Ishankulova Farangis Azamovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim xizmatlari raqobatbardoshligini oshirish yo‘llari”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1658
Ilmiy rahbar: Aslanova Dilbar Xasanovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/25.12.2024.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Alimova Mashhura Toirxonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Xalilov Sirojiddin Sherali o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Innovatsion iqtisodiyot sharoitida oliy ta’lim xizmatlari raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va ilmiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim xizmatlari raqobatbardoshligini baholashning iqtisodiy-matematik modeli ta’lim tashkilotining imiji, o‘quv jarayoni, ilmiy faoliyat va marketing faoliyati natijadorligiga tegishli ko‘rsatkichlarni integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;  
oliy ta’lim xizmatlari raqobatbardoshlik omili – ta’lim tashkiloti imijini aniqlash usuli tashkilot taniqliligi, jozibadorligi, joylashuvi qulayligi, web-sayti jozibadorligi, professor-o‘qituvchilarining taniqliligi kabi ko‘rsatkichlarni integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim xizmatlari raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi omil – tashkilot ichki mijozlari (professor-o‘qituvchilari)ning ishidan qoniqishini aniqlash mexanizmi tashkilotning taniqliligi, jamoa orasida o‘zaro hurmat, rag‘batlantirish, boshqaruv tizimi, to‘lovlar hamda ish muhitiga tegishli ko‘rsatkichlarni baholash orqali takomillashtirilgan;
mamlakatimizda oliy ta’lim xizmatlari iste’molchilarining qondirilgan talab ko‘rsatkichi, ya’ni oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari soni o‘zgarishining 2010-2023 yillardagi dinamikasi tahlil qilinib, mazkur ko‘rsatkichning 2024-2028 yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
    Oliy ta’lim sohasida ta’lim xizmatlari raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
    - oliy ta’lim xizmatlari raqobatbardoshligini baholashning tashkilot imiji, o‘quv jarayoni, ilmiy faoliyat va marketing faoliyati natijadorligiga tegishli bo‘lgan ko‘rsatkichlarni integratsiyalash asosida takomillashtirilgan iqtisodiy-matematik modeli Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali hamda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan oliy ta’lim xizmatlari raqobatbardoshligini oshirish strategiyalarini ishlab chiqishda foydalanilgan bo‘lib, boshqa oliy ta’lim tashkilotlariga foydalanish uchun tavsiya qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 18-dekabrdagi 02/02-3596-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotda qo‘llash oliy ta’lim tashkilotlarining oliy ta’lim xizmatlari raqobatbardoshlik darajasini oshirishga xizmat qilgan.
    - oliy ta’lim tashkilotlari imijini aniqlashning ta’lim tashkiloti taniqliligi, jozibadorligi, joylashuvi qulayligi, web-sayti jozibadorligi, professor-o‘qituvchilar taniqliligi kabi ko‘rsatkichlarni integratsiyalash asosida takomillashtirilgan usuli Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali hamda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan oliy ta’lim tashkilotlari imijini yaxshilashda foydalanilgan va boshqa oliy ta’lim tashkilotlariga foydalanish uchun tavsiya qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 18-dekabrdagi 02/02-3596-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotda qo‘llash oliy ta’lim tashkilotlarining tegishli ko‘rsatkichlar bo‘yicha yetakchilik o‘rnini bilishga imkon bergan bo‘lib, ularga o‘z imijini shakllantirish va uni yaxshilashga xizmat qilgan.
    - oliy ta’lim tashkilotlari ichki mijozlari (professor-o‘qituvchilari)ning o‘z ishidan qoniqish darajasini aniqlashning tashkilot taniqliligi, jamoa orasida o‘zaro hurmat, rag‘batlantirish, boshqaruv tizimi, to‘lovlar, ish muhitiga tegishli ko‘rsatkichlarni baholash va har bir muhimlik-qoniqish elementlarining holatiga qarab ularni yaxshilash strategiyalarini ko‘rib chiqish orqali takomillashtirilgan mexanizmi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali hamda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan oliy ta’lim xizmatlari raqobatbardoshligini oshirishda foydalanilgan bo‘lib, boshqa oliy ta’lim tashkilotlariga foydalanish uchun tavsiya qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 18-dekabrdagi 02/02-3596-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi oliy ta’lim tashkilotlariga o‘ziga tegishli bo‘lgan resurslarga asoslangan holda o‘qituvchilarning haqiqiy ehtiyojlarini qondirish uchun oliy ta’lim tashkiloti strategiyasini takomillashtirishga xizmat qilgan.
    - oliy ta’lim xizmatlari infratuzilmasining rivojlanganlik holati, aholining to‘lov qobiliyati, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari soni ta’sirida oliy ta’lim xizmatlari iste’molchilarining qondirilgan talab hajmining 2024-2028 yillardagi prognoz parametrlari bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan qabul qilingan bo‘lib, oliy ta’lim tashkilotlarida (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali hamda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti) ta’lim xizmatlari raqobatbardoshligini oshirishni rejalashtirishda foydalanilgan va boshqa oliy ta’lim tashkilotlariga foydalanish uchun tavsiya qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 18-dekabrdagi 02/02-3596-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi oliy ta’lim xizmatlari infratuzilmasining rivojlanishi va oliy ta’lim tashkilotlari salohiyatidan samarali foydalanish asosida oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari sonining 2024-2028 yillar orasida o‘rtacha yillik 12,7%ga o‘sish imkoniyatlari mavjudligi aniqlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish