Aliqulova Nilufar Bahodir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi):
“Yashil moliyalashtirish amaliyotini rivojlantirish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2952
Ilmiy rahbar: Elmirzaev Samariddin Eshquvvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Abdurahmonov Ilyos Xurshidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent;
Bozorov Alisher Ro‘zimurodovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mamlakat moliya bozorida yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish amaliyotini rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korporativ hamda mikro, kichik va o‘rta biznes uchun quyosh panellari sotib olishni moliyalashtirishni kengaytirish maqsadida 60 ming AQSh dollari ekvivalentigacha miqdorda yashil energiya kreditini joriy etish taklif etilgan;
ijtimoiy va ekologik ahamiyatga ega biznes loyihalarga tejamkor texnologiyalar xaridi uchun “Kichik va o‘rta korxonalar uchun yashil kredit mahsuloti”ni joriy etish imkoniyatlari ilmiy asoslangan;
kichik va o‘rta korxonalar uchun yashil kredit mahsulotini joriy etishda va ijtimoiy va ekologik ahamiyatga ega loyihalarni kreditlashda mijozga kamida 30 foiz ulush bilan ishtirok etish majburiyatini yuklash taklifi asoslangan;
banklar tomonidan mijozlariga ajratilgan yashil kreditlar bo‘yicha yoki yashil obligatsiyalar hisobidan moliyalashtirilganida asosiy qarzdorlikni imtiyozli davr tugagandan so‘ng har oyda to‘lash tartibini belgilash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish amaliyotini rivojlantirish borasidagi tadqiqotlardan olingan ilmiy natijalar asosida:
korporativ hamda mikro, kichik va o‘rta biznes uchun quyosh panellari sotib olishni moliyalashtirishni kengaytirish maqsadida 60 ming AQSh dollari ekvivalentigacha miqdorda yashil energiya kreditini joriy etishga doir taklifi O‘zsanoatqurilishbankning 2024-yil uchun kredit siyosatida o‘z aksini topgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2024-yil 7-maydagi 54-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2023-yil davomida 12 ta korporativ hamda mikro, kichik va o‘rta biznes subektlariga 1,05 milliard so‘m miqdorda kredit ajratilgan.
ijtimoiy va ekologik ahamiyatga ega biznes loyihalar, xususan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini joriy etish bilan bog‘liq loyihalar, atrof-muhit ifloslanishining oldini olish va chiqindilarni qayta ishlash, suvdan oqilona foydalanish, ekologik toza transport vositalari va mavjud binolarni energiya samarador ishlab chiqarishga aylantirish bilan bog‘liq loyihalarga “Kichik va o‘rta korxonalar uchun yashil kredit mahsuloti”ni joriy etishga doir taklifi O‘zsanoatqurilishbankning 2024-yil uchun biznes-rejasida o‘z aksini topgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2024-yil 7-maydagi 54-son ma’lumotnomasi). Natijada, bank tomonidan 15 million AQSh dollari ekvivalentigacha miqdorda “Kichik va o‘rta korxonalar uchun yashil kredit mahsuloti” taqdim etish boshlangan.
kichik va o‘rta korxonalar uchun yashil kredit mahsulotini joriy etishda va ijtimoiy va ekologik ahamiyatga ega loyihalarni kreditlashda mijozga kamida 30 foiz ulush bilan ishtirok etish majburiyatini yuklashga doir taklifi O‘zsanoatqurilishbankning 2024-yil uchun kredit siyosatida o‘z aksini topgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2024-yil 7-maydagi 54-son ma’lumotnomasi). Natijada, bank tomonidan yashil loyihalarni moliyalashtirish jarayonida moliyalashtirilgan loyihalar bo‘yicha risklarni taqsimlash imkoniyati taqdim etilgan.
banklar tomonidan mijozlariga ajratilgan yashil kreditlar bo‘yicha yoki yashil obligatsiyalar hisobidan moliyalashtirilganida asosiy qarzdorlikni imtiyozli davr tugagandan so‘ng har oyda to‘lash tartibini belgilashga doir taklifi O‘zsanoatqurilishbankning 2024-yil uchun biznes-rejasida o‘z aksini topgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2024-yil 7-maydagi 54-son ma’lumotnomasi). Natijada, bank tomonidan jalb qilingan kredit liniyalari va yashil obligatsiyalar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida qaytarish orqali bank likvidliligini ta’minlashga erishilgan.