Saydullaeva Xadicha Abdunarzullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasining Amerika Qo‘Shma shtatlari bilan hamkorlik aloqalari (1991-2022-yillar)” 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.2.PhD /Tar1759.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03
Ilmiy rahbar: tarix fanlari doktori, professor Kirgʻizboev Abdugappor Karimjonovich.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Nuriddinov Erkin Zuhriddinovich, PhD Abdumo‘minov Oybek Bektemirovich
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi huzuridagi Yangi tarix markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Resrublikasi bilan AQSh o’rtasidagi hamkorlikning shakllanishi va rivojlanishi tarixini huquqiy, iqtisodiy hamda madaniy sohalar kesimida o‘rganish va tahlil qilishdan iborat (1991–2022 yy.).
III. Tadqiqotning  ilmiy yangiligi:
geosiyosiy o‘zgarishlar va yangi xalqaro munosabatlar tizimi shakllanayotgan hozirgi sharoitda O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosatidagi strategik va ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida AQSh kabi rivojlangan davlat bilan teng huquqli va manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uning jahon hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzini yanada oshirish uchun zarurligi real tarixiy sharoit va davlatlarning o‘zaro manfaatlari doirasida obektivlik va zaruriylik prinsiplariga tayanilganligi isbotlangan;
O‘zbekistonning AQSh bilan o‘zaro munosabatlari doirasidagi barcha yo‘nalishlarda sifat jihatidan yangi va o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yishni belgilab bergan shartnomaviy-huquqiy baza, jumladan, turli xarakterdagi 100 dan ortiq hujjatlar va asosiy hujjat sifatida bu ikki mamlakat o‘rtasida 2002-yilda imzolangan “Strategik sherikchilik va hamkorlikning asoslari to‘g‘risidagi Deklaratsiya”ning ikki mamlakt hamkorligining rivojlanishidagi o‘rni ochib berilgan;
tomonlarning savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorligi ikki tomonlama imzolangan huquqiy hujjatlar asosida amalga oshirilganligi, shu bilan birga AQShning 2001-yil 11-sentyabrda Afgʻonistonga hujumlaridan soʻng, ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar yaxshilanishi eng yuqori choʻqqiga koʻtarilganligi dalillangan;
O‘zbekiston hamda AQSh o‘rtasida ilm-fan va texnologiya sohasida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolanganligi, bunga ko‘ra, O‘zbekiston va AQSh universitetlari o‘rtasida almashuv dasturi va O‘zbekistonda ingliz tilini o‘rganishga qaratilgan dasturlarning ahamiyati aniqlanib, ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniyat va sayyohlik hamda fan va ta’lim sohalaridagi hamkorlik shakllanishi va rivojlanishida “O‘zbekiston – AQSh do’stlik jamiyati”, “Vatandoshlar jamoat fondi”, “O‘zbek-Amerika vatandoshlar jamiyati”, “Turkiston-Amerika uyushmasi”, “Mahalla – AQSh o’zbeklar jamiyati”, “Virjiniya O‘zbek Madaniyati Markazi” kabi tashkilotlarning faoliyati muhim o‘rin tutganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Resrublikasining Amerika Qo’shma Shtatlari bilan hamkorlik aloqalari tarixi (1991–2022-yy.) tadqiqoti bo’yisha ishlab shiqilgan ilmiy natijalar va amaliy takliflardan:
geosiyosiy o‘zgarishlar va yangi xalqaro munosabatlar tizimi shakllanayotgan hozirgi sharoitda O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosatidagi strategik va ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida AQSh kabi rivojlangan davlat bilan teng huquqli va manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uning jahon hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzini yanada oshirish uchun zarurligi real tarixiy sharoit va davlatlarning o‘zaro manfaatlari doirasida obektivlik va zaruriylik prinsiplariga tayanilganligi va O‘zbekistonning AQSh bilan o‘zaro munosabatlari doirasidagi barcha yo‘nalishlarda sifat jihatidan yangi va o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yishni belgilab bergan shartnomaviy-huquqiy baza, jumladan, turli xarakterdagi 100 dan ortiq hujjatlar va asosiy hujjat sifatida bu ikki mamlakat o‘rtasida 2002-yilda imzolangan “Strategik sherikchilik va hamkorlikning asoslari to‘g‘risidagi Deklaratsiya”ning ikki mamlakt hamkorligining rivojlanishidagi o‘rni haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2022–2023-yillardagi “Taqdimot” ko’rsatuvini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokomraniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2023-yil 13-iyundagi 02-31-950-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikda qo‘shma korxonalar va investisiyalarning o‘rnini tahlil qilishga erishilgan;
O‘zbekiston hamda AQSh o‘rtasida ilm-fan va texnologiya sohasida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolanganligi, bunga ko‘ra, O‘zbekiston va AQSh universitetlari o‘rtasida almashuv dasturi va O‘zbekistonda ingliz tilini o‘rganishga qaratilgan dasturlarning ahamiyati aniqlanib, ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniyat va sayyohlik hamda fan va ta’lim sohalaridagi hamkorlik shakllanishi va rivojlanishida “O‘zbekiston – AQSh do’stlik jamiyati”, “Vatandoshlar jamoat fondi”, “O‘zbek-Amerika vatandoshlar jamiyati”, “Turkiston-Amerika uyushmasi”, “Mahalla – AQSh o’zbeklar jamiyati”, “Virjiniya O‘zbek Madaniyati Markazi” kabi tashkilotlarning faoliyati muhim o‘rin tutganligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti”, 14-bandi “Ijtimoiy-ma’naviy va mafkuraviy jarayonlarni tadbiq qilish texnologiyalari bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 29-apreldagi 21/63-36-son ma’lumotnomasi). Natijada AQShning milliy-madaniy markazlari tajribalarini tadbiq etish orqali O‘zbekistonning mafkuraviy targ‘ibot ishlarini samaradorligida xizmat qilgan;
O‘zbekiston va AQShning savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorligi ikki tomonlama imzolangan huquqiy hujjatlar asosida amalga oshirilganligi, shu bilan birga AQShning 2001-yil 11-sentyabrda Afgʻonistonga hujumlaridan soʻng, ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar yaxshilanishi eng yuqori choʻqqiga koʻtarilganligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi fondlarini yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024-yil 8-noyabrdagi 3/1255-2484-sonli ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi fondi O‘zbekiston – AQSh aloqalariga doir yangi manbalar bilan boyitilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish