Djo‘raev Farxod Qurbonboevichning
falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston harbiy xizmatchilarining ma’naviy-mafkuraviy dunyoqarashini shakllantirish omillari” 09.00.08 – “Ma’naviy tarbiya”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2. PhD/Fal1011
Ilmiy rahbar: Tilavov O‘ktamjon, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, DSc.03/08.05.2024.F.135/01
Rasmiy opponentlar: Aliev Bekdavlat Alievich, falsafa fanlari doktori, professor; Bozorov Dilmurod Mirzarasulovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Jamoat xavfsizligi universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilarida ma’naviy-axloqiy va mafkuraviy dunyoqarashni shakllantirishning zamonaviy usul
va vositalarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy davlat xavfsizligi paradigmasi doirasida O‘zbekiston harbiy xizmatchilarining ma’naviy-mafkuraviy dunyoqarashini shakllantirishning integrativ konsepsiyasini yaratish ehtiyoji ilmiy-nazariy jihatdan asoslanib, unda milliy qadriyatlar, harbiy an’analar va xalqaro ilg‘or tajribalarning uyg‘unlashuvi, raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanish, axborot-psixologik tahdidlarga qarshi kognitiv immunitetni shakllantirish vositalari, vatanparvarlik g‘oyalarini interiorizatsiya qilish usullari ko‘rsatib berilgan.
harbiy xizmatchilarning ma’naviy-mafkuraviy dunyoqarashini oshirishda an’anaviy vositalar (ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, harbiy qasamyod instituti, vatanparvarlik darslari) hamda zamonaviy empirik usullar (immersiv virtual simulyatorlar, ssenariyli-situatsion mashg‘ulotlar, psixologik-kognitiv treninglar, keys-stadi texnologiyalari) bilan uyg‘unlashgan ko‘rinishini ishlab chiqish harbiy xizmatchilarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlashi ilmiy jihatdan isbotlangan.
O‘zbekiston harbiy xizmatchilari ongi va tafakkuriga qahramonlik g‘oyalarini singdirishning mafkuraviy ahamiyati (milliy qahramonlar, jasur sarkardalar hayoti
va faoliyatini o‘rganish, harbiy shon-sharaf muzeylari faoliyati, tarixiy jang maydonlariga sayohatlar, harbiy an’analarni tiklash) hamda Qurolli Kuchlar ma’naviy salohiyati oshishiga pozitiv ta’siri (vatanparvarlik tuyg‘usining kuchayishi, harbiy burchga sadoqat, jangovar ruhning yuksalishi, harbiy xizmatchilarning kasbiy motivatsiyasi ortishi) sotsiologik so‘rovnoma, ekspert baholash va qiyosiy tahlil natijalari asosida dalillangan;
O‘zbekiston milliy manfaatlari kontekstida harbiy xizmatchilarning mafkuraviy tayyorgarligini mustahkamlashning konseptual-metodologik yo‘nalishlari (milliy g‘oya asoslari, harbiy qadriyatlar tizimi, vatanparvarlik tarbiyasi) ilmiy asoslanib, tasnifiy tizimi (g‘oyaviy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-psixologik, harbiy-vatanparvarlik komponentlari) tizimlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda harbiy xizmatchilarining ma’naviy-mafkuraviy dunyoqarashini shakllantirish omillari doirasida amalga oshirilgan tadqiqot ishi natijalari asosida:
Jumladan, zamonaviy talab va ehtiyojlardan kelib chiqib, harbiy xizmatchilarda ma’naviy-axloqiy va mafkuraviy tafakkurni shakllantirishning yangi konsepsiyasini yaratish zarurligi asoslab berilganligiga doir konkret tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining IV-yo‘nalishida belgilangan «Vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari» 18-bandi «Yoshlarda yuksak vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini rivojlantirish, harbiylar, vatan himoyachilariga hurmat uyg‘otish, Vatanni himoya qilishni eng sharafli burch ekanligini keng targ‘ib qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni yo‘lga qo‘yish» mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 25-iyuldagi 02/22/716-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar O‘zbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilarida ma’naviy-axloqiy va mafkuraviy dunyoqarashni shakllantirish bo‘yicha o‘tkazilgan ma’naviy - ma’rifiy sohadagi tadbirlarini amalga oshirishda targ‘ibotchilar uchun uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
Harbiy kadrlarda g‘oyaviy ko‘nikmalarni rivojlantirishning an’anaviy yo‘llari bilan birga, yangi, zamonaviy empirik usul va vositalari ko‘rsatib berilganligiga oid tavsiyalar va ilmiy xulosalardan O‘zbekiston respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 25-iyuldagi 02-02/15-02/15/7381-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar dissertatsiyada keltirilgan xulosalar, amaliy taklif-tavsiyalardan mamlakatimiz yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy qism va ta’lim muassasalarida
ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlarining yuqori saviyada tashkil etilishiga xizmat qilgan;
O‘zbekiston harbiy xizmatchilari ongi va tafakkuriga qahramonlik g‘oyalarini singdirishning mafkuraviy ahamiyati hamda Qurolli Kuchlar ma’naviy salohiyati oshishiga pozitiv ta’siri ilmiy isbotlanganganligiga oid amaliy taklif hamda tavsiyalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2023-yil 26-iyuldagi 01-03/888-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘z aksini topgan nazariy xulosalar va umumlashmalar, amaliy taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan harbiy kadrlar faoliyat yuritadigan harbiy qismlar, ta’lim muassasalarida ijtimoiy-falsafiy va mafkuraviy uchrashuvlarda, muloqot, davra suhbatlarida hamda ushbu yo‘nalishdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda foydalanilgan;
O‘zbekiston milliy manfaatlaridan kelib chiqib, harbiy kadrlar tayyorlashning mafkuraviy yo‘nalishlarini aniqlash, tasniflash va strategiyasini ishlab chiqishga doir konkret tavsiyalardan Ichki ishlar vazirligi faoliyatida foydalanilgan (Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 27-avgustdagi 15/3688-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan mamlakatda tizim xodimlarining ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini o‘stirish, vatanga bo‘lgan muhabbatini, vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada oshirish va yuksaltirish hamda istiqbolli
chora-tadbirlar konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish