Cabirov Jasurbek Oltibaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Orqa miya intramedullyar o‘smalari bo‘lgan bemorlarni diagnostikasi va xirurgik davolashga zamonaviy yondashuv», 14.00.28 - Neyroxirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2550.
Ilmiy raxbar: Yuldashev Ravshan Muslimovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/04.07.2023.Tib.170.01
Rasmiy opponentlar: Norov Abduraxmon Ubaydulloevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc); Xudoyberdiev Kobiljon Tursunovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: intramedullyar orqa miya o‘smalari bo‘lgan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilash maqsadida kompleks tashxislash usullari va differensiyalangan jarrohlik taktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
operatsiya oldi etapida o‘smalarning gistologik turini prognoz kilishda klinik-radiologik protokolning (ekssentrik yoki sentral joylashuv, segment uzunligi, kontrastlanishi) samaradorligi isbotlangan;
orqa miya intramedullyar o‘smalari bo‘lgan bemorlarda ROC-statistik tahlil orqali dinamik IONM davomida N9-N13 va N9-N20 neyrofiziologik markerlarining qo‘llanishi jarrohlik aralashuvlaridagi asoratlar xavfini kamaytirishi aniqlangan;
orqa miya o‘smalarining gistologik turi jarrohlik taktikasiga tasir etishi aniklangan bo‘lib, orqa miya ependimomasi mavjud xolladra total rezeksiya va astrotsitomada esa subtotal rezeksiya yoki biopsiya o‘tqazish samarali ekanligi isbotlangan;
gidrosiringomieliya bilan assosirlangan orqa miya intramedullyar o‘smalarida likvorodinamikaning yaxshilanishi siringosubaraxnoid shuntlashning qo‘llanilishi bilan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 10 maydagi 7-sonli va ch/r 01-6/355-sonli xulosasiga binoan:
birinchi ilmiy yangilik: orqa miya intramedullyar o‘smalari bo‘lgan bemorlarda operatsiya oldi etapida o‘smalarning gistologik turini prognoz kilishda klinik-radiologik protokolning (ekssentrik yoki sentral joylashuv, segment uzunligi, kontrastlanishi) samaradorligi isbotlangan. Bu dooperatsion bosqichda intramedullyar orqa miya o‘smalarining taxminiy gistologiyasini aniqlash imkonini berdi. Bu yondashuv xirurgik davolash taktikasi tanloviga, jumladan, rezeksiya hajmi va qo‘shimcha usullar, masalan, intraoperatsion neyromonitoring qo‘llanishiga ta’sir ko‘rsatdi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: taklif etilgan protokol o‘smalarning morfologik xususiyatlarini diagnostika qilish aniqligini oshirib, xavfsiz davolash usullarini tanlashga yordam berdi. Radiologik ma’lumotlar, o‘sma o‘lchamlari, uning infil`tratsiya darajasi va siringomielitik kistalar mavjudligi kabi ko‘rsatkichlar operatsiyaga tayyorgarlikning asosiy qismini tashkil etdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash muassasalari, jumladan, 2025 yil 6 martdagi 61-I sonli buyruq asosida Xorazm viloyati Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining neyroxirurgiya bo‘limi va 2025 yil 6 martdagi 61-sonli buyruqqa ko‘ra Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpoq filialida joriy qilindi. Ijtimoiy samaradorligi: olib borilgan tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq qilinishi orqa miya intramedullyar o‘smalari bo‘lgan bemorlarda jarrohlik taktikasini tanlash bo‘yicha ob’ektiv qaror qabul qilishga yordam berdi, bu esa bemorlar hayot sifatini yaxshilash, ambulator va statsionar sharoitda davolanish muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: orqa miya intramedullyar o‘smalari bilan og‘rigan bemorlarning shifoxonada qolish muddatini 1) yotoq kunlarini o‘rtacha 20-25 kundan 5-10 kungacha qisqartirish orqali bemorning kasalxonada qolishini kamaytirish shifoxona xizmatlari uchun to‘lov miqdorini taxminan 5991 ming so‘mga kamaytiradi (998600 so‘m og‘ir bemorlar uchun intensiv terapiya palatasida bo‘lgan 1 kunlik preyskurant bo‘yicha to‘lov narxi); 2) bemorni erta ishga qaytarish operatsiyadan keyingi uzoq muddatli reabilitatsiya va dori-darmonlarni ta’minlash harajatlarini to‘lash uchun davlatga harajatni kamaytiradi va mavjud nogironlik uchun umrbod ijtimoiy ta’minot zarurligini istisno qiladi. Xulosa: radiologik va klinik belgilariga asoslangan protokol taklifi intramedullyar o‘smalarni tashxislash va xirurgik davolashni personalizatsiya qilish yo‘nalishida muhim qadam bo‘ldi. Bu diagnostika aniqligini oshirish, jarrohlikni optimallashtirish va bemorlarning funksional holatini yaxshilashga imkon berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: orqa miya intramedullyar o‘smalari bo‘lgan bemorlarda ROC-statistik tahlil orqali dinamik IONM davomida N9-N13 va N9-N20 neyrofiziologik markerlarining qo‘llanishi jarrohlik aralashuvlaridagi asoratlar xavfini kamaytirishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: comatosensor chaqirilgan potensiallar (SSChP) va harakat chaqirilgan potensiallar (HChP) kompleks qo‘llanishi jarrohlik aralashuvining aniqligini oshirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash muassasalari, jumladan, 2025 yil 6 martdagi 61-I sonli buyruq asosida Xorazm viloyati Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining neyroxirurgiya bo‘limi va 2025 yil 6 martdagi 61-sonli buyruqqa ko‘ra Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpoq filialida joriy qilindi. Ijtimoiy samaradorligi: intraoperatsion neyromonitoringni joriy qilish orqali operatsiyadan keyingi nevrologik asoratlar kamaytirildi. Reabilitatsiya muddati 5-7 kungacha qisqartirilib, bemorlarning jamiyatga va mehnat faoliyatiga erta qaytishi ta’minlandi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan usul operatsiyadan keyingi davrda jarrohlik davolash natijalarini ob’ektiv yaxshilashga olib keldi va qoniqarsiz natijalar foizini kamayishi aniqlandi, bu esa o‘z navbatida qisqa vaqt ichida bemorlar mehnat qobiliyatini tez tiklanishi, ijtimoiy moslashuv va nogironlikni kamaytirish, shuningdek, bemorlar hayot davomiyligi va sifatini oshirish imkonini beradi. Xulosa: tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati ishlab chikilgan algoritm bemorlarda xirurgik davolash taktikasi tanloviga individual yondashuvni topish imkonini beradi. 2023 yil 25 oktyabrdagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy neyroxirurgiya tibbiyot markazi Koordinatsion ekspert kengashining №02n-z/6-sonli xulosasiga ko‘ra, tadqiqotning ilmiy yangiliklari boshqa tibbiyot muassasalarida ham joriy etildi.
uchinchi ilmiy yangilik: orqa miya intramedullyar o‘smalarining gistologik turi jarroxlik taktikasiga tasir etishi aniqlangan bo‘lib, orqa miya ependimomasi mavjud xollarda total rezeksiya va astrotsitomada esa subtotal rezeksiya yoki biopsiya o‘tqazish samarali ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: taklif etilgan differensiyalangan jarrohlik taktikasi har bir bemorning holatidan kelib chiqib, operatsiya jarayonida nevrologik funksiyalarni saqlab qolish va asoratlarni kamaytirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash muassasalari, jumladan, 2025 yil 6 martdagi 61-I sonli buyruq asosida Xorazm viloyati Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining neyroxirurgiya bo‘limi va 2025 yil 6 martdagi 61-sonli buyruqqa ko‘ra Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpoq filialida joriy qilindi. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan usul operatsiyadan keyingi davrda jarrohlik davolash natijalarini ob’ektiv yaxshilashga olib keldi va qoniqarsiz natijalar foizini kamayishi aniqlandi, bu esa o‘z navbatida qisqa vaqt ichida bemorlar mehnat qobiliyatini tez tiklanishi, ijtimoiy moslashuv va nogironlikni kamaytirish, shuningdek, bemorlar hayot davomiyligi va sifatini oshirish imkonini beradi. Xulosa: tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati ishlab chikilgan algoritm bemorlarda xirurgik davolash taktikasi tanloviga individual yondashuvni topish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: gidrosiringomieliya bilan assosirlangan orqa miya intramedullyar o‘smalarida likvorodinamikaning yaxshilanishi siringosubaraxnoid shuntlashning qo‘llanilishi bilan asoslangan (“№IAP 07750” 06.07.2024). Siringomielitik kista bilan birgalikda uchragan orqa miyaning intramedullar o‘smalarini jarrohlik yo‘li bilan davolash (siringo-subaraxnoidal shuntlash) taktikasi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: jarrohlik aralashuvi hajmini aniqlashda va jarroxlik amaliyotidan keyingi davrda bemorning xayot sifatini saqlashda siringo-subaraxnoidal shuntlashni qo‘llash kerakligidan dalolat beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash muassasalari, jumladan, 2025 yil 6 martdagi 61-I sonli buyruq asosida Xorazm viloyati Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining neyroxirurgiya bo‘limi va 2025 yil 6 martdagi 61-sonli buyruqqa ko‘ra Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpoq filialida joriy qilindi. Ijtimoiy samaradorligi: orqa miyaning intramedullar o‘smalari bilan og‘rigan bemorlarda o‘smani olib tashlash xajmini belgilash bemorlarda operatsiyadan keyingi davrda nevrologik buzilishlar ijobiy o‘zgarish sur’atlari, operatsiya bosqichlarida siringo-subaraxnoidal shuntlashni qo‘llanilishi orqali ijobiy natijaga erishiladi. Orqa miyaning intramedullar o‘smalari bo‘lgan bemorlarning 2-guruhida siringo-subaraxnoidal shuntlashni yo‘qligi natijasida asoratlar sonini oshiradi, bu esa o‘z navbatida bemor xayot sifatining buzilishiga olib keladi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan usul operatsiyadan keyingi davrda jarrohlik davolash natijalarini ob’ektiv yaxshilashga olib keldi va qoniqarsiz natijalar foizini kamayishi aniqlandi, bu esa o‘z navbatida qisqa vaqt ichida bemorlar mehnat qobiliyatini tez tiklanishi, ijtimoiy moslashuv va nogironlikning kamaytirish, shuningdek, bemorlar hayot davomiyligi va sifatini oshirish imkonini beradi. Xulosa: taklif etilgan usul operatsiyadan keyingi davrda jarrohlik davolash natijalarini ob’ektiv yaxshilashga olib keldi va qoniqarsiz natijalar foizini kamayishi aniqlandi.