Mo‘ydinova Gulnozaxon Qahramon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “To‘qimachilik korxonalarida xodimlarni samarali boshqarish  mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.13 – “Menejment”, 08.00.10 – “Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt3126
Ilmiy rahbar: Xankeldieva Guzal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar: Umarov Ilhom Yuldashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;   Isroilova Dilfuza Karimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘qimachilik korxonalarida xodimlarni samarali boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif  va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlab chiqarish korxonalarida xodimlar o‘rtasida mehnat munosabatlari samaradorligini ta’minlovchi yangiliklarning yaratilishini rag‘batlantirish jarayonlari, qo‘nimsizlik darajasini kamaytirish va xarajatlarni optimallashtirish maqsadida Job Shadowing usulini joriy etish tartibi asoslangan;
xodimlarni boshqarishda mehnat salohiyatining rivojlanish darajasining integral ko‘rsatkichlari (“quyi daraja (0-25)”, “o‘rta daraja (26-50)”, “o‘rtachadan yuqori daraja (51-75)”, “yuqori daraja (76-100)”) maqbul nisbatni ta’minlash orqali baholash usullari takomillashtirilgan;
to‘qimachilik korxonalari boshqaruvida raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali xodimlarni ishga yollash, adolatli rag‘batlashtirish, raqobatbardoshligini hamda mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan boshqaruv mexanizmi takomillashtirilgan;
to‘qimachilik korxonalari sof foyda hajmining 2028-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘qimachilik korxonalarida xodimlarni samarali boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqarish korxonalarida xodimlar o‘rtasida mehnat munosabatlari samaradorligini ta’minlovchi yangiliklarning yaratilishini rag‘batlantirish jarayonlari, qo‘nimsizlik darajasini kamaytirish va xarajatlarni optimallashtirish maqsadida Job Shadowing usulini joriy etish tartibi asoslanishi bo‘yicha ilmiy yangilikdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi ““O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–158-sonli Farmoniga 1-ilova sifatida tasdiqlangan “2030-yilgacha erishiladigan maqsadlarning samaradorlik ko‘rsatkichlari”dagi 28-maqsadda ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024-yil 3-iyuldagi 03/25-1630-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida to‘qimachilik sanoati korxonalarining xodimlar qo‘nimsizligini 9-10 foizga qisqartirishga erishilgan;
xodimlarni boshqarishda mehnat salohiyatining rivojlanish darajasining integral ko‘rsatkichlari (“quyi daraja (0-25)”, “o‘rta daraja (26-50)”, “o‘rtachadan yuqori daraja (51-75)”, “yuqori daraja (76-100)”) maqbul nisbatni ta’minlash orqali baholash usullari bo‘yicha ilmiy yangilikdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi ““O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–158-sonli Farmoniga 1-ilova sifatida tasdiqlangan “2030-yilgacha erishiladigan maqsadlarning samaradorlik ko‘rsatkichlari”dagi 47-maqsadda ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024-yil 3-iyuldagi 03/25-1630-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonada mehnat salohiyatiga ta’sir etuvchi omillar asosida baholash tizimini tizimli joriy etish va xodimlar daromadlarini ortishiga yangi imkoniyatlarni taqdim etishga muayyan darajada xizmat qiluvchi chora-tadbirlar ishlab chiqilgan;  
to‘qimachilik korxonalari boshqaruvida raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali xodimlarni ishga yollash, adolatli rag‘batlashtirish, raqobatbardoshligini hamda mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan boshqaruv mexanizmi takomillashtirilishi bo‘yicha ilmiy yangilikdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi ““O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–158-sonli Farmoniga 1-ilova sifatida tasdiqlangan “2030-yilgacha erishiladigan maqsadlarning samaradorlik ko‘rsatkichlari”dagi 25-maqsad, 81-maqsadda ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024-yil 3-iyuldagi 03/25-1630-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida to‘qimachilik sanoati korxonalarining xodimlarni boshqarishga raqamli texnologiyalarni faol jalb qilish asosida ularni raqobatbardoshligini oshirish tizimida mehnat unumdorligi ortgan hamda xarajatlarni boshqarish samaradorligi 8-10 foizga oshishiga erishilgan;
to‘qimachilik korxonalari sof foyda hajmining 2028-yilga qadar prognoz parametrlari asosida ishlab chiqilgan taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi ““O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida” PF–158-sonli Farmoniga 1-ilova sifatida tasdiqlangan 2030-yilgacha erishiladigan maqsadlarning samaradorlik ko‘rsatkichlari”dagi 48-maqsadda ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024-yil 3-iyuldagi 03/25-1630-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida iqtisodiyot tarmoqlari va to‘qimachilik korxonalari resurs komponentlarining optimal integratsiyasi hisobiga mehnat munosabatlari yanada takomillashishi hamda to‘qimachilik korxonalarining maqsadli parametrlarini samarali belgilash imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish