2024 y. №35) neyroxirurgiya bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tashxislash va davolash chora-tadbirlarni tizimlashtirish, ishlab chiqilgan dasturiy ta’minotlar kompleksida prognozlash, qiyosiy taktikani qo‘llash – o‘lim, nogironlik ko‘rsatkichlarini kamaytirdi, shifoxona o‘rin-kunlarini qisqartirdi. Iqtisodiy samaradorligi: katta va gigant bosh miya qon-tomirlari  anevrizmasi bo‘lgan bemorlarda  kompleks tashxislash, prognozlash, differensial davolash taktikasini qo‘llash neyroreanimatsiya o‘rin-kun harajatlarini xar bir bemorda o‘rtacha 1200000 so‘mga iqtisod qildi. Xulosa: ishlab chiqilgan bosh miya qon-tomirlari anevrizmasi bo‘lgan bemorlarni  qiyosiy davolash taktikasi sezilarli ravishda davolash natijalarini yaxshilaydi, shifoxona o‘rin-kunlarini qisqartirib xar bir bemor uchun harajatlarni o‘rtacha 5000000 so‘mga kamayishiga olib keldi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish